Farmatsevtika menejmenti


Download 1.37 Mb.
bet112/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI

I bosqich. Relevant (faqat hal qilinayotgan muammoga taalluqli bo‘lgan) axborotni tanlab olish bilan tugallanadi. Bundan tashqari, zarurat yuzaga kelganda, axborotdagi xatolar yoki noto‘g‘ri axborot yo‘qotiladi.
II bosqichda. Ketma-ket aniq harakatlar amalga oshiriladi. Muammoni hal qilishni muqobil yechimlarning to‘liq ro‘yxatini ishlab chiqish uchun turli (namunaviy, standart, original) usullardan foydalanish mumkin:
o‘xshashlik uslubi — bilimlarning boshqa sohalaridagi yoki oldingi tajribadagi o‘xshash vaziyatlardan foydalanish;
inversiya uslubi — psixologik inersiyani yengib o‘tish va muammoga yangi nuqtayi nazardan yondoshish;
„aqliy hujum“ uslubi — g‘oyalarni tanqidsiz va muhokamasiz erkin bayon qilish;
empatiya uslubi — muammoni kimningdir nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqish;
morfologik tahlil — funksional yo‘nalishlarni ajratib olish, ular bo‘yicha g‘oyalar va muammoni hal etish usullarini shakl­lantirish;
soddalashtirish — ahamiyatsiz omillarga e’tibor bermay, belgilovchi omillarni ajratib olish;
tasniflash — muammoni (vaziyatni) namunaviy guruhga kiritish;
tuzulmalashtirish — qismlarga bo‘lish, muammoni to‘la ochib ko‘rsatmoq;
kundaliklar uslubi — barvaqt takliflar tayyorlash va ularni oldindan tahlil qilish;
induksiya — ayrim omillardan umumiy fikrgacha xulosa chiqarish;
deduksiya — umumiy qonuniyatlardan xususiy natijagacha mantiq qoidalari bo‘yicha xulosa;
qarorlarni qabul qilish „daraxti“ — ketma-ketligi va muqo­bil variantlarini hisobga olib qilinishi mumkin bo‘lgan hara­kat­ larni ta’riflash.
III bosqichda. Muqobil yechimlarning to‘liq ro‘yxatidan, cheklanishlar va bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni e’tiborga olib, muammoni hal qilishning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan yechimlari tanlab olinadi. Bunda yuridik, resurslar, normativ, reja, direktiv, ijtimoiy, ma’naviy-etik, ekologik va boshqa cheklanishlar saralash to‘siqlari sifatida xizmat qilishi mumkin. Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan muqobil variantlar ro‘yxatini tanlashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
1) har bir variant bo‘yicha bo‘lishi mumkin bo‘lgan natija­larning ro‘yxati tuzib chiqiladi;
2) u yoki bu variantni olish imkoniyati baholanadi;
3) har bir variant bo‘yicha kutilayotgan natijalar va unga tegishli imkoniyatlar taqqoslaniladi.
Qabul qilinayotgan boshqaruv qarorining tarkibida tavakkal­chilik elementi bo‘ladi, shuning uchun yo‘l qo‘yiladigan tavakkal­chilikning tahlili o‘tkazilishi zarur.
Agar muammoni hal qilish yechimining yuqori samaradorligi kutilayotgan bo‘lsa va vaziyatni to‘g‘ri baholanganligiga ishonch hosil bo‘lgan bo‘lsa, tavakkalchilik o‘zini oqlagan bo‘ladi. Agar vaziyatni to‘g‘ri anglab yetish darajasi past bo‘lsa, tavakkalchilikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Ushbu uslublarga asoslangan holda rahbar, muammoning eng amaliy, maqbul oqibatli, tavakkalchiligi kam bo‘lgan yechimini tanlab oladi. Тavakkalchilikning darajasi vaziyatning noaniqlik darajasiga bog‘liqdir. Noaniqlik sharoitlarida eng oqilona yechimni tanlash noaniqlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi va u quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1) u yoki bu hodisaning bo‘lish ehtimoli ma’lum; yutuqlar eng ko‘p bo‘ladigan variant tanlanadi;
2) hodisalarning bo‘lish ehtimoli noma’lum, ammo ularning yuzaga kelish imkoniyatlari haqida nisbiy taxminlar mavjud, ehtimollik darajasi eng yuqori bo‘lgan variant tanlanadi va hodisalarning ehtimollik darajasi bir xil bo‘lganda shijoatli qaror qabul qilinadi;
3) ehtimollik noma’lum, lekin harakat natijasini baholashga yondoshuv tanlangan:
yomonini mo‘ljalla (Valdning maksimal mezoni) — eng yuqori ehtiyotkorlik;
yaxshisini mo‘ljalla (Sevidjning minimal mezoni) — katta tavakkalchilikni minimallashtirish;
oldingi ikkitaning o‘rtasini mo‘ljalla (Gurvisning optimizm - pessimiz mezoni) — murosa;
o‘ta optimizm mezoni (Laplasning mezoni — „yaxshisini mo‘l­jalga ol“) — omadga ishon.
Boshqaruv fanining maqsadi noaniqlik vaziyatlarida qaror­larni qabul qilish (tavakkalchilik) bilan bog‘liq bo‘lgan o‘rga­nish jarayonlarni soddalashtirish, yengillashtirishga qara­tilgan. U to‘plangan tajribani aniq qayd etish, tahlil qilishni taklif qiladi, qarorlarni qabul qilish masalalarini muntazam o‘rganib chiqish imkonini beradigan matematik modellarni ishlab chiqadi.
Yo‘riqnomalar, standartlar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlar ko‘rinishidagi standart, stereotip (dasturlangan) qaror­lar to‘plamidan foydalanib rahbar boshqaruv qarorining oxirgi tanlovini va uning tasdiqlanishini o‘tkazadi.
Bajarilish ehtimoli eng katta bo‘lganda, mezonlari maksimal/minimal qiymatlarni qabul qilsa, bunday qaror eng oqilona qaror deb hisoblanadi. U ko‘pchilik talablarga javob berib, deyarli salbiy oqibatlarga olib kelmaydi, maqsadga esa eng kam xarajatlar bilan erishiladi. Demak, to‘g‘ri qarorlar ko‘p bo‘lishi mumkin, eng oqilona qaror esa, odatda, yakkayu-yagona bo‘ladi.
Qarorni tanlash turli usullar bilan amalga oshiriladi. Ular ham evristik, ham iqtisodiy-matematik bo‘lishi mumkin, ularning tanlovi qo‘yilgan vazifalarning mohiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Birinchi guruh tarkibiga quyidagilar kiradi:
„torayuvchi doira“ uslubi;
indifferent yondoshuv;
sinov va xatolar uslubi;
ekspert baholari — Delfi uslubi.
„Torayuvchi doira“ uslubi qarorlarni turli variantlarining afzalligi bo‘yicha mantiqiy, intuitiv baholanishini ifodalaydi. Uning davomida kam samaralilari chetga chiqarilib, eng yaxshilari tanlab olinadi. Uni tatbiq etish doirasi — tez qaror qabul qilinishini talab etuvchi joriy operativ faoliyat.
Indifferent yondoshuv variantlarining farqlanishi deyarli katta bo‘lmagan, kam ahamiyatli stereotip masalalarni hal etishda qo‘llaniladi. Har bir variantning hamma jihatlarini baholashga ko‘p vaqt sarflamaslik uchun rahbar o‘z shijoati bilan qaror qabul qiladi.
Sinov va xatolar uslubi dastlab sinov qarorini qabul qilishdan iborat bo‘ladi. So‘ngra erishilgan natijalar tahlil qilinib, mazkur masala bo‘yicha yangi qaror ishlab chiqiladi. Bu manevrlardan foydalanish va noaniq vaziyatlarda tavakkalchilik qilmaslik imkonini beradi.
Boshqaruv qarorlarining variantlarini tanlash, shuningdek ekspert baholari uslubi bilan ham amalga oshiriladi. Bunda ekspert baholarining ikki guruhidan — individual va guruhli ekspert baholaridan foydalanilishi mumkin.
Muqobil variantlarni baholash quyidagicha amalga oshiriladi:
muayyan tartibga solmoq — ma’lum mezon bo‘yicha tartibga solish;
balli baholash — har bir obyektga ishlab chiqilgan alomat bo‘yicha bal bermoq;
bevosita miqdoriy baholash — obyektlarga tanlangan alomat bo‘yicha absolut qiymat bermoq.
Usulublarining ikkinchi guruhini iqtisodiy tahlil, iqtsodiy-matematik modellashtirish uslubulari tashkil etadi, bu hollarda EHMlarning qo‘llanishi qarorning asoslanganligi va sifatini orttiradi. Hozirgi vaqtda jamoa qarorlarini tanlashda imitatsion modellashtirish va ishbilarmonlik o‘yinlari tobora keng avj olmoqda. Imitatsion modellashtirish — tekshirilayotgan tizimning modelini yasash va tizimning o‘zini qanday tutishini o‘rganib chiqish va qaror ishlab chiqish uchun shu modeldan foydalangan holda eksperiment o‘tkazishdir. Ishbilarmonlik o‘yinlari vaziyatni modellashtirish va jamo qarorini qabul qilish imkonini beradi.
Qarorlarning sifati, foydalanish uchun maqbulligi, kutilmagan qiyinchiliklar yuzaga kelganda amalga oshirish imkoni, qoniqish, davomiylik (qarorlarni qabul qilish va ularni bajarish muddatlari), orttiriladigan tajriba, talablarning qarorlarga mos kelishi va boshqa­lar qarorni baholashning mezonlari bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling