Farmatsevtika menejmenti
Ishlab chiqilishi usuli bo‘yicha turlanadigan qarorlarning tavsifi
Download 1.37 Mb.
|
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI
Ishlab chiqilishi usuli bo‘yicha turlanadigan qarorlarning tavsifi
Intuitiv qaror ko‘p jihatdan rahbariyatning o‘zini sezgisi va ko‘p yillik tajribasiga asoslanadi; moslashuvchan qarorlar intuitiv qarorlarga o‘xshash bo‘lib, biroq ular chuqur kasbiy bilimlar bo‘lishi va vaziyatning anglab yetilishini ko‘zda tutadi; oqilona qarorlar muammolarni chuqur va obyektiv tahlil etish asosida qabul qilinadi. Boshqaruvning har bir pog‘onasida rahbar tomonidan uning vakolatlari, maqsadlari va funksiyalariga muvofiq bo‘lgan qarorlar qabul qilinishi lozim. Faoliyatning darajasi, hajmi va xususiyatlariga qarab boshqaruv qarorlari mazmuni va tavsifi bo‘yicha farqlanadi. Boshqaruv pog‘onasi oshgani sari strategik qarorlarning ulushi ortib, operativ qarorlarning ulushi kamayadi. Qaror qaysi darajada qabul qilinishidan qat’iy nazar, u o‘zining sifatini belgilab beruvchi xususiyatlar to‘plamiga ega bo‘lishi kerak: 1) aniqlik, ya’ni qat’iy maqsadli yo‘nalganlik, uning yordamida bajarilishini nazorat qilish mumkin bo‘lgan aniq masalani hal etish imkoniyati (nimani, kim, qachon qilishi lozim); 2) vakolatliylik va qonuniylik: qarorlar rahbarga berilgan huquqlar doirasida qabul qilinadi; ular amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishi kerak; 3) muddatlik, bu qarorning qabul qilinish vaqti muammo rivojining tegishli bosqichiga muvofiq bo‘lishini, qo‘yilgan maqsadga o‘z vaqtida erishilishini anglatadi. Qaror qabul qilinishida kechikish yoki shoshilish mumkin emas. Qaror obyektning holatini, zamon talablarini va aniq sharoitlarni hisobga olgan holda qabul qilinishi kerak; 4) asoslanganlik, qarorlar ilmiy asosda to‘liq va haqqoniy axborotdan foydalangan holda qabul qilinadi; 5) samaradorlik va tejamkorlik, bu eng kam xarajatlar bilan qo‘yilgan maqsadlarga erishilishini ta’minlaydi; 6) zidmaslik, yuqori tashkilotlarning qarorlari, avval qabul qilingan qarorlar va normativ hujjatlar bilan kelishilganligi; 7) shakli bo‘yicha soddalik va aniqlik, ta’riflarning lo‘ndaligi, oydinligi va aniqligi, qarama-qarshi izohlarni istisno etishi; 8) maqbullik; 9) ishonchliylik, qarorlarning, hatto vaziyat o‘zgargan taqdirda ham, ularni uzoq vaqt davomida amal qilishi ta’minlanishi lozim; 10) haqiqatan amalga oshirilishi, aniq imkoniyatlarni, mavjud resurslarni va ulardan foydalanishning amaldagi sharoitlarni hisobga olinishi; 11) egiluvchanlik, harakatchanlik, qarorning ifodasida ijodiy faollik, tashabbus uchun imkoniyat ko‘zda tutilishi kerak. Umumiy talablardan tashqari, amaldagi omillar va maxsus, aniq vaziyatdan kelib chiqqan xususiy talablar ham bo‘lishi mumkin. Rejaning tangligi, mehnatning sermashaqqatligi, qiymat va hokazolar shular jumlasidandir. Talablarga qat’iy rioya etilishi qo‘yilgan maqsadlarga muvofiq bo‘lgan yuqori sifatli amaliy qarorlar qabul qilinishiga zamin yaratadi. Bir qator qarorlarni mensimaslik oqibatida bajarish imkoni bo‘lmagan va samarasiz qarorlar qabul qilinishi mumkin. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling