Farmatsevtika menejmenti
Qarorlarni qabul qilish jarayonini
Download 1.37 Mb.
|
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI
17.3.3. Qarorlarni qabul qilish jarayonini
modellashtirish Menejment jarayoni bir qismi ketma-ket, bir qismi esa parallel bajariladigan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir qator ishlardan tarkib topadi (17.2- chizma). Sxemada ko‘rsatilishicha, menejment jarayoni amalga oshirilishini quyidagilar belgilab beradi: vaziyat — boshqariladigan tizimchaning holatini tashxis qilish va boshqaruv ta’sirining maqsadini ifodalash; muammo — yechimini talab qiladigan muammoni aniqlash; yechim — qaror qabul qilish, uning bajarilishini tashkil etish. Avval obyektning holati haqidagi axborotga asosan boshqaruv ta’sirining maqsadini ifodalash bajariladi. So‘ngra huquqiy me’yorlar, ilm-fan ma’lumotlari, ilg‘or tajriba, hisob-kitoblar asosida qarorni baholash uchun mezon ishlab chiqiladi, qarorlarning bo‘lishi mumkin bo‘lgan variantlari ishlab chiqiladi va ularning har biri baholash mezoni asosida hamda bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlarining taxmini bilan tahlil qilib chiqiladi. Keyin qabul qilingan qarorni bajarilishi tashkil etiladi, uning amalga oshirilishining borishi ustidan nazorat o‘rnatiladi, oxirgi yakunlar chiqariladi, bunda qarorning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini hamda uning bajarilishida ayrim xodimlarning ishtirok etish darajasini baholash kerak. Тaqdim etilgan chizma boshqaruv faoliyatining mantiqini aks ettiradi. Amalda bu jarayon ancha murakkab bo‘lib, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va bir qator muolajalarning parallelligiga yo‘l qo‘yiladi, bu esa qarorlarni qabul qilish vaqtini ancha qisqartirishga imkon beradi. I bosqich qarorni qabul qilish zaruriyatini tan olish, ya’ni vaziyatni maqsad bilan belgilangan holatdan chetga chiqilganligini (maqsadlar bilan ularga erishish darajasi o‘rtasida uzilish) tan olishdan boshlanadi. Muammoning borligi aniqlanganidan so‘ng uni to‘g‘ri ifodalash, yangiligini baholash, uni paydo bo‘lish sabablarini aniqlash, boshqa muammolar bilan o‘zaro bog‘lanishini aniqlash, muammo haqidagi axborotni to‘laligi va haqqoniyligini baholash hamda muammoning hal qilinishini aniqlash lozim. Muammoni belgilab olish bosqichida uni haqqoniy va to‘la-to‘kis ta’rifini ta’minlaydigan uslublardan foydalaniladi. Ular jumlasiga: axborotni to‘plash, saqlash, u bilan ishlash va tahlil qilish; ma’lumotlarni qayd etish; modellashtirish, omillar tahlili, taqqoslash uslublari kiradi. Uslublarning to‘plami ifoda etilgan muammoning xususiyati va mazmuniga, muddatlarga va ajratiladigan resurslarga bog‘liq bo‘ladi. Uslublarni amalga oshirish xususiyatiga ko‘ra ularni quyidagilarga ajratish mumkin: rasmiy: bozorni, xo‘jalik faoliyatining natijalarini (statistik hisobot, buxgalteriya hisoboti) tahlil qilish; norasmiy: kommunikatsion tarmoqlar (suhbatlar, kuza tishlar va boshqalar) tahlilining ma’lumotlari, mutaxas sislarning ekspert so‘roqlari. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling