Farmatsevtika menejmenti


Kommunikatsiyalarning turlari


Download 1.37 Mb.
bet116/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI

18.2. Kommunikatsiyalarning turlari

Farmatsevtika tashkilotining ichida ikki turdagi kommunika­t­­siyalar mavjud bo‘ladi:


pog‘onalararo (axborotni iyerarxiya pog‘onalari bo‘ylab tepaga va pastga o‘tishi);
gorizontal (bitta pog‘onadagi bo‘linmalar va xodimlar o‘rta­sida).
Odatda, kommunikatsiyalarning gorizontal oqimlarini samara­dorligi 90 foizgacha yetadi, buni bitta pog‘onada ishlayotgan odamlarning o‘zaro bir-birini tushunishi, bir-birining muammo­larini bilishi bilan izohlanadi. Bu kelib tushgan axborot mazmunini ishning aniq uchastkalariga tez va aniq moslashtirish imkonini beradi.
Vertikal kommunikatsiyaning samaradorligi bundan kamroq. Тadqiqotlarning ko‘rsatishicha, yuqori boshqaruv bo‘g‘inidan chiqadigan axborotning atigi 20—25 foizi aniq ijrochilariga yetib boradi va ular tomonidan to‘g‘ri tushuniladi. Ko‘pincha rahbarning o‘rinbosarlari axborotni yo‘qotib, ijrochilar tomonidan yuborilgan axborot ma’lumotlarining 10 foizdan ko‘p bo‘lmagan qismi rahbarga yetib boradi.
Axborotni uzatish usuliga qarab kommunikatsiyalar og‘zaki va yozma kommunikatsiyalarga bo‘linadi. Og‘zaki kommunikat­siyalar ish bo‘yicha suhbatlar, kengashlar, majlislar, kon­fe­rensiyalar, telefon muloqotlari yo‘li bilan amalga oshiriladi. Og‘zaki boshqaruv kommunikatsiyalarining asosiy tamoyillariga qu­yidagilar kiritiladi:
muhokama etilayotgan mavzu bo‘yicha qisqacha bayon;
tushunilishi qiyin bo‘lgan axborotni umumlashtirishlar, takrorlanishlar, o‘xshatishlar, ma’lum holatlar bilan „to‘ldi­ rilishi“;
muammoni aniq bilish, uning yechimini zaruriy asoslash, suh­batdoshni muammoni birgalikda hal etishga tayyorlash;
muomalaning faol harakatlarga undovchi ochiq, kons­-
tru­ k­tiv-tanqidiy muhitini yaratish.
Yozma kommunikatsiyalar tashkiliy texnikadan (faks, elektron pochta) va pochta xizmatidan foydalangan holda ish yozishmalari orqali amalga oshiriladi.



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling