Farmatsevtika menejmenti


Qarorlarni qabul qilish jarayoni


Download 1.37 Mb.
bet109/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI

17.3. Qarorlarni qabul qilish jarayoni


17.3.1. Jarayonning umumiy tavsifi

Agar muammo murakkab bo‘lmasa hamda vaziyat omillari ravshan va boshqariladigan bo‘lsa, qarorlarni qabul qilish jarayoni yetarli darajada sodda va tez bo‘lishi mumkin. Nisbatan murakkab bo‘lmagan muammolarni hal etishda, buning uchun yetarli tajribaga ega bo‘lgan holda intuitiv yondoshuvdan foydalanish mumkin. Ushbu holda vaziyat „intellektual anglab yetiladigan“ deb, ya’ni soddalashtirilgan ko‘rinishda ko‘rib chiqiladi. Bunday soddalashtirish uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:


„empirik qoida“ga murojaat, bunda sinchiklab tahlil qilish o‘rniga soddalashtirish shartlari qo‘llaniladi;
muhim bo‘lmagan kattaliklarga ahamiyat bermaslik;
rejalashtirishning eng yaqin kelajak doirasiga moslashish (uzoq kelajakdagi oqibatlarni e’tiborga olmasdan).
Amaliyotning ko‘rsatishicha, ko‘pincha, yirik bo‘lmagan farmat­sevtika tashkilotlarining rahbarlari qarorlarni intuitsiya va to‘plangan tajribasi asosida (ya’ni qoloq usulda) qabul qiladilar.
Hozirgi zamon sharoitlarida ilmiy uslublarning joriy etilishi qarorlarning shakllantirilishiga yordam beradi. Odatda, qarorlar ilmiy yondoshuv va ijod elementlarini o‘zida uyg‘unlashtiradi.
Shaxsiy subyektiv tajriba hamda tashkilotning turli xil ma’lumotnomaviy-axborot jamg‘armalarida va hujjatlarida to‘plangan obyektiv ma’lumotlarga asosan rahbar bo‘lg‘usi qarorning birinchi konsepsiyasini shakllantiradi. Shundan so‘ng yuzaga kelgan ishlab chiqarish vaziyatini anglab yetish ro‘y beradi. Solishtirish asosida, ushbu vaziyat ma’lum qaror namunalari qabul qilingan vaziyatlarga o‘xshashligi yoki u yangi vaziyat bo‘lganligi haqida xulosa chiqariladi.
Agar vaziyat oydinligi va noaniqlik bo‘lmaganligi bilan farqlanib, standart vaziyat bo‘lsa, kechiktirmasdan boshqa vaziyatlarga o‘xshashlik bo‘yicha harakat qilish mumkin. Ma’lum davriylik bilan takrorlanadigan vaziyatlar uchun rahbar qarorni dasturlashtirishi, ya’ni harakatlarning kerakli ketma-ketligini ishlab chiqishi (masalan, ishlash jadvalini tuzish) maqsadga muvofiqdir. Dasturlashtirish, tegishli vaziyat vujudga kelganda yangi muolajani ishlab chiqish zarurati bo‘lmaganligi sababli xato qilish ehtimolini kamaytiradi, vaqtni tejaydi. Yangi, noma’lum omillar bilan bog‘liq vaziyatlarda dasturlashtirilmagan qarorlar talab qilinadi. Ilmiy uslublar va modellarga asoslangan zarur harakatlarning aniq ketma-ketligini oldindan tuzish mumkin bo‘lmaganligi dasturlashtirilmagan qarorlarni ko‘proq samaradorlik bilan qabul qilish imkonini beradi.
Ko‘pgina muammoli vaziyatlar qarorlarni qabul qilish jarayonining, uni bosqichma-bosqich amalga oshirish imkonini beruvchi, tuzulmalashtirilishini taqozo etadi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan boshqaruv qarorlarining turli-tumanligi, ularning tavsiflari farqlanishga qaramay, ularning hammasi umumiy — ularni qabul qilish jarayonining ketma-ketligiga egadir. Qarorlarni qabul qilishning eng oddiy sxemasida, jarayon bir bosqichdan ikkinchisiga ketma-ket o‘tilishidan iborat bo‘lishi nazarda tutiladi: muammo ma’lum bo‘lib, unga sabab bo‘luvchi sharoitlar va omillar aniqlanganidan so‘ng, uni hal qilish yechimlarining bir nechta varianti ishlab chiqiladi va ichidan eng yaxshisi tanlab olinadi. Ishlab chiqiladigan va ko‘rib chi­qiladigan variantlarning soni, avvalo, ularni ishlab chiquv­chilarning ixtiyoridagi mavjud vaqt, resurslar va axborotga bog‘liq bo‘ladi.
Yechimning tanlanishiga, faqat tahlil qilingan axborot emas, balki menejerning o‘zining rahbarlik qilish tajribasi va kasbiy bilimlari bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy nuqtayi nazari ham ta’sir etadi.
Ko‘pgina hollarda murakkab vaziyatlar malakali mutaxassislar­ning jalb qilinishini taqozo etadi, chunki ular bilan birgalikdagi faoliyat eng samarali yechim ishlab chiqilishiga yordam beradi.
Demak, yechim — bu bir qator alohida ishlar va muolajalardan tarkib topgan qandaydir jarayon. Raqobatlashadigan muqobil variantlar ichidan bittasini tanlab olish bo‘yicha qat’iy usul bo‘lmaganda, shijoatli tanlov hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Yechimning keyingi komponenti — harakatni xayolan baja­rish, ya’ni uni modellashtirishdan iborat bo‘ladi. So‘ngra „ma’qul“ yoki „ma’qul emas“ dalillarini xayolan tanlash amalga oshiriladi. Bu bosqichda shijoatli aralashuv ko‘zda tutilmaydi, o‘qish va tajriba asosida ishlab chiqilgan mezonlardan foydalaniladi. Biroq, ahamiyati va muhimligi bo‘yicha aniq mezonlarning bo‘lmasligi mumkinligi sababli, yakuniy tanlovda shijoatli tanlov omili hal qiluvchi bo‘lib qoladi.
Qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayoni qanday: yakkaboshchilik, kollegial yoki jamoa shaklidan foydalanganligiga qarab rahbar tomonidan shaxsan yoki mutaxassislarni jalb qilgan holda bajariladigan bir qator ketma-ket operatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Individual yoki jamoa tartibida qabul qilingan qarorlar solishtirish, bu shakllarning har biri o‘z afzalliklari va kamchilik­lariga ega ekanligini ko‘rsatadi. Jamoa tomonidan qabul qilingan qaror subyektivlik ulushi, javobgarlik ulushini kamaytiradi, ko‘proq muqobil variantlarni aniqlash, ko‘p sonli variantlarni har tomon­lama baholash va ularning ichidan eng yaxshilarini tanlab, qolganlarini chetga chiqarish imkonini beradi. Bunday qarorning kamchiligi — bu uning tezkorligi nisbatan pastligidadir, chunki uning ustida ishlash kattagina sarf-xarajatlarni talab qiladi. Jamoa qarori butun guruhning nuqtayi nazarini ifodalaydi.
Menejment jarayoni qo‘yilgan maqsadga mavjud mablag‘lar bilan samarali erishish uchun zarur bo‘lgan va yetarli darajadagi qarorlarni hamda chora-tadbirlarni tayyorlash, qabul qilish va ularni amalga oshirish ketma-ketligini o‘z ichiga oladi.
Ushbu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
faoliyatning vazifalari haqida axborotni to‘plash (maqsadni belgilab olish uchun);
„qaytar aloqa“ signalini olish (boshqaruv obyektining boshqaruv ta’siriga javoban ta’siri haqidagi axborot);
boshqaruv natijalari haqidagi axborotni tahlil qilish (obyekt holatining rejalashtirilgan holatga yaqinlashishi darajasi);
kerakli boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish;
qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish va ularga kerakli tuzatishlarni kiritish.
Mazkur parametrlar farmatsevtika tashkilotining menejmentiga va uning „tashqi“ ishbilarmon muhit (tashkilotlar, alohida shaxslar) bilan o‘zaro munosabatlari tizimiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi.



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling