Farmatsevtika o‟quv instituti talabalari uchun adabiyoti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/50
Sana25.12.2017
Hajmi5.01 Kb.
#23055
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50

FARMATSEVTIKA                                       O‟QUV 
       INSTITUTI 
TALABALARI UCHUN                             ADABIYOTI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
          ANORGANIK KIMYO 
 
   ( FARMATSEVTIKA INSTITUTI TALABALARI UCHUN DARSLIK) 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT – 2014 
 
 
 
 
 

 
 

 
                  H.R.To‟xtaev, R.Aristanbekov, K.A.Cho‟lponov, S.N.Aminov  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
    
            Taqrizchilar:  Tibbiyot  Akademiyasi  umumiy,  bioorganik  va  biologik  kimyo 
kafedrasining professori A.G.‟ Maxsumov, 
             Toshkent  Farmatsevtika  instituning  anorganik,  analitik,  fizik  va  kolloid  kimyo 
kafedrasining professori, O.A.Shabilolov. 
              Toshkent  kimyo-  texnologiya  institutining  fizik  va  kolloid  kimyo  kafedrasining 
dotsenti  A.S.Siddiqov. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
          Anorganik kimyo: Farmatsevtika instituti talabalari uchun darslik 
Mualliflar: H.R.To‟xtaev,R.Aristanbekov,K.A.Cho‟lponov,S.N.Aminov, 
(prof. S.N.Aminov tahriri ostida).-Toshkent.: 2008. 321 b. 
 
 
        Mazkur  darslikda    farmatsevtika    instituti    talabalari  uchun  anorganik  kimyoning 
nazariy asoslari berilgan. 
        Talabalarga  qulay  bo‟lishi  maqsadida    avval  kimyoning  qonunlari,  reaksiyalarning  
energetikasi,  tezligi,  eritmalar  to‟g‟risidagi  ta‟limot,  atom  va  molekula  tuzilishi  hamda 
elementlar  kimyosi  yoritilib,  bu  materiallar  talabalarga  o‟qiladigan  ma‟ruzalarga  mos 
kelishi, mavzuga tegishli nazariy savollar va   masalalarni mustaqil  ishlash uchun kerakli 
nazariy asoslar  ham keltirilgan. 
          Darslik  ma‟lumotlaridan    tibbiyot  oily  o‟quv  yurtlarining  talabalari,  magistrantlar, 
aspirantlar  va tibbiyot kollejlarining  iqtidorli o‟quvchilari ham foydalanishlari mumkin. 
 
 
 
 
 
 
 

 
 

SO‟Z BOSHI 
            Umumiy  va  anorganik  kimyo  bo‘lajak  dorishunoslar  uchun  juda  zarur  fan  hisoblanib  , 
keyingi  bosqichlarda  boshqa    kimyoviy  fanlarni(analitik,  fizik    farmatsevtik,  toksikologik  va 
boshqalarni)    o‘rganishda  nazariy  asos  hisoblanadi.  Ushbu  darslikda  bo‘lajak  dorishunoslar 
uchun    anorganik  kimyodan    nazariy  bilimlar  keltirilgan  bo‘lib,  ular  asosida  amaliy 
mashg‘ulotlar  o‘tkazish  uchun  muhim  xulosalar  chiqarish  imkoniyati  yuzaga  keladi.  Darslik 
farmatsevtika institutlari farmatsiya, sanoat farmasiyasi, biotexnologiya, kosmesevtika va klinik 
farmatsiya  mutaxasisligi  talabalari  uchun  mo‘ljallangan  bo‘lib,    anorganik  kimyo  fani 
dasturlariga  mos  keladi.    Darslikni  yozishda  istirok  etgan  mualliflar  uzoq  yillardan  beri 
anorganik kimyodan  olib borgan  saboqlari va tajribalarining natijasidir. 
         O‘zbekiston Respulikasining ― Ta‘lim to‘g‘risida‖gi  qonuni va ― Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi  ―dan  kelib  chiqqan  holda  o‘quv  sifatini  yangi  bosqichga  ko‘tarishda  zamonaviy  o‘quv 
adabiyotlari  zarur  bo‘ladi.  Bu  adabiyotlar  ayniqsa  talabalarning    mustaqil  bilim  olish 
jarayonlarida juda qo‘l keladi.  
           Talabalarga  yordam  berish  maqsadida  har  bir  mavzuga  oid  nazariy  bilimlar  mukammalroq 
bo‘lishiga  harakat  qilindi.  Barcha    mavzularni  uch  qismga  bo‘lib  ko‘rsatish  mumkin.  Birinchi 
qismda umumiy kimyoning nazariy asoslari yoritildi. Bu bo‘limga anorganik moddalarning sinflari 
ham  kiritilib    oksidlar,  kislotalar,  asoslar    va  tuzlar  to‘grisida  ham  ma‘lumotlar  berildi.  Ikkinchi 
qism  anorganik  kimyoga  tegishli  bo‘lib    bunda  biogen  elementlar  to‘g‘risida  ma‘lumotlar  berilib, 
so‘ngra  metallarning  umumiy  xossalariga  etibor  berildi.  Darslikning  uchunchi  qismi 
metallmaslarning  umumiy  xossalari  va  metallmaslarga  tegishli  biogen  elementlar  tavsifi  berilgan. 
Har  bir  mavzuga  tegishli  bo‘lgan  nazariy  savollar,  masalalar  va  testlarni  ham  keltirishni  lozim 
topgan holda bu talabalarning mustaqil ta‘lim olish jarayonlarini shakllantirishda kerak bo‘ladi deb 
hisobladik. 
            Barcha  moddalarning  xossalari    va  ahamiyatini  farmatsiya    bilan  uzviy  bog‘lanishini  
ochiqroq yoritishga harakat qilindi. Imkoniyat darajasida ko‘proq rasmiy farmakopeyaga murojaat 
qilib,  unga  kirirtilgan    noorganik  moddalarga    asosiy  e‘tibor  berildi.  Inson  hayoti  va  oziqlanishi 
uchun  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lgan    kimyoviy  elementlar  va  ularning  birikmalari  to‘g‘risida 
ko‘proq ma‘lumot keltirildi. 
            Hozirgi  paytda  kimyo  fani  biologiya,  biokimyo,  tibbiyot  bilan  chambarchas  bog‘langan. 
Ana  shu  fanlar  chegarasida  yangi  fan  -  bioanorganik  kimyo  ham    paydo  bo‘ldiki,  bu  fanda    tirik 
organizmda ketayotgan jarayonlarning kimyosi o‘rganiladi. 
             Darslikda  ba‘zi  anorganik  moddalarning  olinishida  mahalliy  xom  ashyolar  zahirasi  va 
imkoniyatlariga  ko‘proq  e‘tibor  berildi.  Mamlakatimizda  mavjud  kimyoviy  korxonalar,  ilmiy 
muassalar  to‘g‘risida  ham  ma‘lumot  berishni  lozim  topdik.  Shuningdek  kimyoviy  texnologiya  va 
kimyo sanoatining istiqbolli yo‘nalishlari ham darslikda o‘z aksini topdi. 
            Tibbiyotda  va  dorishunoslikda  ko‘p  ishlatiladigan  ba‘zi  kimyoviy  birikmalarning    asosiy 
fizik-kimyoviy  ko‘rsatkichlari  va  xossalarini  ham  yoritishni  zarur  deb  hisobladik.  Darslikda 
keltirilgan  fizikaviy  o‘lchovlar  qiymati,  atamalar  va  belgilar  IYuPAK  tavsiyalariga  mos  kelishi 
e‘tiborga olindi. 
          Birinchi marta hozirgi zamon uchun eng muhim hisoblangan nanotexnologiya elementlaridan 
tushuncha  berishga  harakat  qildik.  Darslikni  oxirida    mamlakatimizdagi    kimyo  fani  va  sanoati 
istiqbollari to‘g‘risida ma‘lumotlar keltirilgan. Darslikda yuqori bosqichlarda o‘qitiladigan analitik, 
organik,  fizik,  farmatsevtik,  biologik  va  toksikologik      kimyo  fanlarini  o‘zlashtirish  uchun  o‘ziga 
xos zamin tayyorlandi deb o‘ylaymiz. Ayniqsa ko‘p tonnali ishlab chiqariladigan moddalarning bir 
necha olinish usullari ko‘rsatilib  ularning ichida iqtisodiy samaraliroq usullarga e‘tibor qaratildi. 
          Darslik  yozilishida  institutda    anorganik  kimyo  bo‘yicha  ortirilgan  ko‘p  yillik  tajribalarga 
asoslangan  holda    va    Jahon  Sog‘liqni  saqlash    tashkiloti  Yevropa  bo‘limi  ishlab  chiqqan  loyiha 
asosida shuningdek GPP talablariga mos keluvchi  o‘quv  rejalari e‘tiborga olingan.  
           Mualliflar  darslikni  tayyorlashda    qimmatli  maslahatlar  bergan  Toshkent  farmatsevtika 
instituti  anorganik,  analitik,  fizik  va  kolloid  kimyo    kafedrasining  xodimlari  professor 

 
 

O.A.Shobilolov,  dotsentlar:  E.M.Mamatmusayev,  S.J.Nasriddinov,  O.S.  Gafurova  va  boshqalarga 
o‘z minnatdorchiliklarini  bildiradilar.    
          Ushbu  darslik  lotin  grafikasida  ilk  marta  tayyorlangani  uchun  kamchiliklardan  holi  emas. 
Mualliflar  tavsiya va ko‘rsatmalarni minnatdorchilik bilan qabul qiladilar. 
 
Toshkent farmasevtika instituti  
anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo                               S.N.Aminov 
kafedrasining mudiri,  k.f.d., professor, 
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi                                                                                    
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
               ZAMONAVIY MUAMMOLARNI HAL ETISHDA KIMYO FANINING O‟RNI 
 
              O‘zbekiston  respublikasi  kimyo  sanoati  keng  rivojlangan  mamlakatlar  qatoridan  biridir. 
Agar  bizda  oziq-ovqat,  to‘qimacihlik,  teri  ishlab  chiqarish,  kimyoviy  o‘g‘itlar,  sintetik  yuvish 
vositalari,  neft,  metallurgiya,  gazni  qayta  ishlash  sanoatlarining  barchasi  kimyoviy  sanoat  bilan 
chambar-chas  bog‘liqligini  hisobga  olsak,  kimyoviy  moddalar  ishlab  chiqarish  va  ularni  sanoat 
miqyosida turli sohalarga yetkazib berish qanchalik muhimligini his etish mumkin. Yuqoridagilarga 
yana  bir  juda  muhim  sohani  qo‘shish  mumkin.  Bu  soha  dori-  darmonlar  va  ular  asosidagi 
yordamchi moddalarni ishlab chiqarish va sanoat maqsadlari uchun foydalanishdir. 
           Dori-darmonlar  ishlab  chiqarishni  zamonaviy  talablar  darajasida  tashkil  etish  va  amalga 
oshirish uchun kimyo fanini chuqur egallagan yosh mutaxassislar kerak bo‘ladi. Ular kimyo fani va 
kimyoviy texnologiyani zamonaviy talab darajasida egallagan bo‘lishlari kerak.  
            Fan  va  texnika  taraqqiyoti    davrida  kimyo  sanoati  va  dori  darmonlar  ishlab  chiqarish 
muammolari o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lib  quyidagilarni e‘tiborga olish zarur: 
           -yangi oziq –ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va ularning samaradorligini  oshirish. 
Oxirgi  paytlarda  mamlakatimizda    qishloq  xo‘jalik  mahsulotlarini  qayta  ishlash  keng  ko‘lamda 
e‘tibor berilmoqda. Yangi mahsulotlar ishlab chiqarishda konservantlar, bo‘yoq moddalari, biologik 
faol  qo‘shimchalar,  mikroelementlar  va  boshqalar  kerak  bo‘ladi.  Ishlab  chiqariladigan 
mahsulotlarning  yangi,  tezkor va samarali sifat  nazoratini  tashkil etish  esa  yanada muhim   vazifa 
hisoblanadi. 
           -  dori–darmonlar  ishlab-chiqarishda  yangi  kimyoviy  moddalar  va  materiallardan 
foydalanish,  hamda  ularni  imkoni  boricha  mahalliy  xom  ashyo  zahiralariga  almashtirish.  

 
 

Dori-darmonlar olishda keng ko‘lamda kimyoviy moddalar ishlatiladi. Bu kimyoviy moddalarning 
ichidan    bezararlarini,  yuqori  samaradorligini  va  mahalliy  xom  ashyo  zahiralari  borlarini    izlab 
topish  amaliy  jihatdan  juda  dolzarb.  Bu  sohada  respublikamizning  boy  tabbiiy    va  mineral 
manbalari e‘tiborga olinsa  ishlar ko‘lami kengligi va zarurligi ko‘rinadi. 
           -yangi  dorivor  moddalar  olishning  tabiiy  manbalaridan  keng  foydalanish. 
O‘zbekistonning  juda  katta    hayvonot  va  o‘simliklar  tabiiy  zahirasiga  ega  ekanligi  bu  sohada 
dorishunoslar  va  kimyogarlar  hali  juda  katta  ishlarni  amalga  oshirishi  kerakligini  ko‘rsatadi. 
O‘simlik va hayvonot dunyosidan biofaol moddalar ajratib olish, ulardan yangi sintezlarni amalga 
oshirish, turli tarkibiy qismlarga ajratish, ularning  ichidan samaradorlarini izlab topish va faolligini 
baholash  katta ahamiyatga ega.  
          -  dori-darmonlar  ishlab  chiqarish    va    mahalliy  kimyo  sanoatining    jadal  rivojlanishi 
toza suv ishlab chiqarish, yer osti boyliklaridan to‟g‟ri foydalanish va eng muhimi ishlatilgan 
suvning  tozalash  muammolarini  yuzaga  keltiradi.  Kimyo  va  farmatsevtika  sanoatining 
kengayishi  bilan  mahalliy  kichik  korxonalarning  soni  borgan  sari  ortib  bormoqda.  Bu 
korxonalarning har biri toza suvdan foydalanadi va ma‘lum oqava suv chuqindilari ishlab chiqazadi. 
Korxonalar  chiqindi  suvlarini  tozalash  va  iloji  boricha  aylanma  suvdan  foydalanish  juda  muhim 
vazifalardandir.  Keyingi  paytlarda  metallar,  brom,  yod,  o‘gitlar  olishda  yer  osti  suvlaridan  keng 
foydalanilmoqda.  Shuning  uchun  han  toza  suv  ishlab  chiqarish  va  oqava  suvlardan  o‘qilona 
foydalanish samarali yechimga ega bo‘lishi kerak bo‘lgan vazifalardan biridir. 
        -yangi  texnologiyalarning  ustivor  usullaridan  foydalanish.  Hozirgi  paytda  kimyoviy 
o‘zgarishlarni  amalga  oshirish  uchun  kimyoga  yangi  texnologiyalar  kirib  kelmoqda.  Bulrga 
kimyoviy  reaksiyalarni  yuzaga  keltirishni  yangi  usullari,  nanatexnologiya  usullaridan  foydalanib 
hayotiy  zarur  mahsulotlar  yaratishning  ustivor  usullarini  ishlab  chiqish  kiradi.  Nanotexnologiya 
usullaridan  foydalanib  yaratilgan  materiallar  o‘zining  xossalari  bilan  odatdagi  kimyoviy 
moddalardan  keskin  farq  qiladi.  Dori-darmonlar  olishda  ham  zamonaviy  usullardan  foydalanib 
samarali  dori  vositalari  yaratilmoqda.  Bu  o‘rinda  nanotexnologiya  usullaridan  foydalanish  o‘ziga 
xos  yangi ekologik muammolarni ham yuzaga keltirishini hisobga olmoq kerak. 
       -ilmiy texnik va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish.  Kimyo fani juda qiziqarli 
fan  hisoblanib  jamiyat  hayotida  muhim  o‘rin  tutadi.  Bu  fanda  yuzaga  keladigan  kashfiyotlar 
jamiyatda  juda  katta  o‘zgarishlarni  yuzaga  keltiradi.  Kimyo  sohasida  ishlayotgan  olimlar  ilmiy 
yangiliklarni,    nazariyalarni  va  olingan  tajriba  natijalarini  bir-birlariga  yetkazib  turadilar.  Buning 
uchun  kimyogarlar  orasida  ma‘lum  fan  sohasida  anjumanlar  o‘tkaziladi.  Turli  tuman  kimyoviy 
jurnallarda ilmiy maqolalar, risolalar, ma‘ruzalar, monografiyalar kimyoning turli sohalari bo‘yicha 
chop  etiladi.  Turli  mamlakatlardagi  kimyogar  olimlar  orasida  o‘zaro  ilmiy  aloqalar  o‘rnatiladi, 
munozaralar va ilmiy yozishmalar amalga oshiriladi. 
       O‘zbekistonda  kimyo  fani  yangiliklarini  bayon  etish  uchun  ―  O‘zbekiston  kimyo  jurnali‖, 
―Tabiiy    birikmalar  kimyosi‖,‖O‘zbekiston  fanlar  akademiyasi  ma‘ruzalari‖,  ‖Farmatsevtika 
jurnali‖  ,  ―Kimyo  va  texnologiya‖kabi  ilmiy    jurnallar  chiqaziladi.  Ayni  paytda  kimyo  sohasida 
fundamental  ilmiy  tekshiruv  ishlari  qator  institutlarda  olib  borilmoqda:  O‘zbekiston  milliy 
universiteti kimyo fakulteti, O‘zbekiston fanlar akademiyasi umumiy va anorganik kimyo instituti, 
o‘simlik moddalari kimyosi va bioorganik kimyo instituti va boshqalar.  
      Toshkent farmatsevtika institutining anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasida ham 
uzoq  yillardan  beri  biofaol  moddalarning  koordinatsion  birikmalari  olinishi,  xossalari  va  ulardan 
dori  vositalari  yaratish  bo‘yicha  ilmiy  izlanishlar  amalga    oshirilmoqda.  Dunyoda  birinchi  bor 
koordinatsion  birikmalar  sinfiga  mansub  bo‘lgan  feramid  preparati  ishlab  chiqilib    tibbiyotda 
kamqonlik kasalligini davolashga tavsiya etilgan va sanoatda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Bu 
sohadagi  izlanishlar  oqibatida  amaliytga  kam  qonlikda,  qandli  diabet,  yurak  qon  tomirlari 
kasalliklarida, gepatitda, hamda qishloq xo‘jaligida chorva  va qora molar mahsuldorligini oshirish 
uchun  20 ga yaqin preparatlar tavsiya etilgan. Bunday preparatlar qatoriga koamid, feramid, kupur, 
piratsin    sanoatda  ishlab  chiqazildi,  kobalt-30,  feropir,  kogistin,  kobalt  fitati  kabilar  tibbiyotga 
qo‘llanishga  ruxsat  etilgan.  Hozirda  bu  ishlar  professorlar    O.A.Shobilolov    va 
A.A.Yunusxo‘jaevlar  tomonidan  davom  ettirilmoqda.  Kafedrada    professor  S.N.  Aminov 

 
 

rahbarligida  mahalliy xom ashyolardan dori vositalari yaratish, yangi sirt-faol moddalar sintezi va 
surtma dorilar uchun asoslar yaratish ustida qiziqarli  izlanishlar olib borilmoqda.     
        
         I QISM. UMUMIY KIMYO.                      
                      1- bob. Kimyonong asosiy qonunlari                                     
                                       Kimyoning tarixi  
        Kimyo fani moddalarni va ular asosidagi o‘zgarishlarni chuqir o‘rganadi. Kimyoning mustaqil 
fan sifatida o‘rganilayotganiga 200 yildan ortdi. Chymeia- so‘zi quyish, tindirish ma‘nosini beradi. 
Bu  so‘z  qadimgi  sharq  tabiblari  –farmatsevtlarini  o‘simliklar  asosida  dori  moddalari  tayyorlash 
jarayonlarida al-kimyogarlar tomonidan tilga olingan. 
      Boshqacha fikrlarga ko‘ra , alkimyo so‘zining ildizi ―khem‖ yoki ―chemi‖ balki ―chima‖- ―qora 
tuproq‖  yoki  ―qora  yurt‖ ma‘nosini  anglatgan. Qadimgi  Misrda kimyogarlar oltin  oladigan ustalar 
deb  yuritilgan.Ularni  rudalardan  turli  metallar  oladigan  sehrgarlar  deb  ataganlar.  Qadimda 
kimyogarlar  o‘z  faoliyatlarini  yer  boyliklarini  o‘rganishga  (lotincha  humus-er)  bag‘ishlaganlar. 
Shuning  uchun  ham  kimyo  yer  to‘g‘risidagi  san‘at  deb  qaralgan.  Kimyogar    esa  yerdan    turli 
metallar oladigan san‘atkor deb hisoblangan.  
        Insonlar  juda  qadimdan  oltin,  kumush,  mis,  temir  va  metallarni  ajratib  olishni  bilganlar. 
Musallas,  sirka,  dori-darmon,  teri  oshlash,  matolarni  bo‘yash,  bo‘yoqlar  tayyorlash,  kulolchilik 
asosida  kimyo  elementlari  yotadi.  Ammo  nazariy  kimyo  avval  grek  filosoflari  asarlarida, 
keyinchalik  arablar asarlarida paydo bo‘la boshladi. Arab olimlari va kimyogarlari amaliy kimyoni 
ancha  boyitdilar.  Jabr  ibn  Xayon,  ar-Raziy,o‘zbek  olimlari  al-Farobiy,  Beruniy,  al-Xorazmiy,  ibn 
Sino  butun  dunyoga  tanilgan  olimlar  hisoblanadi.  Ular  turli  minerallar,  kimyoviy  moddalar, 
o‘simliklar asosidagi turli ajratmalar va hayvonlar mahsulotini ajrata bilishgan va o‘z asarlarida ana 
shunday moddalar olinishini bayon etganlar.    
       1V asrdan XVI asrning o‘rtalarigacha bo‘lgan davr  alkimyo davriga kiritiladi. Bu davrda  turli 
metallardan    oltin  va  kumush  olish  asosiy  maqsad  qilib  olingan.Simob  va  oltingugurt  har  qanday 
metallni olishga asos bo‘ladi deb hisoblangan. 
        XVI asrdan boshlab   yatrokimyo  –  davolash kimyosi  paydo bo‘ldi.Yatrokimyo so‘zi  grekcha 
iatros- vrach,do‘xtir demakdir.  Yatrokimyoning asoschisi nemis olimi  T.Parasels(1493-1541) edi. 
Barcha  hayotiy  jarayonlar    kimyo  nuqtai  nazaridan  tushuntirila  boshlandi.  Temir,  mis,  simob, 
mishyak, qo‘rg‘shin, surma va boshqa elementlar birikmalarinining  dori sifatidagi ta‘siri o‘rganildi. 
Parasels birinchi marta kasallarni davolashda noorganik moddalarni qo‘llay boshladi. Bu vrachlarda 
kimyoga boshqacha qarashga  olib keldi. Kimyo amaliyotga keng qo‘llanila boshladi. 
        XV11  asrdan  boshlab    kimyoda  flogiston(flogiston  grekcha  yonuvchanlik)  nazariyasi  hukm 
surgan.  Nemis  olimi    G.Shtal  yonish,  oksidlanish,  qaytarilish-  jarayonlarini  tushuntirish  uchun  bu 
nazariyani yaratdi.    Bu nazariyaga ko‘ra metall yonsa flogiston ajraladi, shu tufayli  og‘irlashadi. 
Ko‘mirda  flogiston  ko‘p  bo‘ladi  va  u    zang  bilan  qizdirilsa    uni  metallga  aylantiradi.  Ammo 
keyinchalik bu nazariya noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi. 
             Shved  farmatsevti  K.Sheele  (1742-1786  )    limon,  olma,  vino,  sut,  va  boshqa  kislotalarni 
ochdi. Uning eng muhim kashfiyotlaridan biri kislorod va azotning ochganligidir. 
            XVIII  boshlarida  rus  olimi  M.V.Lomonosov  moddalar  massasining  kimyoviy  jarayonda 
o‘zgarmasligini isbotlab, flogiston nazariyasi noto‘g‘riligini ko‘rsatdi. 
           Nemis  vrachi  Yu.Mayer  (1814-1878)  va  ingliz  olimi  J.Joul  ish  va  energiyaning    aylanish 
jarayonlarini  tekshirdilar.  Yu.  Mayerning  termodinamikaning  I  qonunini  ochganligi  olamshumul 
voqea  bo‘ldi.  Keyinchalik  fransuz  olimi  A.Lavuaze  metall  qizdirilganda  havodagi  kislorod  bilan 
ta‘sirlanishini  isbotladi.  U  yonish,  oksidlanish  jarayonlarini  to‘g‘ri  ifodaladi.  Dj.Dalton  o‘z 
tajribalariga  asoslanib  atomistik  nazariyani  yaratdi  va  birikmalarda  kimyoviy  elementlar  qanday 
nisbatda bo‘lishini  to‘g‘ri ko‘rsatdi. 
         Fransus  biologi  Lui  Paster(1822-1895)    bijg‘ish  jarayonlarining  samaradorligini  oshiradigan 
usullarni ishlab chiqib, dori moddalarni va jarrohlik asboblarini zararsizlantirish usullarini ko‘rsatib 
berdi. 

 
 

         1869  y.  D.I.Mendeleevning  elementlar  davriy  sistemasini  yaratganligi    kimyoning 
rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 
        Nemis  bakteriologi  P.Erlix  kimyoviy  terapiyaning  ilmiy  asoslarini  ishlab  chiqdi.  Hozirgi 
kunda  tibbiyotni kimyoning  yangiliklarisiz tassavur qilish mumkin emas. Davolashning samarasi,  
bemorlarning  tez  tuzalishi  dori  turlariga,  dorilar  to‘g‘risidagi  fan-  farmatsiyaning  rivojiga 
bog‘liqdir.  Kelajakda  yangi  va  samarali    kimyoviy  moddalar  juda  zarur.  Bu  sohada  antimikrob, 
kuyganga  qarshi,  shamollashni  oldini  olish  uchun,  qon  to‘xtatuvchi,  xavfli  osmalarga  qarshi 
qo‘llash mumkin bo‘lgan yangi kimyoviy moddalar olish ustida ilmiy ishlar jadal olib borilmoqda. 
      Keyinchalik  O‘rta  Osiyoda  kimyonining  rivojlanishida  o‘zbek  olimlari    akademiklar 
S.Yu.Yunusov,  O.S.Sodiqov,  M.N.Nabiyev,  H.U.Usmanov,  K.S.Ahmedov,  M.A..Askarov, 
A.S.Sultonov, 
N.A.Parpiyev, 
B.M.Beglov, 
S.T.To‘xtayev, 
A.A.Akbarov,T.Azizov, 
M.F.Obidova,S.Sh.Rashidova,  Z.S.  Salimov,  S.I.  Iskandarov.Yu.S.Toshpo‘latov  v  boshqalarning 
xizmati katta bo‘ldi. 
      O‘zbekiston  fanlar  Akademiyasi  umumiy  va  anorganik  kimyosi  instituti  kimyo  fani    bo‘yicha 
yirik  tadqiqotlar  olib  borilayotgan  fan  o‘choqlaridan  biridir.  Bu  dargohda  elektrokimyo,  kataliz, 
silikatlar, siyrak–er elementlari, mineral sorbentlar va qator yo‘nalishlar bo‘yicha anorganik kimyo 
sohasida ilmiy izlanishlar olib boriladi. 
      Toshkent  farmatsevtika  institutida  ham  uzoq  yillar  koordinatsion  birikmalar  kimyosi  boyicha 
ilmiy izlanishlar olib borilgan (prof. M.A.Azizov, prof. H.H.Hakimov). Tibbiyotga feramid, kupfur, 
ferrozink  kabi  dori  moddalari  joriy  etilgan.  Koordinatsion  birikmalar  kimyosi  bo‘yicha  hozirgi 
paytda  ham  ilmiy  ishlar  keng  ko‘lamda  davom  etmoqda(professorlar  N.A.Parpiyev, 
O.A.Shobilalov, O.O.Xojaev,  va boshqalar).  
 
 
 
 
 
                               1.1. Kimyoning asosiy qonunlari 
     Kimyoning  asosiy    qonunlari  kimyoviy  reaksiya  vaqtida  sodir  bo‘ladigan  o‘zgarishlarni 
miqdoriy  jihatdan  tekshirish    natijasida    kashf  etilgan  bo‘lib,  ular  kimyo  fanining  asosiy  negizini 
tashkil etadi. 
         Kimyo  moddalar,  ularning  tarkibi,  xossalari,  tuzilishi  va  ular  asosida  bo‟ladigan 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling