Farmatsevtika muassasalarini dori vosita va tibbiy


 Ulgurji faoliyat shakllari


Download 377 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana28.12.2022
Hajmi377 Kb.
#1014545
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-MAVZU

5.2. Ulgurji faoliyat shakllari 
Ulgurji farmatsevtika tashkilotlari faoliyatining tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 185-son “Dori 
vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston respublikasi 
Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi 2016 yil 4 yanvardagi 
O‘RQ-399 son “O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan. Mazkur Qarorning 1-ilovasida “Dori 
vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji savdo qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” 
tasdiqlangan. 
Ushbu qaror talablari tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat'i nazar, 
dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, shuningdek dori 
vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji savdo qiluvchi tashkilotlar uchun 
majburiy hisoblanadi. Qaror talablariga muvofiq dori vositalarini va tibbiy 


buyumlarni ishlab chiqaruvchilar va ulgurji savdo qiluvchi tashkilotlar tomonidan 
tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalarini va tibbiy 
buyumlarni ulgurji savdo qilish va farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun 
tegishli lisenziyaga ega bo‘lishlari shart. Farmatsevtika faoliyatini lisenziyalashni 
amalga oshirishni tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 
yil 12 mayda “Farmatsevtika faoliyatini lisenziyalash tartibini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 284-son Qarori”da keltirilgan. 
Ulgurji savdo shakllarini tanlash muayyan mahsulotga, bozorda uning 
pozisiyasiga (talab, bozorning to‘yinganlik darajasi), tovarni sotuvchi ulgurji 
kompaniya bilan tuzilgan shartonomaga bog‘liq. Ulgurji savdoning ikkita asosiy 
shakli mavjud: tranzit va ombor. 
Tranzit shaklida: tovarlar ishlab chiqaruvchidan chakana savdo tarmog‘iga 
yoki boshqa ulgurji kompaniyaga (kichikroq yoki boshqa shaharda joylashgan) 
ulgurji vositachilarning omborini chetlab o‘tadi. Ushbu shaklning afzalligi 
shundaki, aylanma mablag‘larning tezlashishi bo‘lib, natijada logistika xarajatlari 
kamayadi, tovarlarning saqlanish xavfsizligi darajasini oshiradi. Tranzit yetqazib 
berish, mahsulotni oraliq tayyorlashda sifatiga e'tibor berish zarur bo‘lmasa, 
qadoqlash talab qilingan taqdirda. Bunday xolatda ulgurji- vositachi, ishlab 
chiqaruvchidan jo‘natilgan mahsulotdan boshqa turdagi assortimentni ajratish 
imkoniga ega bo‘lmaydi. 
Ombor shakli: tovarlar ishlab chiqaruvchidan ulgurji savdo omborxonasiga 
kelib tushadi, keyinchalik turli distribyutorlik kanallari orqali chakana savdoga 
chiqariladi. Logistika xarajatlarni oshishiga qaramasdan, bu xolatda savdo uchun 
kerakli tovalar assortimenti turi ko‘payadi va ta'minoti yaxshilanadi. Xar bir 
dorixona tashkiloti uchun kerakli bo‘lgan tovar turlarini yaratish imkoni yaratiladi. 

Download 377 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling