Farmatsevtika o‟quv instituti talabalari uchun adabiyoti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ANORGANIK KIMYO ( FARMATSEVTIKA INSTITUTI TALABALARI UCHUN DARSLIK)
- Toshkent kimyo- texnologiya institutining fizik va kolloid kimyo kafedrasining dotsenti A.S.Siddiqov.
- Mualliflar: H.R.To‟xtaev,R.Aristanbekov,K.A.Cho‟lponov,S.N.Aminov, (prof. S.N.Aminov tahriri ostida).-Toshkent.: 2008. 321 b.
- Talabalarga qulay bo‟lishi maqsadida avval kimyoning qonunlari, reaksiyalarning
- -yangi oziq –ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va ularning samaradorligini oshirish.
- -yangi dorivor moddalar olishning tabiiy manbalaridan keng foydalanish.
- - dori-darmonlar ishlab chiqarish va mahalliy kimyo sanoatining jadal rivojlanishi
- -yangi texnologiyalarning ustivor usullaridan foydalanish.
- -ilmiy texnik va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish.
- Kimyo moddalar, ularning tarkibi, xossalari, tuzilishi va ular asosida bo‟ladigan
FARMATSEVTIKA O‟QUV INSTITUTI TALABALARI UCHUN ADABIYOTI ANORGANIK KIMYO ( FARMATSEVTIKA INSTITUTI TALABALARI UCHUN DARSLIK) TOSHKENT – 2014 2 H.R.To‟xtaev, R.Aristanbekov, K.A.Cho‟lponov, S.N.Aminov Taqrizchilar: Tibbiyot Akademiyasi umumiy, bioorganik va biologik kimyo kafedrasining professori A.G.‟ Maxsumov, Toshkent Farmatsevtika instituning anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasining professori, O.A.Shabilolov. Toshkent kimyo- texnologiya institutining fizik va kolloid kimyo kafedrasining dotsenti A.S.Siddiqov. Anorganik kimyo: Farmatsevtika instituti talabalari uchun darslik Mualliflar: H.R.To‟xtaev,R.Aristanbekov,K.A.Cho‟lponov,S.N.Aminov, (prof. S.N.Aminov tahriri ostida).-Toshkent.: 2008. 321 b. Mazkur darslikda farmatsevtika instituti talabalari uchun anorganik kimyoning nazariy asoslari berilgan. Talabalarga qulay bo‟lishi maqsadida avval kimyoning qonunlari, reaksiyalarning energetikasi, tezligi, eritmalar to‟g‟risidagi ta‟limot, atom va molekula tuzilishi hamda elementlar kimyosi yoritilib, bu materiallar talabalarga o‟qiladigan ma‟ruzalarga mos kelishi, mavzuga tegishli nazariy savollar va masalalarni mustaqil ishlash uchun kerakli nazariy asoslar ham keltirilgan. Darslik ma‟lumotlaridan tibbiyot oily o‟quv yurtlarining talabalari, magistrantlar, aspirantlar va tibbiyot kollejlarining iqtidorli o‟quvchilari ham foydalanishlari mumkin. 3 SO‟Z BOSHI Umumiy va anorganik kimyo bo‘lajak dorishunoslar uchun juda zarur fan hisoblanib , keyingi bosqichlarda boshqa kimyoviy fanlarni(analitik, fizik farmatsevtik, toksikologik va boshqalarni) o‘rganishda nazariy asos hisoblanadi. Ushbu darslikda bo‘lajak dorishunoslar uchun anorganik kimyodan nazariy bilimlar keltirilgan bo‘lib, ular asosida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun muhim xulosalar chiqarish imkoniyati yuzaga keladi. Darslik farmatsevtika institutlari farmatsiya, sanoat farmasiyasi, biotexnologiya, kosmesevtika va klinik farmatsiya mutaxasisligi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, anorganik kimyo fani dasturlariga mos keladi. Darslikni yozishda istirok etgan mualliflar uzoq yillardan beri anorganik kimyodan olib borgan saboqlari va tajribalarining natijasidir. O‘zbekiston Respulikasining ― Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonuni va ― Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ―dan kelib chiqqan holda o‘quv sifatini yangi bosqichga ko‘tarishda zamonaviy o‘quv adabiyotlari zarur bo‘ladi. Bu adabiyotlar ayniqsa talabalarning mustaqil bilim olish jarayonlarida juda qo‘l keladi. Talabalarga yordam berish maqsadida har bir mavzuga oid nazariy bilimlar mukammalroq bo‘lishiga harakat qilindi. Barcha mavzularni uch qismga bo‘lib ko‘rsatish mumkin. Birinchi qismda umumiy kimyoning nazariy asoslari yoritildi. Bu bo‘limga anorganik moddalarning sinflari ham kiritilib oksidlar, kislotalar, asoslar va tuzlar to‘grisida ham ma‘lumotlar berildi. Ikkinchi qism anorganik kimyoga tegishli bo‘lib bunda biogen elementlar to‘g‘risida ma‘lumotlar berilib, so‘ngra metallarning umumiy xossalariga etibor berildi. Darslikning uchunchi qismi metallmaslarning umumiy xossalari va metallmaslarga tegishli biogen elementlar tavsifi berilgan. Har bir mavzuga tegishli bo‘lgan nazariy savollar, masalalar va testlarni ham keltirishni lozim topgan holda bu talabalarning mustaqil ta‘lim olish jarayonlarini shakllantirishda kerak bo‘ladi deb hisobladik. Barcha moddalarning xossalari va ahamiyatini farmatsiya bilan uzviy bog‘lanishini ochiqroq yoritishga harakat qilindi. Imkoniyat darajasida ko‘proq rasmiy farmakopeyaga murojaat qilib, unga kirirtilgan noorganik moddalarga asosiy e‘tibor berildi. Inson hayoti va oziqlanishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kimyoviy elementlar va ularning birikmalari to‘g‘risida ko‘proq ma‘lumot keltirildi. Hozirgi paytda kimyo fani biologiya, biokimyo, tibbiyot bilan chambarchas bog‘langan. Ana shu fanlar chegarasida yangi fan - bioanorganik kimyo ham paydo bo‘ldiki, bu fanda tirik organizmda ketayotgan jarayonlarning kimyosi o‘rganiladi. Darslikda ba‘zi anorganik moddalarning olinishida mahalliy xom ashyolar zahirasi va imkoniyatlariga ko‘proq e‘tibor berildi. Mamlakatimizda mavjud kimyoviy korxonalar, ilmiy muassalar to‘g‘risida ham ma‘lumot berishni lozim topdik. Shuningdek kimyoviy texnologiya va kimyo sanoatining istiqbolli yo‘nalishlari ham darslikda o‘z aksini topdi. Tibbiyotda va dorishunoslikda ko‘p ishlatiladigan ba‘zi kimyoviy birikmalarning asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari va xossalarini ham yoritishni zarur deb hisobladik. Darslikda keltirilgan fizikaviy o‘lchovlar qiymati, atamalar va belgilar IYuPAK tavsiyalariga mos kelishi e‘tiborga olindi. Birinchi marta hozirgi zamon uchun eng muhim hisoblangan nanotexnologiya elementlaridan tushuncha berishga harakat qildik. Darslikni oxirida mamlakatimizdagi kimyo fani va sanoati istiqbollari to‘g‘risida ma‘lumotlar keltirilgan. Darslikda yuqori bosqichlarda o‘qitiladigan analitik, organik, fizik, farmatsevtik, biologik va toksikologik kimyo fanlarini o‘zlashtirish uchun o‘ziga xos zamin tayyorlandi deb o‘ylaymiz. Ayniqsa ko‘p tonnali ishlab chiqariladigan moddalarning bir necha olinish usullari ko‘rsatilib ularning ichida iqtisodiy samaraliroq usullarga e‘tibor qaratildi. Darslik yozilishida institutda anorganik kimyo bo‘yicha ortirilgan ko‘p yillik tajribalarga asoslangan holda va Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa bo‘limi ishlab chiqqan loyiha asosida shuningdek GPP talablariga mos keluvchi o‘quv rejalari e‘tiborga olingan. Mualliflar darslikni tayyorlashda qimmatli maslahatlar bergan Toshkent farmatsevtika instituti anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasining xodimlari professor 4 O.A.Shobilolov, dotsentlar: E.M.Mamatmusayev, S.J.Nasriddinov, O.S. Gafurova va boshqalarga o‘z minnatdorchiliklarini bildiradilar. Ushbu darslik lotin grafikasida ilk marta tayyorlangani uchun kamchiliklardan holi emas. Mualliflar tavsiya va ko‘rsatmalarni minnatdorchilik bilan qabul qiladilar. Toshkent farmasevtika instituti anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo S.N.Aminov kafedrasining mudiri, k.f.d., professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi ZAMONAVIY MUAMMOLARNI HAL ETISHDA KIMYO FANINING O‟RNI O‘zbekiston respublikasi kimyo sanoati keng rivojlangan mamlakatlar qatoridan biridir. Agar bizda oziq-ovqat, to‘qimacihlik, teri ishlab chiqarish, kimyoviy o‘g‘itlar, sintetik yuvish vositalari, neft, metallurgiya, gazni qayta ishlash sanoatlarining barchasi kimyoviy sanoat bilan chambar-chas bog‘liqligini hisobga olsak, kimyoviy moddalar ishlab chiqarish va ularni sanoat miqyosida turli sohalarga yetkazib berish qanchalik muhimligini his etish mumkin. Yuqoridagilarga yana bir juda muhim sohani qo‘shish mumkin. Bu soha dori- darmonlar va ular asosidagi yordamchi moddalarni ishlab chiqarish va sanoat maqsadlari uchun foydalanishdir. Dori-darmonlar ishlab chiqarishni zamonaviy talablar darajasida tashkil etish va amalga oshirish uchun kimyo fanini chuqur egallagan yosh mutaxassislar kerak bo‘ladi. Ular kimyo fani va kimyoviy texnologiyani zamonaviy talab darajasida egallagan bo‘lishlari kerak. Fan va texnika taraqqiyoti davrida kimyo sanoati va dori darmonlar ishlab chiqarish muammolari o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lib quyidagilarni e‘tiborga olish zarur: -yangi oziq –ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va ularning samaradorligini oshirish. Oxirgi paytlarda mamlakatimizda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash keng ko‘lamda e‘tibor berilmoqda. Yangi mahsulotlar ishlab chiqarishda konservantlar, bo‘yoq moddalari, biologik faol qo‘shimchalar, mikroelementlar va boshqalar kerak bo‘ladi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlarning yangi, tezkor va samarali sifat nazoratini tashkil etish esa yanada muhim vazifa hisoblanadi. - dori–darmonlar ishlab-chiqarishda yangi kimyoviy moddalar va materiallardan foydalanish, hamda ularni imkoni boricha mahalliy xom ashyo zahiralariga almashtirish. 5 Dori-darmonlar olishda keng ko‘lamda kimyoviy moddalar ishlatiladi. Bu kimyoviy moddalarning ichidan bezararlarini, yuqori samaradorligini va mahalliy xom ashyo zahiralari borlarini izlab topish amaliy jihatdan juda dolzarb. Bu sohada respublikamizning boy tabbiiy va mineral manbalari e‘tiborga olinsa ishlar ko‘lami kengligi va zarurligi ko‘rinadi. -yangi dorivor moddalar olishning tabiiy manbalaridan keng foydalanish. O‘zbekistonning juda katta hayvonot va o‘simliklar tabiiy zahirasiga ega ekanligi bu sohada dorishunoslar va kimyogarlar hali juda katta ishlarni amalga oshirishi kerakligini ko‘rsatadi. O‘simlik va hayvonot dunyosidan biofaol moddalar ajratib olish, ulardan yangi sintezlarni amalga oshirish, turli tarkibiy qismlarga ajratish, ularning ichidan samaradorlarini izlab topish va faolligini baholash katta ahamiyatga ega. - dori-darmonlar ishlab chiqarish va mahalliy kimyo sanoatining jadal rivojlanishi toza suv ishlab chiqarish, yer osti boyliklaridan to‟g‟ri foydalanish va eng muhimi ishlatilgan suvning tozalash muammolarini yuzaga keltiradi. Kimyo va farmatsevtika sanoatining kengayishi bilan mahalliy kichik korxonalarning soni borgan sari ortib bormoqda. Bu korxonalarning har biri toza suvdan foydalanadi va ma‘lum oqava suv chuqindilari ishlab chiqazadi. Korxonalar chiqindi suvlarini tozalash va iloji boricha aylanma suvdan foydalanish juda muhim vazifalardandir. Keyingi paytlarda metallar, brom, yod, o‘gitlar olishda yer osti suvlaridan keng foydalanilmoqda. Shuning uchun han toza suv ishlab chiqarish va oqava suvlardan o‘qilona foydalanish samarali yechimga ega bo‘lishi kerak bo‘lgan vazifalardan biridir. -yangi texnologiyalarning ustivor usullaridan foydalanish. Hozirgi paytda kimyoviy o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun kimyoga yangi texnologiyalar kirib kelmoqda. Bulrga kimyoviy reaksiyalarni yuzaga keltirishni yangi usullari, nanatexnologiya usullaridan foydalanib hayotiy zarur mahsulotlar yaratishning ustivor usullarini ishlab chiqish kiradi. Nanotexnologiya usullaridan foydalanib yaratilgan materiallar o‘zining xossalari bilan odatdagi kimyoviy moddalardan keskin farq qiladi. Dori-darmonlar olishda ham zamonaviy usullardan foydalanib samarali dori vositalari yaratilmoqda. Bu o‘rinda nanotexnologiya usullaridan foydalanish o‘ziga xos yangi ekologik muammolarni ham yuzaga keltirishini hisobga olmoq kerak. -ilmiy texnik va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish. Kimyo fani juda qiziqarli fan hisoblanib jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadi. Bu fanda yuzaga keladigan kashfiyotlar jamiyatda juda katta o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. Kimyo sohasida ishlayotgan olimlar ilmiy yangiliklarni, nazariyalarni va olingan tajriba natijalarini bir-birlariga yetkazib turadilar. Buning uchun kimyogarlar orasida ma‘lum fan sohasida anjumanlar o‘tkaziladi. Turli tuman kimyoviy jurnallarda ilmiy maqolalar, risolalar, ma‘ruzalar, monografiyalar kimyoning turli sohalari bo‘yicha chop etiladi. Turli mamlakatlardagi kimyogar olimlar orasida o‘zaro ilmiy aloqalar o‘rnatiladi, munozaralar va ilmiy yozishmalar amalga oshiriladi. O‘zbekistonda kimyo fani yangiliklarini bayon etish uchun ― O‘zbekiston kimyo jurnali‖, ―Tabiiy birikmalar kimyosi‖,‖O‘zbekiston fanlar akademiyasi ma‘ruzalari‖, ‖Farmatsevtika jurnali‖ , ―Kimyo va texnologiya‖kabi ilmiy jurnallar chiqaziladi. Ayni paytda kimyo sohasida fundamental ilmiy tekshiruv ishlari qator institutlarda olib borilmoqda: O‘zbekiston milliy universiteti kimyo fakulteti, O‘zbekiston fanlar akademiyasi umumiy va anorganik kimyo instituti, o‘simlik moddalari kimyosi va bioorganik kimyo instituti va boshqalar. Toshkent farmatsevtika institutining anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasida ham uzoq yillardan beri biofaol moddalarning koordinatsion birikmalari olinishi, xossalari va ulardan dori vositalari yaratish bo‘yicha ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. Dunyoda birinchi bor koordinatsion birikmalar sinfiga mansub bo‘lgan feramid preparati ishlab chiqilib tibbiyotda kamqonlik kasalligini davolashga tavsiya etilgan va sanoatda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Bu sohadagi izlanishlar oqibatida amaliytga kam qonlikda, qandli diabet, yurak qon tomirlari kasalliklarida, gepatitda, hamda qishloq xo‘jaligida chorva va qora molar mahsuldorligini oshirish uchun 20 ga yaqin preparatlar tavsiya etilgan. Bunday preparatlar qatoriga koamid, feramid, kupur, piratsin sanoatda ishlab chiqazildi, kobalt-30, feropir, kogistin, kobalt fitati kabilar tibbiyotga qo‘llanishga ruxsat etilgan. Hozirda bu ishlar professorlar O.A.Shobilolov va A.A.Yunusxo‘jaevlar tomonidan davom ettirilmoqda. Kafedrada professor S.N. Aminov 6 rahbarligida mahalliy xom ashyolardan dori vositalari yaratish, yangi sirt-faol moddalar sintezi va surtma dorilar uchun asoslar yaratish ustida qiziqarli izlanishlar olib borilmoqda. I QISM. UMUMIY KIMYO. 1- bob. Kimyonong asosiy qonunlari Kimyoning tarixi Kimyo fani moddalarni va ular asosidagi o‘zgarishlarni chuqir o‘rganadi. Kimyoning mustaqil fan sifatida o‘rganilayotganiga 200 yildan ortdi. Chymeia- so‘zi quyish, tindirish ma‘nosini beradi. Bu so‘z qadimgi sharq tabiblari –farmatsevtlarini o‘simliklar asosida dori moddalari tayyorlash jarayonlarida al-kimyogarlar tomonidan tilga olingan. Boshqacha fikrlarga ko‘ra , alkimyo so‘zining ildizi ―khem‖ yoki ―chemi‖ balki ―chima‖- ―qora tuproq‖ yoki ―qora yurt‖ ma‘nosini anglatgan. Qadimgi Misrda kimyogarlar oltin oladigan ustalar deb yuritilgan.Ularni rudalardan turli metallar oladigan sehrgarlar deb ataganlar. Qadimda kimyogarlar o‘z faoliyatlarini yer boyliklarini o‘rganishga (lotincha humus-er) bag‘ishlaganlar. Shuning uchun ham kimyo yer to‘g‘risidagi san‘at deb qaralgan. Kimyogar esa yerdan turli metallar oladigan san‘atkor deb hisoblangan. Insonlar juda qadimdan oltin, kumush, mis, temir va metallarni ajratib olishni bilganlar. Musallas, sirka, dori-darmon, teri oshlash, matolarni bo‘yash, bo‘yoqlar tayyorlash, kulolchilik asosida kimyo elementlari yotadi. Ammo nazariy kimyo avval grek filosoflari asarlarida, keyinchalik arablar asarlarida paydo bo‘la boshladi. Arab olimlari va kimyogarlari amaliy kimyoni ancha boyitdilar. Jabr ibn Xayon, ar-Raziy,o‘zbek olimlari al-Farobiy, Beruniy, al-Xorazmiy, ibn Sino butun dunyoga tanilgan olimlar hisoblanadi. Ular turli minerallar, kimyoviy moddalar, o‘simliklar asosidagi turli ajratmalar va hayvonlar mahsulotini ajrata bilishgan va o‘z asarlarida ana shunday moddalar olinishini bayon etganlar. 1V asrdan XVI asrning o‘rtalarigacha bo‘lgan davr alkimyo davriga kiritiladi. Bu davrda turli metallardan oltin va kumush olish asosiy maqsad qilib olingan.Simob va oltingugurt har qanday metallni olishga asos bo‘ladi deb hisoblangan. XVI asrdan boshlab yatrokimyo – davolash kimyosi paydo bo‘ldi.Yatrokimyo so‘zi grekcha iatros- vrach,do‘xtir demakdir. Yatrokimyoning asoschisi nemis olimi T.Parasels(1493-1541) edi. Barcha hayotiy jarayonlar kimyo nuqtai nazaridan tushuntirila boshlandi. Temir, mis, simob, mishyak, qo‘rg‘shin, surma va boshqa elementlar birikmalarinining dori sifatidagi ta‘siri o‘rganildi. Parasels birinchi marta kasallarni davolashda noorganik moddalarni qo‘llay boshladi. Bu vrachlarda kimyoga boshqacha qarashga olib keldi. Kimyo amaliyotga keng qo‘llanila boshladi. XV11 asrdan boshlab kimyoda flogiston(flogiston grekcha yonuvchanlik) nazariyasi hukm surgan. Nemis olimi G.Shtal yonish, oksidlanish, qaytarilish- jarayonlarini tushuntirish uchun bu nazariyani yaratdi. Bu nazariyaga ko‘ra metall yonsa flogiston ajraladi, shu tufayli og‘irlashadi. Ko‘mirda flogiston ko‘p bo‘ladi va u zang bilan qizdirilsa uni metallga aylantiradi. Ammo keyinchalik bu nazariya noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Shved farmatsevti K.Sheele (1742-1786 ) limon, olma, vino, sut, va boshqa kislotalarni ochdi. Uning eng muhim kashfiyotlaridan biri kislorod va azotning ochganligidir. XVIII boshlarida rus olimi M.V.Lomonosov moddalar massasining kimyoviy jarayonda o‘zgarmasligini isbotlab, flogiston nazariyasi noto‘g‘riligini ko‘rsatdi. Nemis vrachi Yu.Mayer (1814-1878) va ingliz olimi J.Joul ish va energiyaning aylanish jarayonlarini tekshirdilar. Yu. Mayerning termodinamikaning I qonunini ochganligi olamshumul voqea bo‘ldi. Keyinchalik fransuz olimi A.Lavuaze metall qizdirilganda havodagi kislorod bilan ta‘sirlanishini isbotladi. U yonish, oksidlanish jarayonlarini to‘g‘ri ifodaladi. Dj.Dalton o‘z tajribalariga asoslanib atomistik nazariyani yaratdi va birikmalarda kimyoviy elementlar qanday nisbatda bo‘lishini to‘g‘ri ko‘rsatdi. Fransus biologi Lui Paster(1822-1895) bijg‘ish jarayonlarining samaradorligini oshiradigan usullarni ishlab chiqib, dori moddalarni va jarrohlik asboblarini zararsizlantirish usullarini ko‘rsatib berdi. 7 1869 y. D.I.Mendeleevning elementlar davriy sistemasini yaratganligi kimyoning rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Nemis bakteriologi P.Erlix kimyoviy terapiyaning ilmiy asoslarini ishlab chiqdi. Hozirgi kunda tibbiyotni kimyoning yangiliklarisiz tassavur qilish mumkin emas. Davolashning samarasi, bemorlarning tez tuzalishi dori turlariga, dorilar to‘g‘risidagi fan- farmatsiyaning rivojiga bog‘liqdir. Kelajakda yangi va samarali kimyoviy moddalar juda zarur. Bu sohada antimikrob, kuyganga qarshi, shamollashni oldini olish uchun, qon to‘xtatuvchi, xavfli osmalarga qarshi qo‘llash mumkin bo‘lgan yangi kimyoviy moddalar olish ustida ilmiy ishlar jadal olib borilmoqda. Keyinchalik O‘rta Osiyoda kimyonining rivojlanishida o‘zbek olimlari akademiklar S.Yu.Yunusov, O.S.Sodiqov, M.N.Nabiyev, H.U.Usmanov, K.S.Ahmedov, M.A..Askarov, A.S.Sultonov, N.A.Parpiyev, B.M.Beglov, S.T.To‘xtayev, A.A.Akbarov,T.Azizov, M.F.Obidova,S.Sh.Rashidova, Z.S. Salimov, S.I. Iskandarov.Yu.S.Toshpo‘latov v boshqalarning xizmati katta bo‘ldi. O‘zbekiston fanlar Akademiyasi umumiy va anorganik kimyosi instituti kimyo fani bo‘yicha yirik tadqiqotlar olib borilayotgan fan o‘choqlaridan biridir. Bu dargohda elektrokimyo, kataliz, silikatlar, siyrak–er elementlari, mineral sorbentlar va qator yo‘nalishlar bo‘yicha anorganik kimyo sohasida ilmiy izlanishlar olib boriladi. Toshkent farmatsevtika institutida ham uzoq yillar koordinatsion birikmalar kimyosi boyicha ilmiy izlanishlar olib borilgan (prof. M.A.Azizov, prof. H.H.Hakimov). Tibbiyotga feramid, kupfur, ferrozink kabi dori moddalari joriy etilgan. Koordinatsion birikmalar kimyosi bo‘yicha hozirgi paytda ham ilmiy ishlar keng ko‘lamda davom etmoqda(professorlar N.A.Parpiyev, O.A.Shobilalov, O.O.Xojaev, va boshqalar). 1.1. Kimyoning asosiy qonunlari Kimyoning asosiy qonunlari kimyoviy reaksiya vaqtida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni miqdoriy jihatdan tekshirish natijasida kashf etilgan bo‘lib, ular kimyo fanining asosiy negizini tashkil etadi. Kimyo moddalar, ularning tarkibi, xossalari, tuzilishi va ular asosida bo‟ladigan Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling