Farmasevtlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash


II. Zaxarli DM-larni organizmdan olib tashlash bilan bog`liq muolajalar


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana23.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1652471
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Дори воситаларининг ўзаро таъсири (3)

II. Zaxarli DM-larni organizmdan olib tashlash bilan bog`liq muolajalar 
yoki so’rilgan DM-larini kamaytiruvchi vositalar
Agar DM-lar so’rilib bo’lgan va endi rezorbtiv ta`sir yuzaga chiqayotgan bo’lsa, 
unday bemorlarda zaxarli DM-rini organizmdan tezroq chiqarib yuborish kerak 
bo’ladi. 
Buning uchun:
1.kuchaytirilgan diurez 
2. peritoneal dializ 
3. gemodializ 
4. gemosorbtsiya va
5. qonni almashtirish zarur bo’ladi. 
1. Kuchaytirilgan diurezni suvli yuklama bilan peshob xaydovchi (furosemid, 
mannit va b.) preparatlarni birga qo’llab yuzaga chiqarishi mumkin. Bu usul bilan 
erkin DM yoki oqsillar va yog`lar bilan bog`lanmagan DM-rini chiqarish mumkin. 
Albatta bu usulda elektrolitlar balansini nazorat qilib borish zarur, chunki 
kuchaytirilgan diurezda ko’p elektrolitlar organizmda chiqib ketadi. 


2. Peritoneal dializ yoki gemodializda zaxarlangan bemor qoni maxsus moslama 
yordamida, su`niy buyrakdan o’tkazilib tozalanadi. Bu usulni Arterial qon bosim 
tushib ketganda ishlatib bo’lmaydi. 
Peritoneal dializda qorin bo’shlig`i elektrolitli eritmalar bilan yuviladi. Bunda 
ishlatilayotgan eritmaga antibiotiklar qo’shib beriladi. 
3.Gemosorbtsiyada qondagi zaxarli DM-lari maxsus sorbentlar yordamida 
adsorbirovat qilib olinadi. Masalan: qon oqsillari bilan o’rab olingan aktivlangan 
ko’mir granulalaridan foydalaniladi. 
Bu usul gemodializ yordam bermaganda juda qo’l keladi. 
4. Qon almashtirish bilan qonni zaxarli moddalardan xoli qilish. CHiqarilgan 
qon o’rniga qon quyiladi. 
5. Limforeya, limfodializ va limfosorbtsiya.
III. So’rilgan zaxarli DM-larini zararsizlantirish muolajalari
Asosan antidotlardan foydalanish bilan amalga oshiriladi. Bu uslda DM-ga 
nisbatan ximik yoki fizik ta`sir etiladi. 
Og`ir metall tuzlari bilan zaxarlanganda unitiol, CaNa
2
, EDTA va b. qo’llaniladi. 
Reaktivatorlar masalan: xolinesteraza reaktivatorlari ishlatiladi. 
Farmakologik antogonistlaridan foydalaniladi.
atropin → antixolinesteraza preparatlari 
morfin → nalorfin 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling