Farmatsevtika iqtisodiyoti
I. Ta’minotchida mol jo‘natilganda
Download 82.24 Kb.
|
Дорихона муассасаларида юридик шахслар томонидан касса жараёнларини
I. Ta’minotchida mol jo‘natilganda
1) Debet – 45, 46, 62 Kredit – 40 yoki 20 2) Hisob-kitob schetiga pul mablag‘larini o‘tkazish vaqtida Debet – 51 Kredit – 46 yoki 62 II. Iste’molchida mol jo‘natilganda 1) mol kelib tushganda: Debet – 10 yoki 12 Kredit 60 2) Hisob-kitob schetidan mablag‘ni chiqarilganda: Debet – 60 Kredit - 51 Kommunal xizmat, gaz va elektr – energiya, xaridor va tovar yetkazib beruvchi bilan kelishilgan holda ijara to‘lovi, pochta – telegraf, telefon va boshqa xizmatlar uchun to‘lov talablari akseptsiz amalga oshiriladi. Akkredetiv shakl faqatgina shaxarlararo hisob – kitobida ishlatiladi. Agar tovar yetkazib berish bir marotabalik bo‘lsa, u tovar yetkazib beruvchi va xaridor o‘rtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi. Akkredetivni ochish uchun xaridor Davlat banki bo‘limiga ariza beradi, unda qaerda, qanday miqdordagi pulga va qaysi tovar yetkazib beruvchi uchun akkredetiv ochayotgani ko‘rsatilgan bo‘ladi. Akkredetivdan to‘lov to‘laligicha yoki qisman amalga oshiriladi. Akkredetivdan to‘lov tovar yetkazib beruvchi tovarlarni jo‘natgandan so‘ng bankga bergan hisob-kitob xujjatlari asosida amalga oshiriladi. Davriy ravishda bank xaridorga taqdim etilgan xujjatlar bilan birgalikda akkredetivdan ko‘chirmalarni yuborib turadi. Xaridor shartnomani buzilishi holatida 3 kun mobaynida akseptdan voz kechishi mumkin. Bunday holatlarda bank xaridorning hisob raqamida oldin ko‘chirilgan pulni tiklab berdi. Akkredetivdan naqd pullar berilmaydi. Belgilangan muddatning tugashi bilan akkredetiv berkitiladi, unda qolgan pullar dorixonaga xizmat ko‘rsatuvchi bank bo‘limidagi hisob raqamiga o‘tkaziladi. Akkredetiv shaklning hisob – kitob turi sifatida yukni aylanishi bo‘yicha maxsus schetlar qo‘llanilishi mumkin. Yukni aylanishi bo‘yicha maxsus schetlar shaxsiy mulk yoki Davlat bankidan olingan ssuda hisobiga ochilishi mumkin. Akkredetiv shakldan farqli ravishda maxsus schetlar ma’lum bir yoki bir nechta tovar yetkazib beruvchilar bilan tizimli hisob-kitoblarni amalga oshirishda qo‘llaniladi. Maxsus hisob-kitobda xaridorning vakilini bo‘lishi talab etiladi, akkredetiv shaklda esa bunday talab yo‘q. Maxsus schetning muddati cheklanmagan. Undan transport xizmati uchun to‘lovni amalga oshirishga ma’sul shaxsga naqd pullar berilish mumkin. Xaridor maxsus schetni hisob-kitob raqamidan pulni o‘tkazish bilan va Davlat bankidan olinadigan ssudalar hisobiga to‘ldirib turishi mumkin. Agar bir oy mobaynida maxsus schetdan operatsiyalar amalga oshirilmasa, u berkitiladi, pul mablag‘larini qoldiqlari xaridorning hisob raqamiga o‘tkaziladi. To‘lov topshiriqlari bilan hisob – kitob xaridorning ko‘rsatmasi bilan tovar, transport, ijara to‘lovi, kommunal xizmat uchun to‘lovlar, soliqlar pulini to‘lash, ijtimoiy sug‘urta tashkilotlariga to‘lov, budjetga pul to‘lash va boshqalar uchun to‘lovni amalga oshiriladi. To‘lov topshirig‘i dorixona muassasaning belgilangan pullarni o‘tkazish to‘g‘risida unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka bergan buyrug‘idir. Uni xaridor kimga, nima uchun va qaysi hisob-kitob raqamidan amalga oshirish kerak, qanday miqdorda to‘lov amalga oshirilishi kerakligini ko‘rsatib yozib beradi. To‘lov topshiriqlari bilan to‘lov tovarni olgandan, xizmat ko‘rsatilgandan oldin yoki keyin amalga oshirilishi mumkin. Agar xaridor to‘lov topshirig‘ida ko‘rsatilganidek tovarni qabul qilib olgan bo‘lsa, to‘lovchining hisob raqamida puli bo‘lmasa ham bank uni to‘lovini amalga oshiradi. Pul mavjud bo‘lsa bunday topshiriq o‘sha zahotiyoq to‘lovi amalga oshiriladi, pul bo‘lmasa maxsus kartotekaga (to‘lovlarning ketma-ketligi) joylanadi va xaridorning hisob-kitob raqamiga pullarni kelib tushishi ketma-ketligi tartibida to‘lovi amalga oshiriladi. Tovar va xizmatlar uchun oldindan to‘lovni amalga oshirish xaridorning hisob raqamida pullar mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshiriladi. Bir marotabali ko‘rsatiladigan xizmat uchun (transport, aloqa tashkilotlariga va zarur vaqtida mol qiymatini to‘lash va ko‘rsatilgan xizmat uchun) ko‘rsatilgan summa bank tomonidan taxminan deponenta o‘tkazilgan bo‘lib bankda akseptlangan to‘lov topshiriqnomasi tatbiq qilinishi mumkin. Ish haqini hamda alimentlarni aniq shaxsga o‘tkazishda, bankka oluvchining ro‘yxati, summasi va nima uchunligi ko‘rsatib beriladi. Natijada ushbu ro‘yxat ilova shaklida bo‘lib, umumiy summasiga to‘lov topshiriqnomasi tuziladi. Buni aloqa bo‘limlari qabul qilib oladi. To‘lov topshiriqnomasi bilan pul o‘tkazishda quyidagi yozuvlar qilinadi: Debet – 68 “Budjet bilan hisob-kitob” Debet – 69 “Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha hisob-kitob” Debet – 76 “Har xil debitor va kreditorlar bilan hisob-kitob” Kredit – 51 “Hisob – kitob scheti” Cheklar bilan xisob-kitob – xisob-kitoblarning eng ilg‘or turi bo‘lib, to‘lov aylanishini tezlashtiradi. Download 82.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling