Farmatsevtik ta’lim va tadqiqot instituti


Download 1.16 Mb.
bet5/12
Sana13.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1193549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
KURS ISHI NAMUNA

PESTIK–PISTILLA- (hovoncha dastasi) ham chinnidan tayyorlanadi. Chinni qattiqligi yetarli darajadagi jism bo‘lsa, mo‘rt hisoblanadi. Ezishga boshqa moddalarga nisbatan chidamli hisoblanadi. Shuning uchun u dorixona hovonchalari tayyorlashda asosiy xom ashyo hisoblanadi. Hovonchada modda dasta va qo‘l yordamida maydalanadi, bunda tirsak va elka kuchlari ishlatilmasligi lozim. Zaharli va shilliq pardalarga ta'sir ko‘rsatuvchi moddalarni maydalash uchun usti yopiladigan hovonchalar ishlatiladi. Bu birinchidan moddaning yo‘qolishini kamaytirsa, ikkinchidan ishlayotgan ishchini muhofaza qiladi.

2-rasm. Hovonchalar


1 qadimgi grek hovonchasi; 2 —agat hovoncha; 3,7 — cho‘yan hovoncha; 4

— toshdan yasalgan hovoncha; 5 — chinni hovoncha; 6 — emul’siya tayyorlash uchun chinni hovoncha; 8 — shisha hovoncha; 9 — yassi dastali maydalash moslamasi; 10 — usti yopik hovoncha.


Hovonchadan foydalanishni osonlashtirish maqsadida uni stol ustida tutib turuvchi qurilmalar mavjud. Bularga misol tariqasida rezina g‘ildirak ko‘rinishidagi stol ustiga mahkamlash uchun mo‘ljallangan qurilmani ko‘rsatish mumkin. Elaki dorilarni ko‘p miqdorda tayyorlaganda, ya'ni dorixonada oldindan tayyorlanib qo‘yiladigan dorixona tayyorlanmalari texnologiyasida mexanik hovonchalar ishlatiladi [4: 68-90.].
Bunday hovonchalarning dastasi mexanik aylantirgich — ‘qo‘l’ga ulangan bo‘lib, asosan katta o‘lchamdagi hovonchalarga (diametri 300 — 400 mm) mo‘ljallangan. Hovoncha o‘rnida ishlatish uchun kichik hajmli dori maydalaydigan apparatlar ham tavsiya qilingan bo‘lib, ulardan biri M. X. Islamgulov apparatidir (1.5.-rasm).


3-rasm. Islamgulov apparati


Maydalangan kukunni yana apparat qopqog‘iga to‘kib (agdarib), ichidagi kukun qopqoqqa o‘tqaziladi. Uni ochib ichidan maydalangan, aralashtirilgan kukun olinadi. (1.6.-rasm).


Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling