Farmatsevtika iqtisodiyoti


Download 82.24 Kb.
bet2/12
Sana10.07.2023
Hajmi82.24 Kb.
#1659552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Дорихона муассасаларида юридик шахслар томонидан касса жараёнларини

II.Adabiyotlar sharhi
2.1.Kassa jarayonlarini olib borish tartibi
Barcha dorixona muassasalari pul mablag‘larini bankdagi hisob raqamida saqlashlari kerak. Kredit tashkilotlaridan olinayotgan naqd pullar dorixona tomonidan qat’iy belgilangan maqsadda ishlatilishi lozim. Dorixonalar o‘z kassalarida belgilangan miqdorda naqd pul saqlashlari mumkin va yuqori tashkilotlar bilan kelishilgan holda Markaziy bank tomonidan har yili belgilangan me’yorlar chegarasida pul tushumining bir qismini ishlatishlari mumkin. Dorixonalarda pul tushumidan naqd pullar belgilangan me’yorlardan tashqari quyidagi maqsadlarga sarf qilinishi mumkin:
a) tasdiqlangan ish haqi fondi doirasida – ishchilarga ish haqini berishga;
b) dorixona bo‘yicha tasdiqlangan rejaga asosan aholidan xili va miqdori bo‘yicha qabul qilinadigan dorivor o‘simlik xom ashyosini sotib olishga;
v) aholidan dorixonaga idishlar sotib olishga va boshqalar.
Kassadagi qoldiq me’yori har bir dorixona bo‘yicha alohida, yuqori tashkilot tomonidan taqdim etilgan hisob bo‘yicha, bank tomonidan belgilanadi. To‘langan ish haqi, mukofot puli, stipendiyalar, nafaqalar, sotib olingan idishlar va dorivor o‘simliklar xom ashyosi bu hisobga qo‘shilmaydi. Mehnat safari va boshqa xo‘jalik xarajatlari uchun pul mablag‘larini yuqori tashkilot dorixona uchun belgilangan me’yorlar miqdorida beradi.
Savdo pul tushumidan ish haqi to‘laydigan dorixonalar, uni to‘lash vaqti kelishini kutib, o‘z kassalarida bu maqsad uchun naqd pul saqlab turish xuquqiga ega emaslar.
Dorixona o‘zining mayda xo‘jalik hisoblari uchun mo‘ljallangan, me’yordan ortiq naqd pul mablag‘larini bank tomonidan belgilangan tartib va muddatlarda mol aylanmasi bo‘yicha maxsus hisob raqamiga yoki hisob raqamiga topshirishi kerak.
Dorixonada kassa jarayonlarini olib borish kassirga (g‘aznachi yoki buyruq bilan boshqa shaxsga) yuklatiladi, uning lavozimi dorixona xodimlari ro‘yxatiga kiritiladi. Ishga qabul qilish vaqtida kassir bilan “To‘liq moddiy javobgarlik” haqida shartnoma tuziladi va uni lavozim yo‘riqnomasi bilan tanishtiriladi. Kassa jarayonlarini olib borish qoidalariga ko‘ra, kassirga kassada dorixonaga tegishli bo‘lmagan pullarni saqlash man etiladi. Naqd pullarning xarakatining xisobini kirim (aholidan, yuqori tashkilotlardan, dorixona savdo shahobchalari, alohida shaxslardan va boshqa) va chiqim (bankka topshirish, ish haqi to‘lash, mehnat safari va boshqa) ga bo‘lish mumkin.

Download 82.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling