Farmasevtlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash
I. Zaxarlovchi DM-larining so’rilishini susaytirish yoki dezaktivatsiya
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Дори воситаларининг ўзаро таъсири (3)
I. Zaxarlovchi DM-larining so’rilishini susaytirish yoki dezaktivatsiya
jarayonini amalga oshirish Bizga ma`lumki organizmning o’tkir zaxarlanishi ko’pincha DM-larini og`iz orqali ist`emol qilinganda qayd etiladi. SHunday ekan zaxarlangan organizmni zaxarlovchi moddalardan xoli qilish zarur bo’ladi. Buning uchun me`dani, ya`ni DM- lar tushgan joyni tezroq zaxarli moddalardan tozalanadi. Bunda: 1. Me`dani yuvish yoki qayd qilish protsessini yuzaga chiqarish zarur. tomoq orqa qismini mexanik qitiqlash bilan; NaCl yoki Na 2 SO 4 ni yuqori kontsentratsiyasini iste`mol qilib qayd qildirish. Lekin 15% NaCl eritmasini yosh bolalarga berib bo’lmaydi, chunki u so’rilib o’zi toksik ta`sir etishi mumkin. Qayd qoldiruvchi DM-lardan foydalanish (apomorfin gidroxlorid; CuSO 4 , ZnSO 4 va boshqalar). Lekin OIS-ning shilliq qabatini butunligini buzilishi (kislota yoki ishqorlar) bilan bog`liq zaxarlanishlarda qayd qildiruvchi moddalarni qabul qilib bo’lmaydi. CHunki bunda qizilo’ngachda qaytadan kuyish bo’lishi mumkin. SHuningdek qayd qildiruvchi moddalar o’pkaga tushishi (aspiratsiya) yoki nafas yo’llarini to’sib quyishi qayd qilinadi. SHuning uchun xam OIS-da DM-lar bilan zaxarlanishni davolashning eng optimal usuli me`dani zond yordamida yuvishni tashkil qilishdir. Bunda avval me`dadagi bor narsa olib tashlanadi. So’ngra uni turli eritmalar bilan (illiq suv, izotonik NaCl eritmasi, kaliy permanganat-margantsovka eritmalari) yuvish va unga – eritmaga aktivlangan ko’mir yoki zaxarlovchi moddalarni antidotlarini ko’shib ishlatilsa mantiqqa loyiq bo’ladi. Me`dani yuvish 3-4 soat o’tgach qaytariladi va u me`da to’la tozalanguncha davom etadi. 2. Zaxarli moddalarni so’rilishini oldini olish uchun yuqorida qayd etilganidek adsorbentlardan (aktiv.ko’mir) va tuzli surgi dorilaridan, shuningdek vazelin yog`idan foydalaniladi, xamda ichakni yuvish kerak bo’ladi. 3. Zaxarlanish teriga yoki shilliq qabatga DM-larini ta`sir qildirish orqali yuzaga chiqsa uni oquvchi vodoprovod suvi bilan yuvish zarur bo’ladi. 4. Zaxarlanish zaxarli DM-larni o’pkaga tushishi orqali bo’lsa shu yo’l bilan DM-larni o’pkaga tushishini oldi olinadi. Bemorni zaxarlanishga sababchi bo’lgan joydan olib chiqish yoki unga protivogaz kiygizish kerak bo’ladi. 5. Zaxarlanish zaxarli DM-larni teri ostiga (p/k) yuborish orqali bo’lsa, uni in`ektsiya qilingan eridan so’rilishini susaytirish uchun shu in`ektsiya qilingan er atrofiga adrenalin yuborib yoki u erga yaxni qo’yish orqali yordam beriladi. Bunday xollarda o’rni bo’lsa ba`zan jgut qo’yish xam mumkin! 6. Agarda me`dada katta miqdorda zaxarli moddalar to’planib qolgan bo’lsa, masalan: bromidlar yoki rentgenokontrast modallar, unda gastroskopiya yoki gastrotomiya qilib tozalash kerak bo’ladi! Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling