Farmatsevtika muassasalarini dori vosita va tibbiy


Download 377 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana28.12.2022
Hajmi377 Kb.
#1014545
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-MAVZU



FARMATSEVTIKA MUASSASALARINI DORI VOSITA VA TIBBIY 
BUYUMLAR BILAN TA'MINOTI. 
5.1. Ulgurji farmatsevtik tashkilotlarining turlari, vazifalari va funksiyalari. 
5.2. Ulgurji savdo shakllari. 
5.3. Farmatsevtik omborxonasining tuzilishi. 
5.4. Ulgurji omborxonadagi asosiy jarayonlar. 
 
5.1. Ulgurji farmatsevtik tashkilotlarining turlari, vazifalari va funksiyalari 
Tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste'molchiga yetkazib berishda 
tadbirkorlik faoliyati maksadida tovarlar yoki xizmatlarni sotish va olib sotish 
maksadida ulgurji vositachi (tashkilotlar va alohida shaxslar)ning o‘rni katta. 
Ulgurji vositachilarni asosiy vazifasi - ishlab chiqaruvchilar va chakana 
sotuvchilar (dorixonalar bilan) o‘rtasidagi uzilishni yo‘qotib, muntazam aloqalarni 
va markazlashtirishni ta'minlashdir. 
Farmatsevtik tovarlar harakati tizimining zarur sharti - ulgurji vositachi 
(dorixona ombori) aloqalari orqali iste'molchilarga yetkazish hisoblanadi. 
6-rasm. Farmatsevtik ombor 
Ulgurji savdo – moddiy rusurslardan o‘z o‘rnida foydalanish uchun muhim 
mexanizm bo‘lib, tovar aylanmasi jarayonining barcha bosqichlarida farmatsevtika 
maxsulotlarini ortiqcha zahiralarini kamaytirishga va mahsulot tanqisligini bartaraf 


etishga yordam beradi va farmatsevtika sanoati bozorini shakllantirishda ishtirok 
etadi. 
Farmatsevtika bozorida ulgurji vositachilar quyidagi funksiyalarni bajaradi: 

Marketing – bozorni kompleks taxlili, tovar siyosati va narx siyosati va 
boshqalarni amalga oshirish; 

Axborotli – kerakli axborot bilan ta'minotchilarni va chakana tashkilotlarni 
ta'minlash; 

Tovarlarni qabul qilish, saqlash va tovar zaxiralarini boshqarish; 

Tovarni tashish; 

O‘z haridorlarini kreditlash - tovarlarni iste'molchilarga kreditga berish; 

Rejalashtirilmagan harajatlar xavf-xatarini qayta taqsimlash; 

Tovarga egalik huquqini olgan holda ulgurji vositachilar, tovarlarning 
buzilishi, o‘g‘irlanishi, unga qo’yilgan narxlarning pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan 
ma'lum xavf-xatardan ishlab chiqarishni xalos etadilar. 
Ulgurji sotuvchilar ma'lum geografik ko‘lam aholisining talablarini 
qondirish uchun kerakli dori vositalar assortimentini mavjudligi bilan, hamda 
so‘ralgan joyga qisqa muddatda talab qilingan dori vositalar miqdorini yetqazishga 
kafolat berishi kerak. Ishlab chiqaruvchilar faqat o‘zlari ishlab chiqargan dori 
vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji savdo qilish huquqiga ega, dori vositalarini 
va tibbiy buyumlarni ulgurji savdo qilish uchun lisenziyaga ega bo‘lgan ishlab 
chiqaruvchilar bundan mustasno. 
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji savdo qiluvchi tashkilotlar dori 
vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilardan hamda dori vositalarini va 
tibbiy buyumlarni ulgurji savdo qiluvchi boshqa tashkilotlardan, shuningdek dori 
vositalarini va tibbiy buyumlarni chet ellik ishlab chiqaruvchilardan va ulgurji 
savdo qiluvchi tashkilotlardan xarid qilish huquqiga ega. Chetdan olib kelinadigan, 
shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori-darmon 
vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji sotish, ularni yetkazib berishda ishtirok 
etuvchi vositachilar sonidan qat'i nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan 


qiymatidan 15 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda belgilanadigan cheklangan 
savdo ustamalari qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi. 
Ulgurji savdo qiluvchi tashkilotlar dori vositalarini va tibbiy buyumlarni 
farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun lisenziyaga ega bo‘lgan 
tashkilotlarga, tibbiyot tashkilotlariga, shuningdek dori vositalaridan va tibbiy 
buyumlardan tibbiyotda qo‘llash maqsadida o‘z ehtiyojlari uchun foydalanuvchi 
tashkilotlarga savdo qilish huquqiga ega. 
O‘zbekiston Respublikasida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori 
vositalarini va tibbiy buyumlarni savdo qilishga ruxsat etiladi. Ishlab 
chiqaruvchilar va ulgurji savdo qiluvchilar hamda tashkilotlarning qaror talablariga 
rioya etishlari yuzasidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash 
vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 
Dorixona tovarlarning tarqatish tizimida ulgurji vositachilarning asosiy 
vakili ulgurji savdo tashkilotlari hisoblanadi. 

Download 377 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling