Farmatsevtik Texnologiya F302a yo’ldoshev Mavlonbek
Download 17.47 Kb.
|
F302A Yo'ldoshev Mavlonbek FarmTex 8-top
Mavzu 8: Byuretka qurilmasidan foydalanib konsentrlangan eritmalar, galen preparatlari, 3% va undan ko‘p quruq moddalardan foydalanib miksturalar tayyorlash. Vaziyatli masalalar: Oling: Natriy bromid eritmasidan 3% - 90 ml Analgindan 0,75 Valeriana nastoykasidan 2,0 A.B.B. 1 desert -3 mahal Farmatsevt yordamchi idishga 70 ml suvda 0,75 g analgin eritib va oldindan chayilgan paxta tampon orqali tayyorlab qo’yilgan idishga suzdi, qolgan 6,5 ml suv paxta orqali solindi. Ustiga byuretka moslamasidan 13,5 ml natriy bromid eritmasi solindi. Og’zi berkitilib jihozlanadi. Retseptda qaysi dori qo‘shilmadi? Rp: Natrii bromidi 3% -90 ml Analgini 0.75 Tincturae Valerianae 2.0 M.D.S 1 des. * 3 mahal Javob: Valeriana nastoykasi solinmadi. Ya`ni texnologiyasida kamchliklarga yo`l qo`yilgan. 100 ml og`zi yopiladigan idish tozalangan suv bilan chayiladi. yordamchi idishga 70 ml suvda 0,75 g analgin eritib va oldindan chayilgan paxta tampon orqali tayyorlab qo’yilgan idishga suzdi, qolgan 6,5 ml suv paxta orqali solindi. Ustiga byuretka moslamasidan 13,5 ml natriy bromid eritmasi va 2 ml valeriana nastoykasi pipetka bilan solinadi. Og`zi berkitiladi Oling: Magniy sulfatdan 10,0 Tozalangan suvdan 120,0 Yalpiz nastoykasidan 3,0 A.B.B. 1 osh q. kuniga 2 mahal O’lchov idishida 100 ml suv olinib, unda 10,0 g magniy sulfat eritiladi (hona haroratida) va qolgan suv 120 mlgacha solinadi, suziladi. Idishga pipetka orqali 3ml yalpiz nastoykasi solinadi. Og’zi berkitilib jihozlanadi. Retseptni tayyorlashdagi xatolikni toping. Rp: Magnii sulfatis 10.0 Aquae purificatae 120.0 Tincturae Menthae 3.0 M.D.S 1 osh q. kuniga 2 mahal Javob: Xatolik mavjud. Og`zi yopiladigan 150 mlli idish tozalangan suv bilan chayiladi. O’lchov idishida 100 ml suv olinib, unda 10,0 g magniy sulfat eritiladi (isitilgan holda) va qolgan suv 120 mlgacha solinadi, suziladi. Idishga pipetka orqali 3ml yalpiz nastoykasi solinadi. Og’zi berkitilib jihozlanadi. Download 17.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling