- xo‘jalik harajatlari uchun ikki kunlik ehtiyojdan oshmaslik va uch kun muddatgacha beriladi. Masalan, dorivor o‘simliklar xom ashyosini sotib olish, aholidan foydalanilgan shisha idishlarni sotib olish va h.k.
Naqd pullar kassadan kassa chiqim orderlari yoki kassa chiqim orderlarining o‘rnini bosadigan, maxsus shtamp bilan bosilgan boshqa xujjatlar (to‘lov qaydnomalari, pul berish uchun ariza, hisob varaqlar va hokazo) asosida beriladi. Aholidan qabul qilingan idishlar maxsus qaydnomada rasmiylishtiriladi. U xar kuni 2 – nusxada to‘lg‘aziladi. Birinchi nusxasi moddiy javobgar shaxsga beriladi, ikkinchisi qabul qiluvchida qoladi.
Mayda bajarilgan ish uchun to‘lanadigan haqga qaydnoma to‘lg‘azilmaydi, tuzilgan schetni o‘zi kassa chiqim orderi hisoblanadi. Kassa chiqim shuningdek, vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotmaganligiga berilgan nafaqa ham kiradi. Hamma kassa kirim va chiqim orderlari ular bilan to‘plangan yoki olingandan so‘ng bir zumda kassir tomonidan imzolanadi, ularga ilova qilingan xujjatlar imzo yoki tamg‘a orqali “olindi”, “to‘landi” so‘zlar bilan kuchini yo‘qotiladi va kuni ko‘rsatiladi.
Har bir order yoki uning o‘rnini bosu vchi hujjat bo‘yicha pul olinganidan yoki berilganidan so‘ng kassir darhol kassa bo‘yicha naqd pullar haraktini hisobga olish uchun mo‘ljallangan KO-4 shaklli kassa daftariga buni qayd qiladi.
Kassa muomalalarini olib borish tartibida kassani to‘satdan inventarizatsiya qilish ko‘zda tutilgan.
Kassa har oyda taftish qilinadi. Sintetik hisob bo‘yicha talqin qilish: naqd pul xarakati aktiv schet – 50 “Kassa” hisobga olinadi. Uning “Debet” qismida kelib tushgan, ”kredit” qismida esa sarflangan naqd pul ifodolanadi. 50 – schotidagi kreditni muomalasi jurnal - orderda ifodalanadi. Ushbu schotning debeti bo‘yicha muomalasi (oboroti). Xar xil jurnal orderlarda ifodalanadi, bundan tashqari u, qaydnoma bo‘yicha ham nazorat qilinadi.
Jurnal orderi mart 2023 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |