Farmatsevtik texnologiya


Qiyin maydalanadigan moddalardan poroshoklar tayyorlash tеxnologiyasini kеltiring (misollarda)


Download 342.38 Kb.
bet5/21
Sana23.06.2023
Hajmi342.38 Kb.
#1652220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
farm tex savol javob (2)

9.Qiyin maydalanadigan moddalardan poroshoklar tayyorlash tеxnologiyasini kеltiring (misollarda).
Qiyinmaydalanadigan moddalarga yod, kamfora, mentol, timol, fenilsalitsilat, benzonaftol, salitsilat kislota, tetraborat natriy, streptotsid va boshqalar kiradi.
Bularni maydalash uchun uchuvchan erituvchilar ishlatiladi. Erituvchilar sifatida spirt, efir, spirt-efir aralashmasi ishlatiladi.
Rp.: Camphorae 0,1
Sacchari 0,2
Misce fiat pulvis
Da tales doses N 6
Signa.Bitta poroshokdan 3 mahal ichilsin.
Pasporti: Kamfora 0,6 g
0,1*6=0,6 g
qand poroshogi 1,2 g
0,2*6 =1,2
mumumiy =0,6*1,2=1,8 g
m 1 ta poroshokning og‘irligi =1,8∕6=0,3 g
Tayyorlanishi: hovonchaga 1,2 g qand kukuni solinib maydalanadi va u kapsulaga olib quyiladi. So‘ngra hovonchada 0,6g kamfora bir necha tomchi etil spirti bilan birga maydalanadi, maydalash, to erituvchi uchib ketgunga qadar davom ettiriladi. Keyin unga oz-ozdan kapsuladagi olib qo‘yilgan qand kukuni qo‘shib aralashtiriladi, toki bir xil poroshok hosil bo‘lguncha. Tayyor poroshok 6 ta pergament qog‘ozga 0,3g dan qadoqlanadi. So‘ngra qog’oz xaltachaga joylashtirilib, yorlig‘i yopishtiriladi.


10. Konservantlar. Ta’rifi, Ularga qo‘yiladigan talablar. Tasnifi va tavsifi. Dori turlarini tayyorlashda ishlatiladigan konservantlar, misol orqali tushintiring.
Kimyoviy sterilizatsiya mikrofloraga kimyoviy moddalarni ta’sir ettirish yo’li bilan olib boriladi. Moddalar mikroorganizmlarni o’ldiradi, ya’ni bakteritsid ta’sir ko’rsatadi. Bunday kimyoviy moddalar antiseptiklar deb ataladi. Boshqa moddalar mikroorganizmlarni o’ldirmaydi, lekin keyingi rivojlanishni to’xtatib qo’yadi. Bunday moddalar konservantlar deyiladi. Hozir tibbiyot amaliyotida antiseptik va konservant moddalardan yetarli darajada foydalanilmoqda.
Farmatsevtika amaliyotida konservantlar sifatida quyidagi moddalar ishlatiladi: Nipagin — paraoksibenzol kislotaning metil efiri. Oq kristall kukun, suvda oz miqdorda eriydi, spirtda esa eriydi. 0,05% gacha bu konservant zararsiz hisoblanadi. 0,25% konsentratsiyada ham ishlatiladi. Bakteritsid ta’siri fenoldan 2,6 marta yuqori.
Nipazol — paraoksibenzol kislotaning propil efiri, suvda 0,05% da eriydi. Bakteritsid ta’siri fenoldan 15 marta yuqori. 0,03% li eritmasi qiyin eriydigan bo’lgani uchun 0,07% eritma holida foydalaniladi. Bu aralashma 7 qism nipagindan va 3 qism nipazoldan tashkil topgan bo’lib, ishonchli konservant hisoblanadi. Bu suyuqlik erituvchi sifatida dorilarni tayyorlashda, moddalarni in’yeksiyalashda, qizdirilganda faolligi yo’qolib ketadigan moddalardan in’yeksion eritmalar tayyorlashda qo’llaniladi.
Xlorbutanolgidrat — (xloreton) rangsiz kristall, kamfora hidiga ega, 200 g suvda eriydi. Spirtda oson eriydi. 0,5% gacha konsentratsiyada ishlatiladi.
Trikrezol — metilfenol, yuqori bakteritsid xususiyatga ega, juda past 0,3% gacha konsentratsiyada foydalaniladi. Fenol — 0,5% gacha konsentratsiyada qo’llaniladi. Feniletil spirti chet ellarda ko’p ishlatiladi, 0,3% li eritmasi ko’z tomchilarini konservantlashda tavsiya etiladi.
Konservantlardan yana spirt, glitserin, suvli ajratmalar tarkibida, xloroform, xloformli suv (ekstraktlar ishlab chiqarishda), salitsil kislota (0,1%) qo’llaniladi. Konservantlar issiqlikka chidamsiz dori moddalardan in’yeksion eritma tayyorlashda ishlatiladi. Bu moddalar qo’shilishida albatta ularni ishlatish usullari va sharoitlari hisobga olinishi shart. Shunga ko’ra faqat shifokor ko’rsatmasi bilan bajariladi.Buning uchun signaturada konservantning olinish miqdori va qo’llanishi ko’rsatilishi kerak. Ba’zi dorivor moddalar o’z-o’ziga bakteriostatik ta’sir ko’rsatadi, shu sababli ularga konservantlar qo’shilmaydi. Masalan — geksametilentetramin eritmasi, aminazin eritmalari.



Download 342.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling