Farmatsevtika iqtisodiyoti
Download 82.24 Kb.
|
Дорихона муассасаларида юридик шахслар томонидан касса жараёнларини
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish 1.1. Dorixonalarda kassa jarayonlarini olib borish maqsadi Adabiyotlar sharhi
- Amaliy qismi
- Xulosa Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati Xulosa I.Kirish
FARMATSEVTIKA TA’LIM VA TADQIQOT INSTITUTI MALAKA OSHIRISH VA QAYTA TAYYORLASH MARKAZI “FARMATSEVTIKA IQTISODIYOTI” FANI KURS ISHI MAVZU: Kassa jarayonlari va kassir operatorning vazifalari Tayyorladi: U.Jalilova Rahbar: Shokirov M Toshkent 2023 REJA: Kirish 1.1. Dorixonalarda kassa jarayonlarini olib borish maqsadi Adabiyotlar sharhi 2.1. Kassa jarayonlarini olib borish tartibi 2.2. Kassa jarayonlari, ularni rasmiylashtirish va hisobga olish 2.3. Dorixona kassasida naqd pullar harakati Amaliy qismi 3.1. Dorixonalarning kirim kassa jarayonlarini olib borish, hisobga olish. 3.2. Dorixonada chiqim kassa jarayonlarini olib borish, ularni rasmiylashtirish. 3.3. Kassir operatorning vazifalari. Ularning ish rejimini tashkil qilish 3.4. Kassir operatorning ishini tashkil etishni takomillashtirish yo'llari va mijozlar bilan hisob-kitoblarda navbatlarni bartaraf etish yo'llari. Xulosa Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati Xulosa I.Kirish 1.1. Dorixonalarda kassa jarayonlarini olib borish maqsadi Kassa jarayonlarini yuritish va rasmiylashtirish tartibi «Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari»ga asosan olib boriladi. Bu qoidalar O‘zR MB Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 24-yanvarda 376–soni bilan tasdiqlangan va O‘zR AV tomonidan 1998-yil 17-dekabrda 565–sonli qarori bilan ro‘yxatga olingan. Har bir kassa apparatiga kassir-operator kitobi tutiladi. Kitob varaqlari raqamlangan, tiqilgan, dorixona mudiri va bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlangan, dorixonaning muhri bilan muhrlangan bo‘lishi kerak. Kassa mashinasini ishlatishga berishdan oldin, ta’mirlash bo‘yicha mexanik, uni ishga yaroqliligini, to‘g‘ri ishlashini tekshiradi, bu asosida mashinani tamg‘alaydi va pasportiga uni ishga tushirilganligi haqidagi tegishli ma’lumotlarni kiritadi. Tamg‘aning butunligiga dorixona rahbari javobgar hisoblanadi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 1.01.1995 yildan boshlab har bir savdo tarmoqlari kassa apparatisiz ishlash man qilingan. Chunki, soliq to‘lashda uning ko‘rsatkichi asos bo‘ladi. Har bir kassa mashinasiga kassir-operator kitobi tutiladi. Kitob varaqlari raqamlangan, tikilgan, dorixona mudiri va bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlangan, dorixonaning muhri bilan muhrlangan bo‘lishi kerak. Kassir mashinasining pasporti, kassir operator kitobi, kasssa bo‘yicha dalolatnoma va boshqa xujjatlar dorixona mudiri, uning o‘rinbosari yoki hisobchida saqlanadi. Kassir – operator kitobidagi hamma yozuvlar bir tartibda, siyohli ruchkada, xatosiz yozib boriladi. Kitobga kiritilgan hamma tuzatish yoki o‘zgartirishlarga kassir tushuntirish keltirishi, dorixona mudiri yoki hisobchi imzo bilan tasdiqlashi kerak. Kassir tomonidan ish boshida va oxirida kassaning hisob ko‘rsatkichlarini olish vaqtida dorixona mudiri yoki uning o‘rinbosari ishtirok etib, kassir-operator kitobiga kiritilgan yozuvlarning to‘g‘ri ekanligini imzolari bilan tasdiqlashlari lozim. Aholidan pul qabul qilayotganda kassir quyidagi tartibga rioya qilishi kerak: xaridordan sanab olingan pullarni alohida ko‘rinadigan joyga qo‘yishi; pattadagi sana, bo‘lim pul miqdorini aniq va to‘g‘ri o‘rilganini tekshirishi; xaridor bilan to‘liq hisob-kitob qilib bo‘lgandangina keyin, unga pattani berishi; shundan keyingina olingan pullarni kassa qutisiga solishi kerak. Kassa mashinasidan patta qog‘ozi chiqmay qolgan holda, kassir darhol dorixona mudirini yoki hisobchini chaqirishi, ular bilan birgalikda muammoni bartaraf etish choralarini qidirishi kerak. Nazorat kassa qog‘ozisiz ishlash qati’yan man etiladi. Download 82.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling