Farmatsevtika menejmenti


Download 1.37 Mb.
bet119/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI

18.2.2. Ish kengashi


Ish kengashi — bu rahbarning jamoa bilan fikr almashinuvi asosida tashkillashtirilgan maqsadli o‘zaro muloqotining (muo­malasi)ning shakli.
Suhbatdan farqli o‘laroq ish kengashi umumjamoa axborot almashinuvining usuli bo‘lib hisoblanadi. U, odatda, ketidan tushuntirib berilishini taqozo etuvchi muhim xabar ma’lum qili­nishi; prinsipial muommo bo‘yicha kelishilgan qarorga erishi­lishi; qilinishi kerak bo‘lgan ishning uslubiyoti masalalari bo‘yicha bir guruh odamga yo‘l-yo‘riq berilishi; yolg‘on axborot hamma­ning oldida inkor etilishi va boshqa zarur bo‘lgan hollarda chaqiriladi. Kengashdan tashqari, umumjamoa axborot alma­shi­nuvida kommunikatsiyaning majlis kabi usulidan foydalanilishi mumkin.
Ish kengashining maqsadli yo‘nalganligiga qarab, uning bir nechta turlari ajratib ko‘rsatiladi:
muammoli (tahlil etilayotgan muammoli vaziyat bo‘yicha oqilona qarorni umumjamoa muhokamasi asosida tanlash);
yo‘riqnomaviy (tashkilotning xodimlariga muhim axborot va zarur ma’lumotlarni, farmoyishlarni yoki umumiy ko‘rsat­malarni yetkazish);
tezkor (xodimlarga ishlarning joriy holati haqida axborot berish).
Kengashni o‘tkazish muolajasi bir qator ketma-ket bosqich­larni o‘z ichiga oladi:
I — kengashga tayyorgarlik (kun tartibini tuzish, ishtirokchilar doirasini aniqlash va ularga xabar berish, texnikaviy bazani yaratish, muhokama qilinadigan masalalar bo‘yicha zarur axborotlarni to‘plash);
II — muammo muhokamasini boshqarish (tartibni va regla­mentni ta’minlash, qarorning qabul qilinishi);
III — natijalarni rasmiylashtirish (tegishli shakl bo‘yicha bayonnoma). Bayonnomada masalalarning muhokamasi qanday o‘tgani hamda muammoni hal etish yo‘llari, aniq ijrochilar hamda jamoa tomonidan qabul qilingan har bir qarorni bajarish muddatlari aniq ko‘rsatilishi kerak.
Har qanday kengashni tayyorlashda kengashning mavzusi va maqsadini aniq va ravshan belgilab olish, kun tartibini puxta ishlab chiqish, masalalarning eng maqsadga muvofiq ketma-ketligini belgilash, kengash ishtirokchilarini munozaralar uchun kerakli axborot bilan oldindan tanishtirib chiqish, kengash o‘tkazilishi haqida ularga o‘z vaqtida xabar berish, kengashni o‘tkazish uchun tegishli xonani tanlash va uni tayyorlab qo‘yish.
Kengash muhim ahamiyatga ega, chunki u ayrim xodimlarga ularning mehnati, bosh maqsadga erishishga qaratilgan umumiy ishning bir qismi ekanligini eslatadi; kengash umumjamoa maq­sadiga ega bo‘lgan ishchi guruhlarni yaratishga ta’sir etadi, o‘zaro fikr almashinuviga imkon yaratadi, asoslangan umumjamoa qaror­larining qabul qilinishiga yordam beradi.



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling