Farmatsevtika menejmenti
Qarorlarni ishlab chiqish tizimining
Download 1.37 Mb.
|
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI
17.3.2. Qarorlarni ishlab chiqish tizimining
asosiy elementlari Qarorni ishlab chiqish tizimi quyidagi asosiy elementlarni o‘z ichiga oladi: maqsad: rejalashtirilgan tizimdan chetga chiqishlarning oldini olish yoki ularni bartaraf qilish; mezon: resurslardan foydalanishning samaradorligi va sifati ko‘rsatkichi; kirish: dastlabki, tezkor axborot; chiqish: boshqaruv qarori; jarayon: qarorni ishlab chiqish bosqichlari. Shunday qilib, asoslangan qarorning qabul qilinishi ilmiy bilimlar, amaliy tajriba, ijod va san’atni talab qiladi. Boshqaruv qarori boshqaruv subyektini, tashkilotning obyektiv qonunlarini bilish va muammoli vaziyatni tahlil qilish asosida yuzaga kelgan muammoni hal qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini belgilab beruvchi ijodi mahsulidir. Rahbarning qarori — bu harakat qilishdagi ko‘pgina bo‘lishi mumkin variantlarining ichidan eng yaxshisini rahbar tomonidan tanlanishidir. Ushbu tanlov miqdoriy jihatdan o‘lchanadigan va maksimal/minimal qiymatlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan yoki sifat tavsiflariga ega bo‘lgan eng muhim ko‘rsatkich asosida amalga oshiriladi. Maksimal — bu oshirishga harakat qilinadigan ko‘rsatkich (foyda, sotish hajmi va hokazo), minimal — bu kamaytirishga harakat qilinadigan ko‘rsatkich (qaytarishlar soni, muomala xarajatlari va hokazo). Qaror variantlarining tanlash mezonlari maqbul variantlarni nomaqbul variantlardan ajratadigan dastlabki va eng yaxshi variantlarni tanlash imkonini beradigan yakuniy mezonlarga bo‘linadi. Qarorlar variantlarini tanlashning dastlabki mezonlariga huquqiy, texnikaviy va ekologik oqibatlarga olib kelgan, qarorlarni yakuniy variantlarining oqibatlari esa iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlarga ega bo‘lganlari kiritiladi. Eng oqilona qarorni qabul qilish nazariyasi ikkita: ketma-ketlik va maksimallashtirish postulatlariga katta ahamiyat beradi. Ketma-ketlik postulatiga ko‘ra, eng maqbul qarorni qabul qilish uchun muqobil variantlar yig‘indisini qarorni qabul qiluvchi shaxs (QQQSH) nuqtayi nazaridan tartibga solish lozim. Agar QQQSH X ni Y ga nisbatan, Y ni esa Z ga nisbatan afzalroq deb hisoblasa, shunga asosan X ni Z ga nisbatan afzalroq deb aytish kerak. Maksimallashtirish postulatining ta’kidlashicha, qarorning maqbulligining yakuniy sharti maqsadli funksiyaga maksimal qiymatni (narx-foyda) beruvchi amal tanlanishidan iborat. Qabul qilingan qaror uni amalga oshirish natijalari uchun javobgarlikdan ajralmasdir. Har doim qabul qilingan qarorlarning bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini, ularni atrof-muhitga va jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhitga ko‘rsatadigan ta’sirini e’tiborga olish lozim. Oqibatlar siyosiy (har qanday masalaning hal qilinishi umumxalq, mazkur jamoa va uning har bir a’zosining manfaatlariga javob berishlik), iqtisodiy (sarf-xarajatlarning asoslanmagan holda ortib ketishiga sabab bo‘lmaslik), texnikaviy yoki texnologik (mahsulot sifatining pasayishiga olib kelmaslik), psixofiziologik (xodimning o‘z ishidan qoniqishiga imkon tug‘dirish), ekologik (atrof-muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatish) va boshqa xil bo‘lishi mumkin. Har bir qaror ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarga ega bo‘ladi. Qarorlarni tanlashda, yakuniy natija nuqtayi nazaridan eng istalgani tanlanadi. Odatda, qarorlarni qabul qilish oson, faqat yaxshi qarorni qabul qilish qiyin. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling