Farmatsevtika o‟quv instituti talabalari uchun adabiyoti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
+3KOH=K 3 [Al(OH) 6 ] Kompleks birikmalarning nomlanishi va geometrik tuzilishi keyinchalik alohida to‘xtalinadi. 4- bob. Kimyoviy reaksiyalarning energetikasi va yo‟nalishi 4.1.Kimyoviy reaksiyalarning energetikasi Barcha kimyoviy jarayonlar issiqlik chiqishi yoki yutilishi bilan ro‘y beradi. Kimyoviy reaksiyalarda ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik miqdori reaksiyaning issiqlik effekti deyiladi. Issiqlik chiqishi bilan boradigan reaksiyalar ekzotermik(Q O, H O), issiqlik yutilishi Q O, H O) bilan boradigan reaksiyalar endotermik reaksiyalar deyiladi. Reaksiyalarning issiqlik effektlarini o‟rganadigan bo‟lim termokimyo deyiladi. Issiqlik effekti ko‘rsatilgan reaksiya tenglamalari termokimyoviy tenglamalar deb ataladi. Reaksiyaning issiqlik effekti moddalarning tabiatiga, agregat holatiga sharoitga bog‘liq. Reaksiyalarning issiqlik effektlari bir xil standart sharoitda o‘rganiladi. Standart sharoit deganda 298 K(25 0 S) harorat va 101,325 kPa bosim tushuniladi. Termokimyoviy tenglamalarda moddalarning agregat holatlari ko‘rsatilib, bunda kasrli koeffitsientlar ham ishlatish mumkin. 27 2H 2 (g) + O 2 (g) = 2H 2 O (s) + 571,6 kJ H 2 (g) + 1/2O 2 (g) = H 2 O(s) + 285,8 kJ H 2 (g) + 1/2O 2 (g) = H 2 O (g) + 241 kJ N 2 (g) + O 2 (g) = 2NO (g) - 180,5 kJ 1/2N 2 (g) O + 1/2O 2 (g) O = NO (g) - 90,25 kJ Termokimyoning asosi G.I.Gess(1841 y.) qonunidan iborat bo‘lib, u quyidagicha ta‘riflanadi: Reaksiyaning issiqlik effekti reaksiyada ishtirok etuvchi moddalarning boshlang‟ich va oxirgi holatlarigagina bog‟liq bo‟lib, jarayonni qaysi usulda olib borishga bog‟liq emas. Masalan: C(grafit) +O 2 (g)=CO 2 (g) H 1 = -396,0 kJ Bu jarayon ikki bosqichda amalga oshirilishi mumkin. Uglerod grafit holatidan CO gacha oksidlanishi va ikkinchi bosqichda CO ning CO 2 gacha oksidlanishi: 2C(grafit) +0,5 O 2 = 2 CO H 2 = -110,5 kJ CO(g) +0,5O 2 = CO 2 H 3 = -285,5 kJ Bu yerda dastlabki va oxirgi moddalarning holatlari bir xil bo‘lgani uchun: H 1 = H 2 + H 3 Tajribalar jarayonida H 1 va H 2 juda oson aniqlanishi mumkin. H 3 esa Gess qonuni asosida hisoblab topiladi: H 3 = H 1 - H 2 = -396,0 –(-110,5)= -285,5 Reaksiyaning issiqlik effekti sistema ichki energiyasi va entalpiyasi o‘zgarishi natijasidir. Sistemaning ichki energiyasi uning barcha energiyalari yig‘ndisi bo‘lib unga moddani tashkil etgan atom va molekulalarning ilgarilanma, aylanma harakatlari hamda yadro va elektronlarning energiyalari va hokazo barcha energiyalar kiradi. Ichki energiyaning mutlaq qiymatini o‘lchab bo‘lmaydi, faqat uning o‘zgarishi ( U) ni o‘lchash mumkin. Termodinamikaning I qonuniga muvofiq sistemaning ichki energiyasi atrof muhit bilan issiqlik almashinuvi bo‘lguniga qadar o‘zgarmas bo‘ladi. Agar sistemaga tashqaridan qo‘shimcha issiqlik energiyasi (Q) berilsa, sistema bir holatdan ikkinchi holatga o‘tadi. Yutilgan issiqlik miqdori sistema ichki energiyasining o‘zgarishiga va tashqi kuchlarga qarshi bajarilgan ishning yig‘indisiga teng bo‘ladi: Q = (Q 2 –Q 1 )= U + A U = U 2 - U 1 Bajarilgan ish esa, sistema bosimi doimiyligida (p=const) A = P V = P(V 2 –V 1 ) Q p = U + P(V 2 –V 1 ) = U 2 -U 1 + P(V 2 –V 1 ) = =(U 2 + PV 2 ) - (U 1 + PV 1 ) = H 2 - H 1 Q p = H 2 - H 1 = H H = U + PV yoki H= U + P V H - kattalik entalpiya deb ataladi.Entalpiyani kengaygan sistemaning energiyasi deyish mumkin. O‘zgarmas bosimda boradigan kimyoviy reaksiyaning issiqlik effekti sistema entalpiyasining o‘zgarishiga teng. O‘zgarmas hajmda (V=const) boradigan jarayonlar uchun jismga beriladigan issiqlik miqdori uning ichki energiyasini o‘zgarishiga sarf bo‘ladi: Q v = U 2 - U 1 = U Q v = U Yuqoridagilar asosida quyidagi xulosaga kelish mumkin: Q p - Q v = P V Doimiy bosim va hajmdagi issiqlik effektlari ayirmasi shu gazning kengayish ishiga teng .Agar bu kattalikni Mendeleyev-Klayperon tenglamasiga qo‘yilsa: P V= nRT hosil bo‘ladi. Bu erda n –reaksiyada ishtirok etayotgan gazsimon moddalarning mol miqdorlarining o‘zgarishi. Agar shu tenglamani izobar va izoxor issiqlik effektlari farqiga bog‘lansa: 28 Q p - Q v = nRT yoki H= U + nRT Agar n=0, bo‘lsa H= U. Agar kimyoviy jarayonda qattiq va syuq moddalar ishtirok etsa n ni hisoblashda ular e‘tiborga olinmaydi.Kimyoviy jarayonlarda modda miqdorining o‘zgarish soni ( n) stexeometrik koeffisientlar o‘zgarishiga tengligini hisobga olish kerak. Masalan: suyuq suvning hosil bo‘lish issiqlik effektini hisoblang? 298 K da jarayonning o‘zgarmas hajmdagi issiqlik effekti -284,2 kJ/mol ga teng. 2H 2 (g) +O 2 (g)=2H 2 O (s) n= n mahsulotlar- ndastlabki moddalar=0-3=-3. Bu qiymatni quyidagi tenglamaga qo‘yamiz: H= U + nRT=-284,2-3 * 8,314 * 298=-284,2-7,4=-291,6 kJ/mol. Ekzotermik jarayonlarda sistemaning ichki energiyasi va entalpiyasi kamayadi, shu sababli U < 0; H < 0 bo‘ladi. Endotermik jarayonlarda esa sistemaning ichki energiyasi ortadi, shu sababli U > 0 ; H > 0. 4.2.Termokimyoviy hisoblashlar Termokimyoviy hisoblashlarda moddalarning standart hosil bo‘lish issiqligi (entalpiyasi) tushunchasi ishlatiladi. Standart sharoitda 1 mol murakkab moddaning oddiy moddalardan hosil bo‘lishidagi reaksiyasining issiqlik effekti shu moddaning standart hosil bo‘lish issiqligi ( H o f, 298 ) deyiladi. Bu yerda f- ingliz tilidagi ―formation‖ – hosil bo‘lish (oбразование) ma‘nosini beradi. Bunda moddaning agregat holatini ko‘rsatish zarur. Oddiy moddalarning standart hosil bo‘lish entalpiyalari (gazsimon kislorod, suyuq brom, iod kristallari, rombik oltingugurt, grafit ba boshqa oddiy moddalarning) ham hosil bo‘lish issiqliklari nolga teng. Ba‘zi moddalarning hosil bo‘lish issiqliklari 9-jadvalda keltirilgan. 9- jadval. Ba‘zi moddalarning standart hosil bo‘lish entalpiyalari( H o f,298 ) qiymati Modda H o f,298 ,kJ/mol Modda H o f,298 ,kJ/mol Al(g) Al 3+ (s) Al 2 O 3 (k) Al 2 (SO 4 ) 3 C(olmos) CH 4 (g) CO(g) CO 2 (g) CaCO 3 (k) CaCl 2 (k) CaF 2 (k) CaO(k) Ca(OH) 2 (k) Cl(g) Cl - (g) Cl - (s) H(g) H + (g) H + (s) HBr(g) HCl(g) 326,3 -530,0 -1676,0 -3442,2 1,828 -74,86 -110,5 -393,5 -1206,9 -796,3 -1220,5 -635,5 -986,8 121,3 -233,6 -167,2 217,98 1536,2 O -35,98 -92,3 H 2 O(s) H 2 SO 4 (s) K+(s) KCl(k) KClO 3 (k) KNO 3 (k) KOH(k) MgSO 4 (k) MgSO 4* 7H 2 O(k) N(g) NO(g) NO 2 (g) NO 3 - (s) Na(g) Na + (g) NaCl(k) NaOH(k) Na 2 SO 4 (k) O(g) O 3 (g) OH - (s) -285,3 -814,2 -251,2 -435,9 -391,2 -493,2 -425,8 -1301,4 -3384 472,7 90,25 33 -207,5 108,3 606,1 -411,1 -425,6 -1384,6 246,8 142,3 230,2 29 HF(g) HI(g) NH 3 (g) HNO 3 (s) H 2 O(g) -288,6 25,9 -46,19 -174,1 -241,82 S(monoklinik) SO 2 (g) SO 3 (g) SO 3 (s) ZnO(k) 0,30 -296,9 -396,1 -439,0 -350,8 Masalan: H 2(g) + 1/2O 2(g) = H 2 O (s) H o f,298 = - 285,3 kJ/mol H 2(g) + 1/2O 2(g) = H 2 O (g) H o f,298 = - 241,8 kJ/mol Yuqorida ta‘rifi keltirilgan Gess qonunidan quyidagi xulosalar kelib chiqadi: 1) reaksiyaning issiqlik effekti reaksiya mahsulotlari hosil bo‟lish issiqliklari yig‟indisidan dastlabki moddalarning hosil bo‟lish issiqliklari yig‟indisining ayirmasiga teng. aA+bB=cC+dD H o reaksya = H o f, 298 mahsulotlar - H o f, 298 dast.moddalar H o f, 298 mahsulotlar -standart sharoitda mahsulotlar hosil bo‘lish issiqliklari yig‘ndisi; H o f, 298 dast.moddalar –standart sharoitda dastlabki moddalarning hosil bo‘lish issiqliklari yig‘indisi. H o reaksya -standart sharoitda kimyoviy reaksiyaning issiqlik effekti. Misol: Al 2 O 3(k) + 3SO 3(g) = Al 2 (SO 4 ) 3(k) Reaksiyaning issiqlik effektini hisoblang. H o f,298 Al 2 O 3(k) = - 1675,1 kJ/mol; H o f,298 SO 3 gaz = - 396,1 kJ/mol; H o f,298 Al 2 (SO 4 ) 3 = - 3434,0 kJ/mol H o reaksya =( H o f,298 Al 2 (SO 4 ) 3 ) - ( H o f,298 Al 2 O 3 + 3 H o f,298 SO 3 ) = - 3434 - [-1675,1 + 3(-396,1)] = - 570,6 kJ/mol 2) Kimyoviy reaksiyaning issiqlik effekti reaksiyaga kirishuvchi moddalar yonish issiqlik effektlari yig‟indisidan reaksiya mahsulotlari yonish issiqlik effektlari yig‟indisining ayirmasiga teng. Yonish issiqligi deb 1 mol moddani mo‘l kislorod ishtirokida oddiy oksidlargacha yonishida ajraladigan issiqlik miqdori tushuniladi.Yuqorodagi ta‘rifga ko‘ra: H o reaksya = H o f, 298 dastl.moddalar - H o f, 298 mahsulotlar Kislota va asos reaksiyaga kirishib, 1 mol suv hosil bo‘lishida ajralib chiqqan issiqlik miqdori neytrallanish issiqligi deyiladi. Kuchli kislota va kuchli asoslarning suyultirilgan eritmalari reaksiyaga kirishganda neytrallanish issiqligi standart sharoitda o‘zgarmas qiymatga ega. 2NaOH (S) +H 2 SO 4(S) = Na 2 SO 4(S) + 2H 2 O H o neytrallanish = - 57,5 kj/mol Ko‘pdan ko‘p moddalarning standart sharoitdagi hosil bo‘lish va yonish issiqliklari jadvallarda berilgan bo‘ladi.Shu qiymatlar asosida juda ko‘p jarayonlarning issiqlik effektlarini hisoblash mumkin. 1)erish jarayoni: KOH (k) + aq K + (eritma) +OH - (eritma) -425,8 -251,2 -230,2 H o erish =|(-251,2+(-230,2)|-(-425,8)=- -55,6 kJ/mol 2) natriyning kristall holatdan bug‘ga o‘tishi uchun: Na (k) Na (g) O 108,3 H o bug‘lanish =108,3- 0 = 108,3 kJ/mol 3)Ikki atomli molekulalarning atomlarga parchalanih jarayoni uchun: Cl 2 (g) 2Cl (g) 0 2(121,3) H o dissotsilanish = 2(121,3)-o=242,6kJ/mol 4) Vodorod atominig ion holatga o‘tishida ionlanish jarayoni uchun: H (g) H + + e - 217,98 1536,2 30 H o ionlanish = 1536,2- 217,98=1318.22kJ/mol Termokimyoviy hisoblar asosida kimyoviy bog‘lar energiyasi,kristall panjara energiyasi,suyuqlanish, erish, gidratasiya,molekulararo ta‘sirlar, fazalar o‘zgarishidagi va boshqa holatlardagi issiqlik effektlarini aniqlash mumkin. 4.3. Kimyoviy reaksiyalarning yo‟nalishi Entropiya. Mikrozarrachalarga betartib harakat xosdir. Faraz qilaylik, biriga azot ikkinchisiga kislorod to‘latilgan ikki idish bir-biri bilan tutashtirilgan bo‘lsin. Shu idishlarni tutashtiruvchi jo‘mrak ochilsa, gazlar bir-biri bilan aralasha boshlaydi. Aralashish azot va kislorod ikkala idishda bir tekis taqsimlanguncha davom etadi. Bu jarayon hech qanday energiya o‘zgarishisiz o‘z o‘zidan sodir bo‘ladi. Lekin teskari jarayon ya‘ni gazlarning qaytatdan kislorod va azotga ajralishi o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Chunki gazlar aralashib ketganda ularning betartibligi katta bo‘ladi, ajralgan holat esa tartibli holatdir. Har qanday sistema o‘zining betartibligini oshirishga intiladi. Tartibsizlikning miqdoriy o‘lchovini belgilaydigan holat funksiyasi entropiya deyiladi va S bilan belgilanadi. Moddaning entropiyasi moddaning shu holatda turish ehtimolligining logarifmiga to‘g‘ri proporsionaldir. S = k lnW Bu tenglama Bolsman tenglamasi deyiladi. k - Bolsman doimiysi.W - shu holatning ehtimolligi. Entropiyaning mutlaq qiymatini o‘lchab bo‘lmaydi. Faqat sistema bir holatdan ikkinchi holatga o‘tgandagi entropiya o‘zgarishini o‘lchash mumkin. Izolirlangan sistemada entropiyaning o‘zgarishi S quyidagi formula bilan ifodalanadi: 2- holatdagi tartibsizlik S = R ln ----------- --------------------------- 1 -holatdagi tartibsizlik Entropiyaning o‘lchov birligi - j/mol * K. Modda qattiq holatdan suyuq holatga, suyuq holatdan gaz holatga o‘tganda uning entropiyasi ortadi. Sistema entropiyasining o‘zgarishi issiqlik miqdori o‘zgarishini absolut temperaturaga nisbatiga tengdir: Q S = -------- T Q –issiqlik miqdori o‘zgarishi; T-absolyut harorat,K; entropiya birligi J/K. Misol: 1 mol muzning erishida entropiya o‘zgarishini aniqlang. Q - muzning erish issiqligi, 6016,432 j/mol; T = 273,15 S = 6016,432/273,15= 22 j/mol Sistema hajmi ortsa, uning entropiyasi ortadi. 1) C(k) + CO 2 (g) = 2CO (g) 1v 2v S 1 S 2 S 2 > S 1 demak, S > 0 2) N 2 + 3H 2 = 2NH 3 1v 3v 2v Sistemaning hajmi kamayyapti, ya‘ni entropiyasi kamayayapti S < 0 3) Agar reaksiyada sistemaning hajmi o‘zgarmasa, uning entropiyasi ham o‘zgarmaydi. H 2 + Cl 2 = 2HCl 1v 1v 2v S = 0 Kimyoviy jarayonlarning o‘z-o‘zidan sodir bo‘lishiga ikki narsa ta‘sir qiladi. birinchidan sistema o‘zining energiyasini kamaytirishga intiladi. Zarrachalar o‘zaro birikib yirik zarrachalar hosil qilishga intiladi. Chunki ko‘p birikish reaksiyalari ekzotermik reaksiyalardir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling