Farmatsevtik texnologiya


Download 342.38 Kb.
bet1/21
Sana23.06.2023
Hajmi342.38 Kb.
#1652220
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
farm tex savol javob (2)


3 kurs uchun “Farmatsevtik texnologiya”
fanidan yakuniy nazorat savollari

  1. DF tomonidan poroshoklarga qo’yiladigan talablar. To’zg’uvchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash.

Poroshoklarga qo’yiladigan asosiy talablar:
1)Sochiluvchanlik
2)Disperslik( bercha tarkibiy qismlarning optimal maydalik darajasi bo’lishi)
3)Bir xilliligi (murakkab poroshoklarda barcha tarkbiy qismlarni bir xil tarqalganligi)
4)Dozaning aniqligi
5)Turg’unligi (saqlanish jarayonida moddalarning o’zgarmasligi)
6)Ba’zi bir poroshoklar uchun sterillik (ochiq yaralar uchun sepmalar, yangi tug’ilgan chaqaloqlar uchun poroshoklar)
To’zg’uvchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash.
Agar murakkab poroshoklar tarkibiga to’zg’uvchi moddalar kirsa (magniy oksid, talk, kaolin) bunday poroshklar tayyorlashda to’zg’uvchi modda eng ohirida qo’shiladi va uzoq aralashtirilmaydi. Chunki poroshoiklarni yo’qotish miqdori me’yoridan ortiq bo’lib qolish ehtimoli mavjuddir.
Masalan:
Rp:Magnii oxydi
Vismuthi subnitratis ana 0,15
Misce fiat pulvis
Da tales doses N10
Signa: Kuniga bitta poroshokdan 3 mahal ichilsin.
Passporti:Magniy oksid-1,5 gr
0,15*10=1,5
Vismut subnitrat-1,5 gr
0,15*10=1,5
Mumumiy=1,5+1,5=3,0
Tayyorlanishi: Havonchaga 1,5 gr vismut nitrat asosidan solib, yaxshilab maydalanadi. Keyin uning ustiga 1,5 gr magniy oksidi 2-3 bo’lakka bo’lib solinadi va bir xil poroshok hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Tayyor poroshok 10 ta oddiy qog’ozga 0,3 grdan qadoqlanadi. So’gra qog’oz xaltachaga solinib va ustiga tegishli yorliq yopishtiriladi.

  1. Kuchli gidrofob moddalar bilan suspenziyalar tayyorlash. (misol keltiring) (kamfora, oltingugugurt misolida).

Gidrofob moddalar 2 guruhga bo’linadi:
kuchli gidrofob xossaga ega bo’lgan;
kuchsiz gidrofob xossaga ega bo’lgan.
Kuchli gidrofob xossani namoyon etuvchi moddalarga kamfora, mentol, timol, oltingugurt kiradi. Ularda dispersion usulda suspenziya tayyorlaganda dispers faza suyuqlik ustiga qalqib chiqib flokulyatsiyaga uchraydi yoki idish devorlariga yopishib qoladi. Shunday hodisalarni oldini olish uchun bu moddalarni gidrofillash talab qilinadi. Gidrofillash uchun ishlatiladigan moddalar stabilizatorlar deb ataladi. Ularga jelotoza (jelatinani chala gidroliz mahsuloti), yelimlar, o’simliklardan olinadigan shilimshiq moddalar, kraxmal kleysteri, polisaxarid komplekslari, MS, KMS, PVP, poliglyukin, spanlar, tvinlar, bentonit va boshqalar kiradi.
Masala, stabilizator sifatida jelotoza ishlatsak, 1 gr kuchli gidrofob xossaga ega bo’lgan moddaga - 1 gr, kuchsiz gidrofob xossaga ega bo’lgan moddalarga-0,5 gr jelotoza qo’shiladi.
Rp: Sol. Natrii bromidi 0.5%-120 ml
Camphorae 1,0
Coffeini natrii-benzoatis 0,5
M.D.S 1osh qoshiqdan 3 mahal
Passporti: Natriy bromid eritmasi (1:5) 3ml
Kofein benzoate natriy eritmasi (1:10) 5 ml
Tozalangan suv 112 ml
Kamfora 1,0
Jelotoza 1,0
V(umumiy)=120 ml
Texnologiyasi: Yordamchi idishga 112 ml tozolangan suv, 5ml kofein benzoat natriy eritmasi(1:10), 3 ml natriy bromid eritmasi (1:5) solamiz. Havonchada 1 gr kamfora 1ml 90%li etonol bilan maydalanadi. So’ngra 1 gr jelotoza qo’shib aralashtiriladi. Ustiga 1 ml tayyorlangan eritmadan qo’shib mayin pulpa hosil qilinadi va beriladigan idishga oldin tayyorlab qo’yilgan eritma bilan chayqatib solinadi.
Oltingugurt bilan tayyorlanadigan suspenziya o’ziga xos usulda tayyorlaniladi. 1 gr oltingugurtga 0,1-0,2 gr tibbiyot sovuni (kaliyli sovun) qo’shish kerak. YUMB larni stabilizator sifatida ishlatish mumkin emas. Chunki ular oltingugurtning farmokologik ta’sirini kamaytirib yuboradi.
Rp:Sulfuris praecipitati 4,0
Spiritus aethylici 10 ml
Glycerini 15,0
Aq. purif. ad 180 ml
M.D.S sirtga
Texnologiyasi: Havonchada 4 gr oltingugurt, 2 gr glitserin bilan maydalanadi. So’ng qolgan glitserin va suv qo’shib shisha idishga chayqatib qo’yiladi. 10ml 90% li etanol va ohirida suspenziyaga 0, gr kaliyli sovun qo’shiladi va yaxshilab chayqatiladi.




  1. Download 342.38 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling