Farmasevtlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Дори воситаларининг ўзаро таъсири (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 177,5 milliard
ko’rsatiladigan yordam.
Adabiyotlardan ma`lumki, dunyo axolisini 52 % ayollar, 32 % esa 15 yoshgacha bo’lgan bolalar va 6 % - 65 yoshdan oshgan qariyalar tashkil etadi. Demak, dunyo axolisini 1/3 qismini o’ziga o’ta extiyotlikni talab qiluvchi insonlar kategoriyasi (bolalar va qariyalar) dir. Mana shu kategoriyaga kiruvchi insonlar esa dunyo bo’yicha eng ko’p dorilar qabul qiluvchi bemorlar bo’lib, ana shu kontingent insonlar o’rtasida o’tkir zaxarlanish xollari xammadan ko’p qayd etiladi. Dorilarni qabul qilishdan yuzaga chiqayotgan nojo’ya ta`sirlar va o’tkir zaxarlanishlar shifoxonalarga yotqizilayotgan bemorlarni 10%-30% tashkil etadi. Bularga sarflanayotgan xarajatlar shu shifoxonalarni umumiy xarajatini 15-20 % tashkil etadi. Masalan: AQSHda 2000 yilda shu bemorlarga sarflangan xarajat 177,5 milliard dollarni tashkil etdi. Dorilarni noto’g`ri berishdan AQSHda o’layotganlarning miqdori transport falokatidan o’layotganlarga qaraganda 3 barobar ko’pdir. Rossiya toksikologik markazini bergan ma`lumotiga qaraganda eng ko’p tarqalgan zaxarlanishni (60 % gacha) psixotrop va gipotenziv preparatlar bilan zaxarlanishi tashkil etadi. YA.M. Lutskiyni bergan ma`lumotiga qaraganda Moskvadagi yosh bolalar o’rtasidagi zaxarlanish bilan shug`ullanuvchi markaz bolalar o’rtasidagi zaxarlanishni 81 %-ni dorilar bilan zaxarlanishlar tashkil etishini ko’rsatadi. SHu bilan birga yildan-yilga xo’jalik mollarini va dorivor moddalarini ko’payib borayotganini esdan chiqarmaslik kerak. Ushbu modda va dorilar xar doim xam bolalardan uzoq yoki ular qo’li etmaydigan joylarda saqlanmaydi. SHuning uchun xam dorilar bilan zaxarlanish yosh bolalar o’rtasida kundan-kunga ko’payib bormoqda. YOsh bolalar o’rtasidagi o’tkir zaxarlanish xolatlari 3 yoshgacha bolalar o’rtasida 40 %ni, 7 yoshgacha bo’lgan bolalar o’rtasida 33,3 %, maktab yoshidagi bolalar o’rtasida esa 20 % gacha tashkil etadi. Bizni Respublikamizda xam yuqoridagi xolatlar qayd etilshi mumkin. A.Z. Zurdinovni bergan ma`lumotiga qaraganda dunyodagi preparatlarni 50 %-li noto’g`ri yozilgan retseptlar orqali beriladi va sotiladi. SHuningdek 50% bemorlar ularga berilgan dorivor moddalarni talab darajasida qabul qilmaydilar. Nemis yoki ispaniyadagi farmnazorat xizmatchilarning olib borgan kuzatuvlari dorilarning nojo’ya reaktsiyalari xar 5ta bemorni 1 yoki 2 tasida qayd etiladi. Antibiotiklar va vaktsinalar bilan davolanganda esa bu xolat 69 %dan 81 %gacha xolatlarda qayd etiladi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling