Farmatsevtik ta’lim va tadqiqot instituti


-rasm. Poroshoklarni kapsulalarga o‘rash jarayoni


Download 1.16 Mb.
bet8/12
Sana13.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1193549
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
KURS ISHI NAMUNA

9-rasm. Poroshoklarni kapsulalarga o‘rash jarayoni


Kukun tarkibidagi moddalarning yomon ta'mi, hidi va mazasini niqoblash, rangli moddalarning ifloslantirishini yo‘qotish maqsadida (metilen ko‘ki, riboflavin, faollashtirilgan ko‘mir) hamda dori moddalarni me'da suyuqligi ta'siridan saqlash maqsadlarida elaki dorilar kraxmal yoki jelatinadan yasalgan kapsulalarga joylashtirilishi mumkin (13-rasm).


Kapsulalarga joylangan kukunlar karton quticha yoki shisha idishlarda beriladi. Kukun tarkibiga uchuvchan moddalar kirsa, ular og‘zi yaxshi yopiladigan shisha idishlarga solinadi. Tarkibida zaharli moddalar saqlagan kukunlarni qadoqlashda uning mustahkamligiga e'tibor berish kerak. Zarurat bo‘lsa ularni surgich yoki mum bilan muhrlash zarur. Dozalanmagan kukunlarni qog‘oz xaltalarda hamda karton qutichada qadoqlab berish yoki shisha, plastmassa va tunuka idishlarga solish mumkin.

    1. Poroshoklarga qo’yiladigan talablar.

Bir xilligi. Tayyorlangan poroshok oq qog‘ozga sochilib ko‘riladi (100g). Namuna poroshok massasining chetidan, oldidan, orqasidan olinadi. Har bir namunada poroshokning miqdori bir xil bo‘lishi kerak.


Zarrachalar o‘lchami. Qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rilganda poroshok zarrachalar o‘lchami bir xil bo‘lishi kerak.
Sochiluvchanligi. Poroshok massalari bir xil bo‘lishi, qotib qolgan nam qatmoqlar bo‘lmasligi kerak. Massa oson sochilishi, oqishi kerak.
Mazasi. O‘ziga xos mazali bo‘lishi kerak. Achchiq mazani korregirlash kerak.
Poroshoklarning og‘irligi. Ichish uchun poroshoklar judayam kam (0,1 g kam
) yoki ko‘p (1 g ko‘p) og‘irlikka ega bo‘lmasligi kerak. Bu qo‘llash uchun qulaylikka ega bo‘lish uchun [6: 78-90; 7: 45-56.].

    1. Poroshoklarni sifatiga baxo berish va jihozlanishi.



Poroshoklarni sifatini tekshirish

  1. Retseptning to‘g‘riligi.

  2. Dori moddalar miqdori.

  3. Tayyorlash texnologiyasi.

  4. Poroshokning sochiluvchanligi.

  5. Poroshokning bir xilligi.

  6. qadoqlanishi.

  7. Joylashtirilishi.

  8. Jihozlanishi va xokazolar.

Bularning xammasi poroshokning sifatini koʼrsatadi
Poroshoklar asosan qogʼoz kapsulalarga qadoqlanadi.
Namlikni oʼziga tortadigan, uchuvchan va oʼtkir xidli moddalar qoʼshib tayyorlangan poroshoklar mumli va parafinli kapsulalarga qadoqlanadi.
Yogsimon moddalar pergament kapsulalarga oʼrab beriladi.
Tashqi muxitda oʼzgaruvchan, noxush mazaga ega boʼlgan va bo’yovchi moddalar mumli, kraxmalli, jelatinli kapsulada beriladi.
Dozalarga boʼlinmagan poroshoklar kogʼoz xaltachada, karton qutichada, ayrim xollarda shisha idishda, dori moddasini fizik-kimyoviy xossalariga eʼtibor bergan xolda beriladi.
Zaxarli va kuchli taʼsir etuvchi moddalardan tayyorlangan poroshoklar mumli kapsulalarga qadoqlanadi, bemor qoʼliga surg’uchlangan xolatda beriladi va unga «Extiyotlik bilan ishlatilsin», «Bolalardan extiyot qiling» yorliklari yopishtiriladi.

    1. Download 1.16 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling