2.3.Dorixona kassasida naqd pullar harakati.
Dorixona muassasalari kassada belgilangan miqdorini ortiq naqd pulni faqatgina ish haqi berish, vaqtincha ish qobiliyatini yo‘qotganligiga nafaqa, pensiya, mukofot berish uchun saqlash huquqiga egadir. Inkasatorning dorixonaga kelish vaqti, kassada yirik pul mablag‘larini qoldirmaslik maqsadida, mumkin qadar uning yopilishiga moslashtiriladi. Dorixona savdo pulini topshirishda “Kuzatuv qaydnomasi” to‘lg‘azadi. Birinchi nusxa xaltaga, ikkinchisi inkasator qo‘liga va uchinchi nusxa dorixonada qoladi.
Savdo puli bilan xalta belgilangan vaqtga tayyorlab qo‘yilishi lozim. Unda, aniq va ravon bosilgan dorixonaning tamg‘asi (plomba) bo‘lishi kerak.
Kassir inkasatordan quyidagi xujjatlarni talab qilishi lozim:
1. Shaxsiyatini tasdiqlovchi xujjat hujjat – guvohnoma;
2. Savdo pulini qabul qilishga huquqi borligiga xujjat – guvohnoma;
3. Kelganligi haqida kartochka;
4. Dorixonaga biriktirilgan bo‘sh xalta.
O‘z navbatida u inkasatorga bank tasdiq qilgan tamg‘aning nusxasini ko‘rsatish lozim. Kassirlar ish vaqti – sxemasi almashganda tamg‘aning nusxasi qabul qiluvchi kassirga til xat orqali topshirishi kerak. Kelganligi haqidagi kartochkada, savdo pulini topshiruvchi shaxs siyoh bilan aniq va tushunarli qilib, inkasatorni kelgan aniq vaqti, savdo puli solingan inkasator summasi nomeri, bo‘sh kelgan xalta nomeri va o‘zining imzosini qo‘yadi. Agarda xalta belgilangan vaqtga tayyorlanmagan bo‘lsa yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan bo‘lsa inkasator uni qabul qilmasligiga haqi bor. Kelganligi haqidagi kartochkada kassir inkasatorni kelgan vaqtini, savdo pulini topshirmagan sababini ko‘rsatish lozim va imzo chekishi kerak. U vaqtda dorixona mudiri yoki muovini shu kunning o‘zida bankning kechki bo‘limiga savdo pulini topshirishi kerak.
Naqd pul hisobot berish sharti bilan dorixona rahbari ko‘rgazmasiga asosan kassir chiqim kassa orderi orqali beradi.
Kassadan pul quyidagi maqsadlarga berilishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |