Farmatsevtika menejmenti


Chiziqli-shtabli tuzilmada


Download 1.37 Mb.
bet28/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI

Chiziqli-shtabli tuzilmada chiziqli tuzilma asos qilib olinadi, lekin boshqaruvning quyi bo‘g‘inga ega har bir bo‘g‘inida ayrim muhim muammolar bo‘yicha shtablar tuziladi. Shtablar malakali qarorlar tayyorlaydi, lekin chiziqli tuzilma rahbari tasdiqlab, quyi darajaga yuboradi. U shtab tavsiyalarini koordinatsiya qiladi, muvofiqlashtiradi va natijada boshqaruv sifati yaxshilanadi.
Lekin, vazifalar miqdori ko‘p bo‘lsa, chiziqli tuzilma rahbari­ning vazifalari ham ortadi. Shu sababli, amaliyotda boshqa qo‘shma tuzilmalar vujudga keldi. Ular orasida eng keng tarqalgani chiziqli-funksional tuzilmadir.
Chiziqli-funksional tuzilmada funksional zvenolar quyi turgan bo‘linmalarga o‘zlari buyruq beradilar, lekin ularga taalluqli bo‘lgan aniq savollar amalga oshiriladi. Masalan, rejalashtirish — iqtisodiy bo‘limi sex boshlig‘iga rejalash­tirishni rivojlantirish savollari bo‘yicha buyruq berishi mumkin. Zavodning bosh buxgalteri esa sexda hisob va hisobotni yaxshilash bo‘yicha va hokazo. Chiziqli funksional strukturasining ustunligi uning boshqaruv prinsiplarini buyruq berishning yagonaligi prinsipi bilan uzviyligidadir. Lekin bu ustunlik strukturada aloqalarning murak­kab tiplari mavjud: loyiha bo‘yicha boshqarish; matritsali struktura va boshqalar.
Loyiha bo‘yicha boshqarish ishlab chiqarish texnologiyasining o‘zgarishi bilan bog‘liq qayta qurishlar va yangi texnologiyalar kiritilishi zarur bo‘lgan korxona va tashkilotlarda qo‘llaniladi. Bunday qayta qurishni amalga oshirish uchun faqatgina shu loyihaga javob beruvchi boshqaruv organi tuziladi. Boshqaruvning loyiha bo‘yicha organi vaqtinchalik tashkilot hisoblanadi. Unga yuklatilgan vazifalar amalga oshirilgandan so‘ng u tugatiladi.
Matritsali struktura chiziqli va loyiha bo‘yicha boshqaruv struk­tu­ralarining birlashtirilishi natijasida quriladi. Chiziqli bosh­qaruv prinsipi saqlanib qolinadi, loyiha bo‘yicha boshqarishga mos ravishda esa mavzularni, ilmiy izlanishlar bo‘yicha dasturlar, loyihalashtirish texnologik tayyorgarlik eksperimental ishlab chiqarish mahsulotini tayyorlash, sotish va hokazolar tashkil qilinadi.
Boshqaruvni tashkil qilishning matritsali strukturasida loyiha yoki dastur rahbarlarining faoliyati erkinligi ta’minlanadi, ular oldiga qo‘yilgan masalalar maqsadli hal qilinadi. Ishni tashkil qilish ularning bajarilish muddati, yakuniy natijalar bo‘yicha rahbarning mas’uliyati aniqlanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv apparatini belgilangan darajada qisqartirishga, boshqaruvning har xil darajalari va har bir zveno chegarasida alohida darajalarning vazifalari va funksiyalarini aniq ajratish, iqtisodiyot, korxonalar tarmoqlarining xo‘jalik mustaqilligini ta’minlashga imkon beradigan yangi tashkiliy strukturalar tuziladi.



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling