Farmatsevtik ta’lim va tadqiqot instituti
-rasm. PD-2 dozalash apparati
Download 1.16 Mb.
|
KURS ISHI NAMUNA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-rasm. VDA-1,5 dozalash apparati
4-rasm. PD-2 dozalash apparatiBu avtomatik dozator vertikal joylashgan 140 sm3 hajmdagi bunkerdan (1), uning ustida o‘rnatilgan motor (2) ga biriktirib bunkerga tushirilgan aralashtirgich (3) va shnek (4) dan tashkil topgan. Bunker ostiga ko‘l tarozisining bir elkasi va pallasi joylangan. Tarozining o‘ng elkasi bunker to‘kilish ogziga keltirilgan bo‘lib, u dozalashga mo‘ljallangan tubi ochiladigan palla (5), chap elkasida esa toshlarga mo‘ljallangan palla (6) joylashgan. Pallalar posangisini keltirishga mo‘ljallangan mikrovint (7) elka o‘rtasida joylashgan. Bunker, elektromotor va tarozilar bir ustunda (8) maxkamlangan bo‘lib, ularning tagiga fotoelement va kukun to‘kishni ta'minlaydigan mexanizm joylangan. Yoruglik tuynugi (9) va yoritish asbobi (10) ustunning old qismi va ular orasiga, tarozining o‘ng elkasiga bayroqha (11) o‘rnatilgan. Dozalaydigan pallasining ochiladigan tubiga muvozanatlantiruvchi richag o‘rnatilgan bo‘lib, u richagga qo‘yilgan yuk ta'sirida palla tubini kukun to‘lguncha ochilmay turishini va ochilgan tubning qayta yopilishini ta'minlaydi. Dozatorda tinchlantiradigan va tiraladigan mexanizmlar (12, 13, 14) elka va pallalarni ish paytida tinchlantirishga mo‘ljallangan. Dozatorda ishlashdan oldin, uni kerak bo‘lgan dozadagi kukun miqdoriga moslashtiriladi. Ya'ni 0,5 gacha og‘irlikdagi kukun uchun 1 yoki 2— shnek o‘rnatiladi. 0,5 gr dan ortiq shnek uchun 3 yoki 4— shnek o‘rnatiladi. Dozatorning o‘rtacha ishlash me'yori minutiga 10-12 kukundan bo‘ladi[ 5-rasm. VDA-1,5 dozalash apparati1- elektromotor; 2- vertikal shnek; 3-bunker; 4-tortish sistemasi; 5-zapas shnek; 6- elektromexaniq tizim Dozalaydigan idish tagiga o‘rashga tayyorlab bir tomoni buklangan kapsula qog‘ozidan qo‘yiladi. Priborda ‘aralashtirish’ va ‘dozalash’ ko‘rsatmalari yozilib, ularni elektr tarmoqqa ulaydigan muruvvatlari bor. ‘Aralashtirish’ muruvvati ulanganda kukunni aralashtiradi va dozalash muruvvati orqali dozalanadi. Dozalash pallasining to‘lish jarayonida elkalar to‘gri holatga keladi va bayroqcha fotoelementga o‘tayotgan nur yo‘lini bo‘shatadi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling