Farmatsevtika muassasalarini dori vosita va tibbiy


Ulgurji savdo tashkilotlarining tasnifi


Download 377 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana28.12.2022
Hajmi377 Kb.
#1014545
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-MAVZU

Ulgurji savdo tashkilotlarining tasnifi 
Ulgurji savdo tashkilotlari- (distribyutorlar) - bu dori vositalari va tibbiy 
buyumlarini ulgurji yo‘l bilan sotib olish va ularni chakana savdo nuqtalariga qayta 
sotishni amalga oshiruvchi tashkilot yoki yakka tartibdagi tadbirkor. 
- distribyutorning vazifasi-dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotish olish, 
joylash, saqlash, ishlab chiqaruvchilar va chakana sotuvchilar (dorixonalar) 
o‘rtasidagi uzilishni yo‘qotib, buyurtmalar asosida ularni ta'minlash; 
- distribyutor dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilardan 
sotib olish narxi va chakana savdo tarmoqlariga yetqazib berish narxi o‘rtasidagi 
farqi xisobiga faoliyat yuritadilar. 
Aniq bir tasnif xususiyatiga qarab, ulgurji farmatsevtika tashkilotlari 
quyidagilarga bo‘linadi: 
- xududiy ulgurji tashkilotlar, tovarlarni ulgurji savdosi jarayonini tugatib, 
farmdistribyutorlar va maxalliy ishlab chiqaruvchilarning maxsulotlarini sotib 
oladilar, so‘ngra farmatsevtika maxsulotlarini chakana savdo tarmoqlariga 


(dorixonar) olib chiqadilar, chunki ular bozorda o‘z ta'sir doirasini aniq 
belgilaydilar. 
- ixtisoslashtirilgan ulgurji tashkilotlar - bir yoki bir necha gurux 
tovarlarning bir xil iste'mol xususiyatlari va maqsadlari bilan olish va sotishlarini 
amalga oshira oladilar (masalan ortopediya tovarlar). Agar ulgurji tashkilot 
muayyan tovarlarni sotishga ixtisoslashgan bo‘lsa, unda bu diler va ma'lum bir 
ishlab chiqaruvchining tovarlarini sotishda ixtisoslashgan bo‘lsa-bu rasmiy diler 
deb ataladi. 
-universal ulgurji farmatsevtika tashkilotlari turli dori vositalari va tibbiy 
buyumlarini sotadi va sotib oladi. 
-mustaqil ulgurji tashkilotlar - savdo-sotiq faoliyatiga ixtisoslashgan 
mustaqil tovarlarning ulgurji savdosi, mol-mulkni butunlay ulgurji savdoga 
o‘tqazish yo‘li bilan sotib, to‘liq xajmini amalga oshirish. 
Xozirgi vaqtda qator rivojlangan mamlakatlarda ulgurji sotish tegishli yaxshi 
amaliyotning qoidalari (GDP – Good Distribution Practice) mavjud. Ushbu 
hujjatda tovar xakaratining har bir bosqichlarida dori vositalari sifatini, qayd 
qilinishini, saqlash talablarini bajara oladigan, yetkazib berish kafolatini va 
boshqalarni ta'minlab beradigan tegishli ulgurji savdoning asosiy negizlari 
belgilangan. Ushbu hujjat dori vositalarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi 
xodimning bilim darajasi va tajribasiga qo‘yilgan talablarni ham o‘z ichiga olgan. 
Ulgurji sotish jarayonida zarur bo‘lgan asosiy hujjatlar sanab o‘tilgan bo‘lib, ular 
dori vositalari harakatini aks ettiruvchi, turli xil logistik jarayonlarini izoxlaydigan 
buyurtmalar, yo‘riqnomalardir. 
Yaxshi saqlash amaliyoti (GSP) –farmatsevtika tovarlarini to‘g‘ri saqlash va 
tashish uchun mo‘ljallangan qator chora-tadbirlarni belgilaydi. Mazkur 
standartning asosiy maqsadi ishlab chiqaruvchilardan iste'molchiga yo‘naltirilgan 
mahsulot sifatini saqlab qolishdir. Ushbu qoidalar JSST mutaxasisslari qo‘mitasi 
tomonidan tavsiya etilgan boshqa GSP standartlari bilan chambarchas bog‘liq 
bo‘lib, aniq chora-tadbirlar tavsifini o‘z ichiga oladi. GSP qoidalari farmatsevtika 


mahsulotlarini saqlash, tashish va tarqatish bilan bog‘liq barcha xodimlarga 
taaluqlidir. 
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika bozorida 150ga 
yaqin mahalliy ulgurji savdo tashkilotlari faoliyat yuritmoqdalar. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 201
7 yil 7 noyabrdagi № 5229- son 
farmoishga muvofiq “O‘zmedimpeks” DUK moliyalashtirish manbasidan qat'iy 
nazar, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat 
bo‘yicha ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari, davlat 
sog‘lig‘ini saqlash muassasalari uchun tibbiyot texnikalari hamda maxsus tibbiyot 
avtotransportining yagona yetkazib beruvchisi, shuningdek, ularni saqlash, qayta 
ishlash va yetkazib berish bo‘yicha agent deb belgilangan. 
“O‘zmedimpeks” DUKning asosiy vazifalari etib farmatsevtika tarmog‘ini 
barqaror rivojlantirish strategiyasini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklikni joriy 
etish orqali ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish, farmatsevtika korxonalari va 
tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, aholi va davlat sog‘liqni saqlash 
muassasalarini dori vositalari, tibbiyot buyumlari bilan ta'minlashni amalga 
oshirish deb belgilangan. 

Download 377 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling