Farmatsevtik texnologiya
Yumshoq dori turlarini ta'rifi, tasnifi, (shamchalar, tayoqchalar va ularga DF XI bo’yicha qo’yilgan talab). Sifatini baholash
Download 342.38 Kb.
|
farm tex savol javob (2)
Yumshoq dori turlarini ta'rifi, tasnifi, (shamchalar, tayoqchalar va ularga DF XI bo’yicha qo’yilgan talab). Sifatini baholash.
Surtmalar, malhamlar, sham dorilar, hab dorilar tibbiyot qal amchalari yumshoq dori turlari deb aytiladi. Ular turli xil dispers sistemaga taalluqli bo’lib, yumshoq konsistensiyaga (holatga) va umumiy o’xshashlik belgilariga ega. Masalan: surtmalar, shamchalar mayin yopishqoq muhitga ega. Hab dorilar muloyim xamirlardan tayyorlanadi va faqat saqlanishi davridagina qurib qattiq konsistensiyaga aylanadi. Bu shu bilan tushuntiriladiki, ko’pgina surtmalar, shamchalar sanoat korxonalarida tayyorlanadi. Plastirlar, gorchichniklar, meditsina qalamchalari, kapsulalar, kapsulaga o’ralgan dorilar faqat korxonalarda ishlab chiqariladigan dori turlaridir. Surtmalar — sirtga qo’llaniladigan dori turlari bo’lib, ular yuqori yopishqoqlik xususiyatiga ega bo’lgan suyuqliklardir. Teri yoki shilliq qavatlar ustida tekis, oqmaydigan yupqa sirt hosil qilish xususiyatiga ega. Surtmalar xona haroratida o’zining yopishqoq holatini saqlaydi va harorat oshirilganda oquvchan suyuqlikka aylanadi. Surtmalar dispersologik tasniflanishi bo’yicha erkin har tomonlama dispers shaklsiz muloyim yoki mayin aralashma. Tipik suyuqliklardan ular oquvchanligining yo’qligi bilan farqlanadi. Surtmalar — qadimiy dori turlaridan biri bo’lib, zamonaviy meditsinada ham ularning ahamiyati katta. Surtmalar qo’llanishi bo’yicha: 1. Zararlangan teri va shilliq qavatlarni yomon gazlar, organiq erituvchilar va chang bilan ifloslanishdan saqlash uchun. 2. Sovuq olganda va kuyganda yaraga dori moddalarni qo’yish uchun. 3. Teri kasalliklarini davolashda dori moddalarni teriga surtish uchun yoki organlarda ketayotgan patologik o’zgarishlarni davolash uchun dori moddalar teriga surtiladi va u yerdan qonga so’rilib butun tanaga ta’sir qiladi. 4. To’g’ri ichak kasalliklarini davolashda. 5. Ko’z va burun shilliq qavati zararlanganda dori moddalarni qo’yish uchun. 6. Sochni yuqotish va davolash uchun 7. Jun bilan qoplangan terilarga insektitsid vositalar qo’yish uchun. 8. Kosmetikada (terini yumshatish, pigment dog’larni yuqotish va boshqalar). Shamchalar quyidagi turlarga bo’linadi: rektal (suppositoria rectalia), vaginal (suppositoria vaginalia) shamcha va tayoqchalar (bacilli). Rektal suppozitoriylar to’g’ri ichakka kiritish uchun, vaginali ayollar qiniga va tayoqchalar siydik chiqarish yo’llariga hamda boshqa kanallarga (bachadon kanali, ingichka kanallarga kiritish uchun hamda eshitish yo’llariga) kiritish uchun mo’ljallangan. Tayoqchalar o’tkir uchli silindr shaklida bo’lib, o’zunligi 10 sm gacha, eni 2-5 mm gacha bo’ladi. Shunday qilib, ularning og’irligi dorixatda ko’rsatilganidek uzunligi va diametriga bog’liq bo’ladi. Tayoqchalar uchi o’tkirlangan silindr shaklida tayyorlanib, ularning og’irligi esa 0,5 dan 1 g gacha bo’ladi. XI Davlat farmakopiyasida suppozitoriylar uchun berilgan umumiy maqola talablariga binoan, shamdori massasi bir xil tusda, shakli aniq bo’lib qo’llanishda mos keladigan qattiqlikka ega bo’lishi kerak. Massani bir xilligi ko’ndalang kesilganda oddiy ko’z bilan kuzatish asosida tekshiriladi. Download 342.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling