Farmatsevtika ishini tashkil qilish, Farmasevtika iqtisodiyoti va farmatsevtikada boshqaruv fanlaridan Davlat atestatsiyasi uchun savollar


Dorixonada kassa jarayonlarining hisobi


Download 67.29 Kb.
bet3/31
Sana21.06.2023
Hajmi67.29 Kb.
#1645797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
GOST fitq

Dorixonada kassa jarayonlarining hisobi.

-0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Yuridik shaxslar tomonidan kassa jarayonlarini olib borish” haqidagi nizomiga muvofiq, barcha dorixona muassasalari pul mablaglarini bankdagi hisob raqamida saqlashlari kerak. Kredit tashkilotlaridan olinayotgan naqd pullar dorixona tomonidan qat’iy belgilangan maqsadda ishlatilishi lozim. Dorixonalar o‘z kassalarida belgilangan miqdorda naqd pul saqlashlari mumkin va yuqori tashkilotlar bilan kelishilgan holda, Markaziy bank tomonidan har yili belgilangan me’yorlar chegarasida pul tushumining bir qismini ishlatishlari mumkin. Dorixonalarda pul tushumidan naqd pullar belgilangan me’yorlardan tashqari quyidagi maqsadlarga xarajat qilinishi mumkin: — tasdiqlangan ish haqi fondi doirasida — ishchilarga ish haqini bcrishga; — dorixona bo'yicha tasdiqlangan rejaga asosan aholidan xili va miqdori bo‘yicha qabul qilinadigan dorivor o'simlik xom ashyosini sotib olishga; — aholidan dorixonaga idishlar sotib olish va boshqalarga. Kassadagi qoldiq me’yori har bir dorixona bo'yicha alohida, yuqori tashkilot tomonidan taqdim etilgan hisob bo‘yicha, bank tomonidan belgilanadi.To‘langan ish haqi, mukofot puli, stipendiyalar, nafaqalar, sotib olingan idishlar va dorivor o'simliklar xomashyosi bu hisobga qo‘shilmaydi. Mehnat safari va boshqa xo‘jalik xarajatlari uchun pul mablag‘larini yuqori tashkilot dorixona uchun belgilangan me’yorlar miqdorida beradi. Dorixona o'zining mayda xo‘jalik hisoblari uchun mo'ljallangan, me’yordan ortiq naqd pul mablag‘larini bank tomonidan belgilangan tartib va muddatlarda savdo hajmi bo‘yicha maxsus hisob raqami yoki hisob raqamiga topshirishi kerak. Dorixonada kassa jarayonlarini olib borish kassirga yuklatiladi, uning lavozimi dorixona xodimlari ro‘yxatiga kiritiiadi. Ishga qabul qilish vaqtida kassirbilan “To‘liq moddiy javobgarlik” haqida shartnoma tuziladi va uni lavozim yo‘riqnomasi bilan tanishtiriladi. Kassa jarayonlarini olib borish qoidalariga ko‘ra, kassirga kassada dorixonaga tegishli bo‘lmagan pullarni saqlash man etiladi.


  1. Download 67.29 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling