Farmatsevtika menejmenti
Download 1.37 Mb.
|
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI
Konfrontatsiya singari hamkorlik ham, nizoni ishtirokchilari tomonidan o‘zlarining manfaatlarini maksimal amalga oshirishlariga qaratilgan bo‘ladi, ammo u nizodagi barcha tomonlarning niyatlariga javob beradigan yechimni individual tarzda emas, balki birgalikda izlashdan iboratdir. Muammo nizodagi tomonlarning har biri uchun birdek muhim bo‘lganda; hamma uchun muhim bo‘lgan muammoni o‘zaro manfaatli hal qilinishiga nisbatan tomonlar to‘liq kelishuvga erishishni xohlaganda; nizoga jalb qilingan tomonlar, bir-biriga ishonib, sherik sifatida ish tutganda hamkorlik qilish imkoni paydo bo‘ladi.
Kelishuv o‘rtadagi o‘rinni egallaydi va nizoning ishtirokchilari o‘zaro murosaga kelish, o‘z manfaatlarini qisman qoniqtirish asosida kelishmovchiliklarni tartibga solishga moyilligini bildiradi. U bir xilda ham aktiv ham passiv harakatlarni ko‘zda tutadi. Nizoning subyektlari uning sabablari va rivojlanishi yuzaga kelayotgan vaziyat haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lib, nizodagi tomonlar munosabatlarining buzilishini xohlamasalar, o‘zining boshqacha tutish usullari samara bermasa kelishuv varianti tanlanadi. Nizolarning oqibatlari ikki turga bo‘linadi: funksional — nizoning ishtirokchilari tomonidan muammoning hal qilinishiga o‘zining aloqadorligini his etishi natijasida qiyinchiliklarning kamayishida; munosabatlardagi keskinlikni yumshatish hisobiga keyingi hamkorlik qilishga bo‘lgan moyillikda, muammoni hal qilishning muqobil yechim variantlari ko‘lamining kengayishida; qarorni qabul qilishdan oldin muammoni hal qilish variantlarini ishlab chiqishda; muammoni hal qilish variantlarini izlash ustida yanada chuqurroq ishlashda namoyon bo‘ladi; disfunksional — odamning qoniqmasligi, ruhi tushib ketishi, kadrlar qo‘nimsizligi va mehnat unumdorligining pasayishiga sabab bo‘ladi. Tayanch iboralar Kadrlar, mehnat jamoasi, birdamlik, barqarorlik, etika, deontologiya, guruh, ijtimoiy-psixologik muhit, sotsiometriya, ijtimoiy madaniyat, nafaqa, lavozim, funksional-lavozim yo‘riqnomasi, huquqlar, rahbarlik, konseptual, avtoritar, demokratik, liberal, hayotiy sikl, yetuklik, nizo, to‘qnashuv, konfrontatsiya. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling