Farmatsevtika iqtisodiyoti
Naqd pullarni tushishini turlari va hisobi
Download 82.24 Kb.
|
Дорихона муассасаларида юридик шахслар томонидан касса жараёнларини
Naqd pullarni tushishini turlari va hisobiDorixona kassasiga kelib tushadigan naqd pullarning asosiy manbai – bu aholidan, xarid qilingan dori-darmon va boshqa mollar uchun to‘langan pullardir. Dorixonalarda naqd pullar nazorat kassa mashinasi orqali qabul qilinadi. Kassir yoki uni o‘rindoshining kassa mashinasida ishlash tartibi “yo‘riqnoma” da belgilangan. Har bir nazorat-kassa mashinasining ishlab chiqargan korxona tomonidan berilgan raqami bo‘lib, u hamma xujjatlarda aks ettiriladi. Bu xujjatlar kassa mashinasining hamma xarakatlarini (uni ta’mirlashga yoki boshqa dorixonaga topshirish) va boshqalarni aks ettiradi. Nazorat-kassa mashinasining pasportiga, uni ishga tushirish, o‘rta va to‘liq ta’mirlanishi haqidagi ma’lumotlar kiritiladi. 2.2.Kassa jarayonlari, ularni rasmiylashtirish va hisobga olish. Dorixona muassasalarining xaridorlar, mol yetkazib beruvchilar, xo‘jalik va boshqa tashkilotlar hamda muassasalar bilan o‘zaro aloqasi jarayonida bank orqali amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisobotlardan foydalaniladi. O‘zining mustaqil balansiga, xo‘jalik hisobiga ega bo‘lgan dorixona muassasalari uchun bankda hisob – kitob raqami ochiladi. Amal qiluvchi yo‘riqnomaga binoan dorixona muassasasi xisob – kitob raqamini ochish uchun bankga: a) muassasaning tashkil qilinishi to‘g‘risidagi xujjatning ko‘chirma nusxasi; b) nizomning ko‘chirma nusxasi; v) mudirning (birinchisi), buxgalterning (ikkinchisi) imzolari keltirilgan varaqa; g) muassasa (tashkilot) muhrining nusxasi, xisob raqamiga g‘azna bo‘yicha belgilangan qoldiq limitidan tashqari dorixonaning barcha erkin pul mablag‘lari o‘tkaziladi. Hisob – kitob raqamidan mulkdorning hisob – kitob xujjatlarining to‘lovi amalga oshiriladi. Agar muassasa mulk aylantirish bo‘yicha o‘zining maxsus qarz (ssuda) va boshqa raqamiga ega bo‘lsa, hisob – kitob raqamiga realizatsiya qilingan savdo ustamasi hisobida shaxsiy pul mablag‘lari, shu bilan birga debitorlik qarzlarini uzish, jarimalarni to‘lash puli, yuqori tashkilotlarning qayta taqsimlanish tartibida shaxsiy mablag‘larni to‘ldirmasi, shaxsiy aylanma mablag‘larni ko‘paytirish uchun davlat budjetidan ajratmalar kiritiladi. Bunday hollarda hisob raqamida notovar jarayonlar uchun pul to‘lanadi: binoning ijarasiga, ularni ta’mirlash, davlat budjetiga to‘lovlar, yo‘l xarajatlari, pochta – telegraf, telefon va kanselyariya xarajatlari, oylik maoshdan ushlab qolinadigan soliqlar, kreditorlik qarzlarini, jarimalarni to‘lash va boshqalar. Bunday xolda savdodan tushgan pullar tovar aylantirish bo‘yicha maxsus qarz raqamiga tushadi. Bu raqamda savdo pulining asosiy qismi qolib, bank kreditini qoplashga, amalga oshgan savdo ustamasi hisobida hisob raqamiga o‘tkaziladi. Transport xarajatlari to‘lovi hisob – kitob raqamidan amalga oshiriladi, faqat mol yetkazib beruvchining tarnsportida mol olib kelinishi xolatlarida mol va uning tarnsportirovkasi uchun to‘lov maxsus qarz raqamidan amalga oshiriladi. Bank orqali hisob-kitobni amalga oshirishning asosiy shakllari. O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz hisob-kitoblar 1995- yil 4-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borish to‘g‘risida”gi 60-sonli yo‘riqnomaga asosan olib boriladi. Tovar yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan hisobni amalga oshirish buxgalteriyada olib boriladi. Shu bilan birga xarid qilingan mollarni hisobi 60 schetda “Tovar yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar”, sotilganlariniki 62 schetda “Xaridorlar bilan hisob-kitoblar”, 45 schetda “Yuklab bo‘lingan mollar” aks ettirilgan bo‘ladi. Tovarni qabul qiluvchi dorixona boshqarmasi, muassasasi balansida 60 schet mol yetkazib beruvchilarga bo‘lgan qarzni ko‘rsatadi, uni analitik hisob – kitobi alohida tovar yetkazib beruvchi uchun maxsus bo‘ladi. Tovarlarni jo‘natib yuboradigan dorixona muassasasining balansidagi 62 schet xaridorlarning olingan mollari uchun bo‘lgan qarzlari ko‘rsatilgan bo‘ladi. Dorixona muassasalari va boshqarmalarining mudirlari va bosh buxgalterlari dorixonaga tovar yetkazib beruvchilarga bo‘lgan qarz va xaridorlarning dorixonaga bo‘lgan qarzlari iloji boricha kam bo‘lishini, oy oxirida nolga teng bo‘lishini nazorat qilib turishlari zarur. Tovar yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan hisob bir shaharning o‘zidagi va boshqa shaxarlar bilan bo‘ladiganiga ajratiladi. Barcha naqd pulsiz hisob-kitoblar faqat bankning yozma hisob-kitob xujjatlari asosida qatiy belgilangan shaklda: to‘lov talabnomalari, aksept to‘lov topshiriqnomalari, akkreditivlar, cheklar, schetlar, schetlar reestrlari, inkassa topshiriqlari va boshqa xujjatlar asosida amalga oshiriladi. Hisob – kitob jarayonlari o‘zining xarakteriga ko‘ra tovar va notovarlarga tasniflanadi. Tovar hisob – kitobiga tovar va idishi uchun, materiallar uchun to‘lovlar kiradi. Notovariga esa, kommunal xizmatlar uchun, transport uchun, pochta telegraf va boshqa xizmatlar uchun, davlat budjetiga to‘lovlar, amortizatsiyaga pul o‘tkazish kabilar kiradi. Xujjatlar aylanishini tashkil etish va naqd pulsiz hisob – kitob o‘tkazish texnikasi bo‘yicha dorixona tizimida hisob – kitobning quyidagi shakllaridan foydalaniladi: akseptli, akkreditivli, yukni aylanishi bo‘yicha maxsus schetlar, to‘lov topshiriqlari, cheklar, rejalashtirilgan to‘lovlar, aloqa tashkilotlari orqali va plastik elektron kartochkalari, tijorat bank lari veksellari. Hisob kitobning u yoki bu shaklini qo‘llanilishi tomonlarning shartnomasi, to‘lovlarning yig‘indisi va to‘g‘ri keladigan shaklni ishlatish maqsadga muvofiqligi bilan aniqlanadi. Shuni qayd qilish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki zimmasiga tijorat banklari bilan birgalikda 2002 yil 1 oktabrigacha kredit plastik kartochkalarni muoamalaga chiqarish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chinish vazi fasi yuklatilgan. Akseptli yoki to‘lov talabnomasi shakl - dorixona tizimida tovarlar uchun naqd pulsiz hisob kitob qilishning asosiy ko‘rinishi. Aksept-bu pul to‘lovchining tovar yetkazib beruvchining schotini to‘lashga roziligi. Aksept shaklning ma’nosi quyidagicha tushuntiriladi: tovar yetkazib beruvchi tovarni ortib bo‘lgach, unga xizmat ko‘rsatuvchi bank bo‘limiga to‘lov talabnomasini inkassaga qo‘yadi. Aksept musbat va manfiy bo‘lishi mumkin. Musbat akseptda bank pul to‘lovchining yozma roziligi bilan pulni to‘laydi, manfiy akseptda esa xaridor bankka faqatgina akseptni rad etganda yozma xabar beradi. Ko‘p holatlarda manfiy akseptdan foydalaniladi, chunki u hujjatlar aylanishini ancha kamaytiradi va tovarlar uchun to‘lov muddatini tezlashtiradi. Shaharlararo mol yetkazib berishda aksept muddati –3 kun, shahardagisi-2 kun. Manfiy aksept dastlabki va keyigi bo‘lishi mumkin. Dastlabki akseptda schot faqat tayinlanagan muddat tugagandan so‘ng to‘lanadi, keyingi akseptda esa bank to‘lov xujjatlarini olganda to‘lanadi, lekin bunda xaridor aksept uchun belgilangan butun muddat ichida to‘lovni rad etish huquqiga ega bo‘ladi. Oxirgi holat yuz bersa bank to‘lovchini schetida o‘tkazilgan mablag‘larni tiklab beradi. Akseptni rad etish to‘liq va qisman bo‘lishi mumkin. Past sifatli tovar yetkazib berilgan bo‘lsa, tovar talab qilinmagan bo‘lsa, schetga qaytadan to‘lov amalga oshirilgan bo‘lsa, xaridorning roziligisiz tovarni muddatdan avval olib kelinsa, tasdiqlangan narx mavjud bo‘lmaganda va boshqa holatlarda butunlay akseptni to‘lov talabini rad etish mumkin. Talabdan tashqari tovarni yetkazib berilganda, talab etilgan tovarlar bilan birga talab etilmagan tovarlar yetkazib berilganda, tovar yetkazib beruvchi tomonidan narxlar ko‘tarib yuborilganda, arifmetik xatoliklar mavjud bo‘lganda va boshqa holatlarda akseptni to‘lovini qisman rad etish mumkin. Akseptni rad etish xaridorning bank bo‘limiga yozma arizasi bilan rasmiylashtiriladi. Akseptni sababsiz rad etilganda xaridordan jarima olinadi. Agarda bank to‘lashdan bosh tortsa iste’molchi molni saqlash javobgarligini oladi, toki ta’minotchining maqsadli ko‘rgazmasi bo‘lmagunga qadar. Bunday mollar schet – 002 “Moddiy – boyliklarni saqlash javobgarligini olingan” balansiga hisobga olinadi. Mollarni jo‘natilgan va mablag‘larni buxgalteriya hisobi jarayoni quyidagicha rasmiylashtiriladi. Download 82.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling