Farmatsevtik ta’lim va tadqiqot instituti


Download 1.16 Mb.
bet9/12
Sana13.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1193549
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
KURS ISHI NAMUNA

Tajriba qismi


    1. Ekstrakt bilan poroshoklar tayyorlash



Ekstraktlar bilan poroshoklar tayyorlash. Ekstraktlar (Extractum) deb, o‘simlik xom ashyosidan biologik faol moddalar suv, spirt, efir yoki boshqa ajratuvchilar yordamida ajratib olingan va ajratuvchisi qisman, ba'zan butunlay bug‘latilgan ajratmalarga aytiladi.
Ekstraktlar konsistentsiyasiga qarab quyidagicha tasniflanadi:
Quyuq ekstrakt (Extractum spissum 1:1) uta qovushqoq, idishdan tukilmaydigan asalsimon chuziluvchan massa bo‘lib, 25% gacha namlik saqlaydi. Ular 3:1, 4:1, 5:1, 6:1 nisbatlarda tayyorlanadi.
Quruq ekstrakt (Extractum siccum 1:2), quruq poroshok holida bo‘lib, 5% gacha namlik saqlaydi.
Suyuq ekstrakt (Extractum fluidum 1:2) kontsentrlangan ajratmalar bo‘lib, 50% dan ko‘p namlik saqlaydi. Ajratuvchi sifatida har xil quvvatdagi etil spirti ishlatiladi.
Agarda retseptda ekstrakt turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, DF XI nashriga asosan quyuq ekstrakt olinadi.
Rp.: Extracti Belladonnae 0,015 Calcii carbonatis 0,3 Misce fiat pulvis.
Da tales doses N6.
Signa. Kuniga bitta poroshokdan 3 mahal ichilsin.
Tayyorlanishi: a) hovonchaga 1,8 g kaltsiy karbonat solib maydalanadi va uni qogozga olib quyiladi. Qo’l tarozisida filtr qog’ozga 0,09 g quyuq belladonna ekstrakti (1:1) tortib olinadi va uni hovoncha dastasi boshchasiga yopishtiriladi. Filtr qog’ozning orqa tomonidan 20% li etanol tomizilib yoki suv bilan xo’llanib filtr qog’oz ajratib olinadi.
Ekstrakt hovonchada 1—2 tomchi spirt bilan eziladi va oldindan maydalab qo’yilgan kaltsiy karbonat kukunidan 2—3 bo‘lakka solib, toki sochiluvchan bir
xil poroshok hosil bo‘lguncha yaxshilab aralashtiriladi. Tayyor poroshok 0,315 g dan 6 ta mumli yoki parafinli kapsulaga qadoqlanib, qog’oz xaltachaga solinadi.

Pasporti:


Kalsiy karbonat 1,8 g 0,3*6=1,8
Belladonna quyuq ekstrakti (1:1) -0,09 g 0,015*6=0,09
mumumiy =1,8q0,09=1,89g
m 1 ta poroshokning og‘irligi 1,89∕6=0,315 g
1,8 g kalsiy karbonat hovonchaga solinib maydalanadi va uni qog’ozga olib quyiladi.
So‘ngra 0,18 g quruq belladonna ekstraktidan (1:2) olib, uni oz-ozdan maydalangan kalsiy karbonat bilan aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan bir xildagi kukun 0,33 g dan mumli yoki parafinli kapsulaga qadoqlanib, qog’oz xaltachaga solinadi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling