Farmatsevtika menejmenti


Menejmentning iqtisodiy usullari


Download 1.37 Mb.
bet31/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI

8.2. Menejmentning iqtisodiy usullari

Boshqaruvning iqtisodiy usullari kishilarga iqtisodiy manfaatlar orqali ta’sir ko‘rsatadi.


Iqtisodiy usullarning mohiyati xodimlar va ishlab chiqarish jamoasiga ular manfaati bo‘lishini ta’minlovchi iqtisodiy sharoit yaratishdan iboratdir. Boshqaruv usullari tizimida iqtisodiy usullar yetakchi o‘rinni egallaydi.
Iqtisodiy usullar iqtisodiy ta’sir vositalari yig‘indisidan (narx, kredit, biznes-reja, foyda, soliqlar, ish haqi, iqtisodiy rag‘batlan­tirish va hokazo), ya’ni xo‘jalik faoliyatiga ta’sir etishning har bir jamoa mos xo‘jalik bo‘g‘ini bilan uzviy aloqada amal qilishini ta’minlovchi tadbirlaridan iboratdir.
Bozor mexanizmining muhim vazifalaridan biri biznes reja va bozorning uzviy bog‘liq bo‘lishiga imkon yaratuvchi pul hamda tovar resurslarining to‘g‘ri nisbatini ta’minlashdir.
Bozor — bu tovar-pul munosabatlarining doimo saqlanuvchi balansidir. Bozor munosabatlari sharoitida rejali iqtisodiyotga nisbatan qat’iy boshqaruv tizimi o‘rnatiladi. Bozor tamoyillari xo‘jalik rahbarlaridan tashabbuskorlik, korxona faoliyati masalalari bo‘yicha yuqori natijalarga erishish maqsadida qayishqoqlik, tavakkalchilikni talab etadi.
Bozor iqtisodiyoti ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga nisbatan qarama-qarshi tizim bo‘lib, bozorda narx, soliq, kredit vositasida tartibga solish eng avvalo ijtimoiy maqsadda amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx va ish haqining o‘zgarishini qat’iy tartibga solmay barqarorlikka erishib bo‘lmaydi.
Shunday qilib, boshqaruvning iqtisodiy usullari juda keng imkoniyatlarga ega bo‘lib, ular mohirona va o‘z vaqtida tashkiliy-farmoyish, ijtimoiy-psixologik va huquqiy usullar bilan qo‘shib olib borilgan taqdirda yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Korxonalar, aksioner jamiyatlari, firmalarda muhim boshqa­ruv usullaridan biri — biznes-rejalardir. U iqtisodiy jarayonlarning umummilliy manfaatlarini ko‘zlab, xo‘jalik amaliyotida obyektiv iqtisodiy qonunlardan foydalanish asosida, ongli ravishda, bir maqsadga intilgan holda boshqarishning o‘zaro uzviy bog‘liq tizimidan iboratdir.
Biznes-reja vositasida hal etiladigan asosiy vazifalar quyidagi­lardan iborat: iqtisodiyotning rivojlanish yo‘nalishlari va maqsad­larning amalga oshirish yo‘llarini ko‘rsatish, iqtisodiyotning barqaror, mutanosib o‘sishini ta’minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni tarmoqlar va ishlab chiqarishlar o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etishni ta’minlash; tarmoqlararo integratsiya, tarmoq ichida ixtisos­lashuv va sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish; xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tezkor tartibga solish va koor­dinat­­siya qilish.
Biznes-reja korxona, aksionerlar jamiyati, konsernlar faoliya­tining hamma tomonlarini: mahsulot ishlab chiqarish va sotish; moddiy-texnikaviy ta’minot va ishlab chiqarish fondlaridan foyda­lanish, mehnat va ish haqi, jamoada ijtimoiy jarayonlar va hokazolarni qamrab oladi. Bozor munosabatlari sharoitida ularga rejalashtirish borasida keng huquqlar beriladi.



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling