Farmatsevtika ishini tashkil qilish, Farmasevtika iqtisodiyoti va farmatsevtikada boshqaruv fanlaridan Davlat atestatsiyasi uchun savollar


O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyatining litsenziyalanadigan turlari


Download 67.29 Kb.
bet7/31
Sana21.06.2023
Hajmi67.29 Kb.
#1645797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
Bog'liq
GOST fitq

O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyatining litsenziyalanadigan turlari.

Mazkur Nizomga muvofiq litsenziyalanadigan farmatsevtika faoliyati faoliyatning quyidagi turlarini o‘z ichiga oladi:
a) dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish;
b) dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari tayyorlash;
v) dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari;
g) dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari sifatini nazorat qilish;
d) dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish;
e) dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji sotish;
j) dorivor o‘simliklar, hayvonot va mineral asosga ega bo‘lgan xomashyoni etishtirish, yig‘ish, tayyorlash, qadoqlash va ulgurji sotish.

  1. Qalbakilashtirilgan dori vositalari tasniflanishi.

- O'zbekiston Respublikasiga kirib kelgan va sotilgan qalbaki dori 
vositalari ishlab chiqarilish sharoitlariga ko‘ra 6 guruhga bo`linadi:
Birinchi guruh - ta’sir qiluvchi moddasi umuman bo‘lmagan dori 
vositalari. Bunday dori vositalarini “platsebo” (bo‘sh vositalar) deb ataladi. 
Bu dori vositalarini ishlab chiqarishda, odatda, oddiy neytral komponentlar 
(talk, ohak, bo‘r va h.k.) hamda tabiiy bo‘yoqlar (lavlagi, sabzi va 
boshqalar) qo‘llanadi. Bunday qalbakilashtirish turi kam uchraydi va 
qalbaki vosita originaldan oson farqlanadi. Bu dori vositalari nisbatan 
xavfsiz bo‘lsada, lekin davolanish jarayonida samara bermaydi. Bu usul 
bilan, asosan, tabletka hamda surtma dori va gellar qalbakilashtiriladi.
Ikkinchi guruh - bu guruh vositalari tarkibiga asosiy ta’sir qiluvchi 
modda o ‘rniga boshqa unga o'xshash ingredientlar kiradi, ya’ni asosiy 
ta’sir qiluvchi modda o'rniga arzonroq, ammo samarasizroq modda kiradi. 
Ko’pincha arzonroq dori vositasining yorliqlanishi qimmatbaho vositaning 
yorliqlanishiga almashtiriladi. Masalan: oddiy fiziologik eritma flakoniga 
samarali og‘riq qoldiruvchi yoki onkologik vositalarning yorliqlari 
yopishtiriladi. Bunday guruh dorilar xavfli bo‘lib, kutilayotgan terapevtik 
ta’sirni ko‘rsatmaydi.
Uchinchi guruh - bu guruh vositalari yorlig‘ida ko‘rsatilgan asosiy 
ta’sir qiluvchi moddadan olinishi bo‘yicha farqlanadigan modda saqlaydi. 
Tekshirish natijasida dori vositasining tarkibi mos keladi. Ammo baribir vosita qalbaki boladi. Masalan: Bayer (Germaniya) konsernining aspirin 
qutichasiga mahalliy ishlab chiqarilgan atsetil salitsil kislotasi solingan 
bo'ladi. Bu guruh dorilari bemorga katta ziyon keltirmaydi, ammo ko‘p 
hollarda qollanayotgan vositaning terapevtik ta’siri past boiadi.

Download 67.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling