Farmatsevtika muassasalarini dori vosita va tibbiy


-rasm. Farmatsevtik tovarlar omborxonasi


Download 377 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana28.12.2022
Hajmi377 Kb.
#1014545
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-MAVZU

8-rasm.
Farmatsevtik tovarlar omborxonasi 
 
Dorixona omborxonasi odatda alohida ob'ektlardan iborat: 
- kapital qirilmalar (omborxona binosi, ofis binosi); 
- yordamchi inshoatlar (elektr postansiyasi, kozonxona va boshkalar); 
- kommunikasiya tizimlari (elektr, gaz va suv ta'minoti, kanalizasiya); 
- yo‘llar va omborda avtotransport to’xtash va turar joylari. 
Omborxona quyidagi asbob-uskunalar va inventarlar bilan jihozlangan 
bo‘lishi kerak: 
-dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash uchun stellajlar, tagliklar; 


-termolabil dori vositalarini saqlash uchun sovutish kameralari yoki maishiy 
sovutgichlar; 
-havo parametrlarini qayd qilish asboblari (termometrlar, gigrometrlar yoki 
psixrometrlar); 
-alohida guruh dori vositalarini, hisob-kitob hujjatlarini va axborot beruvchi 
adabiyotlarni saqlash uchun qulflanadigan metall shkaflar yoki seyflar; 
-echinib kiyinish xonasida ustki va maxsus kiyimlarni va oyoq kiyimlarini 
saqlash uchun shkaf; 
-sanitariya holatini ta'minlash uchun dezinfeksiya vositalari va xo‘jalik 
jihozlari. 
5.4.Ulgurji omborxonadagi asosiy jarayonlar 
Zamonaviy farmatsevtika omborlari – bu mahsulotlarni joylashtirish, ularni 
saqlash, tashish, nazorat va xavo almashinuvi uchun shart-sharoitlar yaratishni 
ta'minlaydigan ixtisoslashgan ko‘p qavatli inshoatlar hisoblanadi. Omborxona 
zamonaviy jixozlangan ichki strukturaga ega bo‘lishi kerak, unda turli xil texnika 
vositalari (jixozlar)dan foydalanadigan ko‘plab maydonlar mavjud bo‘lib, 
omborlar bo‘limmalarida bajariladigan ishlarni tartibga solish uchun optimal 
sharoit yaratish muximdir. Ruxsatsiz shaxslarning ishlab chiqarish binolariga 
(qabul qilish, saralash, saqlash, yig‘ish, joylash va jo‘natish uchun mo‘ljallangan 
omborning bir qismi) kirishi taqiqlanadi. 
Yuklash - tushirish maydoni bitta yoki ikkita alohida hududda bo‘lishi 
mumkin –yuklash va tushirish. 
Qabul qilish- omborxonada dori vositalarini va tibbiy buyumlarni qabul 
qilish omborxonaning qabul qilish bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Tovarlarni 
qabul qilish va tegishli bo‘limlarga berishni amalga oshirish maqsadida kamida 
uch kishidan iborat qabul hayati tashkil etiladi. Qabul hayati raisi qabul bo‘limi 
boshlig‘i, kichik ish xajmiga ega omborlarda esa dorixona ombori mudiri 
hisoblanadi. Qabul qilish hayati tarkibiga bo‘lim mudirlari, tovar qabul qilishga 
tegishli boshqa shaxslar xam kirishi mumkin. Ba'zi xollarda hayat tarkibiga 
mutaxasis-ekspertlar yoki betaraf tashkilot vakillari kiritilishi mumkin. Qabul 


qilishda, yuklash-tushirish ishlarini olib borishda dori vositalarini va tibbiy 
buyumlarni yog‘in-sochinlardan, quyosh nurlarining bevosita ta'sirlaridan, yuqori 
yoki past haroratdan himoya qilish ta'minlanishi kerak. 
Qabul qilish quyidagi jarayonlardan iborat: 
- qabul qilish jarayoniga tayyorgarlik ishlari; 
- qadoqning butunligini tekshirish; 
- tovarni tushirish
- qabul qilish joyiga olib kelish; 
- tovarni ochish; 
- tovarni son jixatdan qabul qilish; 
- tovarni sifat jixatdan qabul qilish; 
- saqlash joyini aniqlash. 
Tovarlarni son jixatdan qabul qilish- bu hujjat asosida aniq sonining 
muvofiqligini solishtirib qabul qilishdir. Bunda quyidagi operatsiyalar bajariladi: 
- tovarlarni ochish uchun joy tayyorlash; 
- qadoqlarni ochish; 
- son jixatidan aniq hisoblash (tortish); 
- son jixatdan hujjat bilan solishtirish. 
Qabul qilishda ishtirok etuvchi shaxslar dori vositalarining son va sifat 
jixatdan qabul qilish qoidalari,tibbiyotda ishlatiladigan mahsulotlarni yuborishning 
asosiy hamda alohida turlarini ishlab chiqarish shakllarini, narx-navo va 
boshqalarni yaxshi bilishi majburiydir. Dorixona omboriga zaxarli yoki 
giyohvandlik vositalari kelishi bilan darxol zaxarli va giyohvand dori vositalari 
saqlash bo‘limiga topshiriladi. Ularni son jixatidan va kuzatuv hujjatlariga mosligi 
omborxona mudiri tomonidan tekshiriladi. 
Tovarni sifati bo‘yicha qabul qilish – sifat bo‘yicha qabul qilishda 
quyidagilarga e'tibor qilinadi: 
- tovarshunoslar ish joyiga tovarlarni keltirish; 
- tovarlarni ochish; 
- shartnoma bitimi asosida tovarni muvofiqligini solishtirish. 


Qabul qilish jarayonida dori vositalarining qadog‘ida ezilgan, singan holatlar 
aniqlansa va kuzatuv hujjat me'yorlariga javob bermasa u tovarni identifikasiya 
qilinmaguncha alohida ajratilgan (karantin) xonaga joylashtirib qo’yiladi. 
Aniqlangandan so‘ng tovarni ishlab chiqaruvchiga qaytariladi yoki yo‘q qilinadi. 
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan 
o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, O‘zbekiston Respublikasida 
ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalari, shuningdek 
muomaladagi dori vositalari va tibbiy buyumlar ularning inson sog‘lig‘iga zararli 
ta'sirini tasdiqlovchi omillar aniqlangan taqdirda, belgilangan tartibda muomaladan 
chiqarilishi va dalolatnoma tuzilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan belgilanadigan tartibda yo‘q qilib tashlanishi kerak. Bunda ular 
identifikasiya yoki belgilangan tartibda yo‘q qilingunga qadar boshqa dori 
vositalari va tibbiy buyumlardan alohida maxsus ajratilgan joyda dalolatnoma 
asosida saqlanishi kerak. 
Tovarni joylashtirish va saqlash- omborxonada barcha dori vositalari va 
tibbiy buyumlar stellajlarda va tagliklarda joylashtirilishi kerak. Dori vositalarini 
va tibbiy buyumlarni polda tagliklarsiz joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tagliklar 
polda bir qatorda yoki stellajlarning balandligi hisobga olingan holda stellajlarda 
bir necha qavatda joylashtiriladi. 
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash xonalari va ulardagi asbob-
uskunalar, jihozlar toza holatda saqlanishi kerak. 
Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji savdo qiluvchi tashkilotlar dori vositalari va 
tibbiy buyumlarning buzilishi (to‘qilishi, sochilishi, sinishi), mikroorganizmlar 
tomonidan shikast yetkazilishi va dori vositalari kesishgan kontaminasiyasining 
oldini olish uchun tegishli choralarni ko‘rishi kerak. 
 
Talaba bilimini nazorat qilish uchun nazorat savollari 
1. 
Ulgurji farmatsevtik tashkilotlar, turlari va vazifalari. 
2. 
Ulgurji tashkilotlar tasnifi. 
3. 
“O’zmedimpeks” DUK vazifalari 


4. 
Dori vositalarni saqlash xonalariga qo‘yilgan talablar

Download 377 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling