Farmatsevtika o‟quv instituti talabalari uchun adabiyoti
O Kiislotali oksidlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
O Kiislotali oksidlar. Oksidlariga kislotalar to‘g‘ri keladigan oksidlar kislotali oksidlar deyiladi.Kislotali oksidlar metallmaslarning oksidlari va ba‘zi bir metallarning yuqori valentli oksidlari ham kislotali oksidlar hisoblanadi (СrO 3; Mn 2 O 7 ; MnO 3 , V 2 O 5 , MoO 3 , WO 3 ) . Ularni angidridlar(suvsizlantirilgan kislotalar) deb ham yuritiladi. Har bir kislotali oksidga kislota to‘g‘ri keladi: SO 2 H 2 SO 3 SO 3 H 2 SO 4 N 2 O 3 HNO 2 N 2 O 5 HNO 3 P 2 O 5 H 3 PO 3 P 2 O 5 HPO 3 P 2 O 5 H 3 PO 4 P 2 O 5 H 4 P 2 O 7 Cl 2 O HClO Cl 2 O 3 HClO 2 Cl 2 O 5 HClO 3 Cl 2 O 7 HClO 4 CrO 3 H 2 CrO 4 CrO 3 H 2 Cr 2 O 7 SiO 2 H 2 SiO 3 Mn 2 O 7 HMnO 4 B 2 O 3 HBO 2 B 2 O 3 H 2 B 4 O 7 B 2 O 3 H 3 BO 3 CO 2 H 2 CO 3 18 Olinishi. Metallmaslarning kislorodda yoki havoda yonishi: C+O 2 =CO 2 ; 4 P+3O 2 =2P 2 O 5 ; 4 P+3O 2 =2P 2 O 3 ; S+O 2 =SO 2 Murakkab moddalarni yondirish: ZnS+O 2 =ZnO+SO 2 4 FeS 2 +11O 2 =2Fe 2 O 3 +8SO 2 2NO+O 2 =2NO 2 2SO 2 +O 2 =2SO 3 2 H 2 S+3O 2 =2SO 2 +2H 2 O Kislotalarni qizdirish orqali suvsizlantirish: H 2 SiO 3 =SiO 2 +H 2 O 2H 3 PO 4 =P 2 O 5 +3H 2 O Metallarga kislotalar ta‘ssir ettirish: Cu+2H 2 SO 4 =CuSO 4 +SO 2 +2H 2 O Cu+4HNO 3 =Cu(NO 3 ) 2 +2NO 2 +2H 2 O Metallmaslarga kislotalar ta‘sir ettirish: 2H 2 SO 4 +S=3SO 2 +2H 2 O 5HNO 3 +P=5NO 2 +H 3 PO 4 +H 2 O Xossalari. Kislotali oksidlar odatdagi sharoitda gazsimon (SO 2 , NO 2 , CO 2 ), qattiq holatda (P 2 O 5 , CrO 3 , SiO 2 , N 2 O 5 ) uchraydi. Kislotali oksidlarni suv bilan o‘zaro ta‘siridan kislotalar hosil bo‘ladi. Faqat kremniy(IY) oksidgina suv bilan o‘zaro ta‘sir etmaydi. SO 2 + H 2 O = H 2 SO 3 SO 3 + H 2 O = H 2 SO 4 P 2 O 3 + 3H 2 O = 2H 3 PO 3 P 2 O 5 + 3H 2 O = 2H 3 PO 4 N 2 O 3 + H 2 O = 2HNO 2 N 2 O 5 + H 2 O = 2HNO 3 CO 2 + H 2 O = H 2 CO 3 Cl 2 O + H 2 O = 2HClO Cl 2 O 7 + H 2 O = 2HClO 4 SiO 2 + H 2 O Ishqorlar ta‘siri etganda kislotali oksidlarning tuzlari hosil boladi: 2NaOH + CO 2 = Na 2 CO 3 + H 2 O 2KOH + SO 3 = K 2 SO 4 + H 2 O 6NaOH + P 2 O 5 = 2Na 3 PO 4 + 3H 2 O Ca(OH) 2 + N 2 O 5 = Ca(NO 3 ) 2 + H 2 O 2KOH + Cl 2 O 7 = 2KClO 4 + H 2 O Ba(OH) 2 + N 2 O 3 = Ba(NO 2 ) 2 + H 2 O CrO 3 + 2NaOH = Na 2 CrO 4 + H 2 O 2KOH + Mn 2 O 7 = 2KMnO 4 + H 2 O Ma‘lum sharoitda kislotali oksidlar tuzlar bilan ham ta‘sirlashadi: СаСО 3 + SiO 2 = CaSiO 3 + CO 2 3CaCO 3 + P 2 O 5 = Ca 3 (PO 4 ) 2 + 3CO 2 Amfoter oksidlar. Amfoter oksidlar(4-jadval) bir paytning o‘zida ham kislota ham asos hosil qiladi. Bunday oksidlar ikki yoqlama xossaga ega. Amfoterlik xossalari ZnO, BeO, SnO, PbO, Al 2 O 3 , Cr 2 O 3 , SnO 2 , PbO 2 , GeO 2 va MnO 2 da ham kuzatiladi. 4 jadval. Amfoter oksidlarning kislotalari va asoslari Amfoter oksidlar Asosli Kislotalsi* Kislotaning nomi ZnO Zn(OH) 2 H 2 ZnO 2 Zinkat BeO Be(OH) 2 H 2 BeO 2 Berillat Al 2 O 3 Al(OH) 3 HAlO 2 H 3 AlO 3 m-alyuminat o-alyuminat Cr 2 O 3 Cr(OH) 3 HCrO 2 H 3 CrO 3 m-xromit o-xromit MnO 2 Mn(OH) 4 H 2 MnO 3 H 4 MnO 4 m-manganit o-manganit SnO 2 Sn(OH) 4 H 2 SnO 3 H 4 SnO 4 m-stannat o-stannat PbO 2 Pb(OH) 4 H 2 PbO 3 H 4 PbO 4 m-plumbat o-plumbat *bunday kislotalar erkin holda mavjud emas. Xossalari. Amfoter oksidlar suvda erimaydigan qattiq moddalardir. Amfoter oksidlar ham kislotalar bilan va ham asoslar bilan o‘zaro ta‘sirlashadi va mos kislotalarining tuzlarini hosil qiladi: ZnO + 2HCl = ZnCl 2 + 2H 2 O ZnO + 2NaOH = Na 2 ZnO 2 + H 2 O 19 Al 2 O 3 + 6HCl = 2AlCl 3 + 3H 2 O Al 2 O 3 + 2NaOH = 2NaAlO 2 + H 2 O Xrom(III) oksidi kislota va ishqor eritmalarida erimaydi. Lekin ishqorlarda yoki karbonatlar ishtirokida syuqlantirilsa xromitlar hosil qiladi: Al 2 O 3 +K 2 O = 2KAlO 2 Cr 2 O 3 +Na 2 O = 2NaCrO 2 Cr 2 O 3 +6NaOH = 2Na 3 CrO 3 +3H 2 O Cr 2 O 3 +K 2 CO 3 = 2KCrO 2 +CO 2 BeO+K 2 CO 3 = K 2 BeO 2 +CO 2 Betaraf oksidlar.Bunday oksidlar qatoriga indifferent, ya‘ni tuz hosil qilmaydigan oksidlar kiradi.Ushbu oksidlar kislota ham asos ham hosil qilmaydi.Betaraf oksidlarga CO, NO, N 2 O, SiO kabi oksidlar kiradi. Peroksidlar. Peroksidlar oq qattiq moddalardir. Bunday birikmalarni vodorod peroksidning H 2 O 2 tuzlari sifatida qaralishi mumkin.Peroksidlarga Na 2 O 2 , K 2 O 2 , BaO 2 , ozonid birikmalar KO 3 kabi moddalarni olish mumkin. Peroksidlar faol metallardan bo‘lgan ishqoriy metallarning havoda yonishida hosil bo‘ladi: 2 Na+O 2 =Na 2 O 2 K+O 2 =KO 2 Rb+O 2 =RbO 2 Aralash oksidlar. Bunday moddalar qatoriga oksidlarning aralashmasi yoki ularni tuzlar deb qarashga to‘g‘ri keladi.Masalan: Fe 3 O 4 , Pb 2 O 3 , Pb 3 O 4 , Mn 2 O 3 , Mn 3 O 4 , Co 3 O 4 . Bu oksidlar biror metallning tuzi ko‘rinishida yozilsa Fe(FeO 2 ) 2 , PbPbO 3 , Pb 2 PbO 4 , Mn 2 MnO 4 tuzlar sifatida yozilishi mumkin.Aralash oksidlar qatoriga shpinellar , ya‘ni II va III valentli oksidlar aralashmasini ham kiritish mumkin. Masalan: FeO * Al 2 O 3 , ZnO * Al 2 O 3 , MgO * Al 2 O 3 va boshqalar. 3.2.Asoslar Asoslar metallar va gidroksil guruhidan tashkil topgan murakkab moddalardir. Ularning umumiy formulasi Me(OH) n . Me metal atomi, n- metallning valentligi. Elektrolit sifatida asoslarning dissosilanishida metall kationi va gidroksil anioni hosil bo‟ladi. Bunday moddalar eritmasida lakmus indikatori ko‘k rangga, fenolftalein indikatori qizil pushti rangga kiradi. Ishqorlar eritmalari to‘qimalarni yemirish xossasiga ega. Agar asos ko‘p kislotali bo‘lsa dissotsilanish bosqichli boradi. Asoslarning kislotaligi ulardagi gidroksid guruhlar soniga teng. KOH K + + OH - NaOH Na + + OH - Ca(OH) 2 Ca 2+ + 2OH - Mg(OH) 2 MgOH + +OH - Al(OH) 3 Al(OH) 2 + +OH - MgOH + Mg 2+ + OH - Al(OH) 2 + AlOH 2+ + OH - AlOH 2+ Al 3+ + OH - Suvda eriydigan asoslar ishqorlar deyilib, ularga LiOH, NaOH, KOH, RbOH, , CsOH, Ca(OH) 2 , Sr(OH) 2 , Ba(OH) 2 kiradi.Ular to‘liq dissosilanadi.Ishqor so‘zi ―yuvchi‖ ma‘nosini beradi. Suvda erimaydigan asoslar oz dissosilanuvchi moddalar qatoriga kirib, odatda bunday asoslar bosqichli dissosilanadi.Masalan: Cu(OH) 2 , Mn(OH) 2 , Fe(OH) 2 , Cr(OH) 3 , NH 4 OH . Nomlanishi. Asoslarni nomlash ularga asos yoki gidroksid so‘zini qo‘shish orqali amalga oshiriladi. NaOH natriy gidroksidi, natriy asosi,o‘yuvchi natriy. Agar biror metallning bir necha gidroksidlari bolsa Cr(OH) 2 -xrom(II) gidroksidi, Cr(OH) 3 - xrom(III) gidroksidi va hokazo. Olinishi. Faol metallardan bo‘lgan ishqoriy va ishqoriy yer metallari suvda eritilsa ishqorlarga aylanib vodorodni ajratadi: 2Na+2H 2 O = 2NaOH+H 2 Ca+2H 2 O = Ca(OH) 2 +H 2 Ba+2H 2 O = Ba(OH) 2 +H 2 Metall oksidlarini suvda erishidan ham asoslar hosil boladi. Faqat I va II guruh metallarining oksidlarigina suvda oson eriydi (BeO va MgO dan tashqari). 20 Gidridlar, nitridlar, fosfidlar va sulfidlarning suv bilan ta‘sirlashganida ham asoslar hosil bo‘ladi: CaH 2 +2H 2 O =Ca(OH) 2 +H 2 AlN+3H 2 O =Al(OH) 3 +NH 3 Ca 3 P 2 +6H 2 O =3Ca(OH) 2 +2PH 3 Al 2 S 3 +6H 2 O =2Al(OH) 3 +3H 2 S Erimaydigan asoslar olish uchun metallarning tuzlariga ishqorlar ta‘sir ettiriladi: CuSO 4 +2KOH =Cu(OH) 2 +K 2 SO 4 FeCl 3 +3NaOH =Fe(OH) 3 +3NaCl FeSO 4 +2KOH =Fe(OH) 2 +K 2 SO 4 MnSO 4 +2NaOH =Mn(OH) 2 +Na 2 SO 4 Xossalari.Asoslar odatda qattiq moddalardir. Ularning rangi turlicha bo‘lib, rang o‘zgarishi ba‘zan asoslarni birini ikkinchisidan ajratish imkoniyatinin beradi. Faqat NH 4 OH ammiakni suvda erishidan hosil bolgan va eritmada mavjud (suyuqlik). Asoslar kislotali oksidlar bilan ta‘sirlashib tuz va suv hosil qiladi. Bunday tuzlar kislotali oksidlarning tuzlariga kiradi: 2Cr(OH) 3 +3SO 3 =Cr 2 (SO 4 ) 3 +3H 2 O 6NH 4 OH+P 2 O 5 = 2(NH 4 ) 3 PO 4 +3H 2 O Cu(OH) 2 +SO 2 =CuSO 3 +H 2 O Asoslar qizdirilsa suv va asosli oksidlarga parchalanadi: Fe(OH) 2 =FeO+H 2 O Cu(OH) 2 =CuO+H 2 O Mg(OH) 2 =MgO+H 2 O Ishqorlarga tuzlar tasir ettirilsa erimaydigan asoslar hosil bo‘lishi yuqorida ko‘rib chiqildi. Amfoter gidroksidlar. Asoslarning alohida guruhini amfoter gidroksidlar tashkil etadi. Ham kislota ham asos xossasini namoyon etuvchi asoslar amfoter gidroksidlar deyiladi. Bunday asoslar qatoriga: Zn(OH) 2 , Be(OH) 2 , AL(OH) 3 , Sn(OH) 2 , Pb(OH) 2 , Cr(OH) 3 , Pb(OH) 4 , Sn(OH) 4 va boshqalar kiradi. Amfoter gidroksidlar kislotalar bilan ham, asoslar bilan ham ta‘sir etishi mumkin. Ular kislotalar ta‘sirida ham asoslar ta‘sirida ham oson eritmaga o‘tadi: Be(OH) 2 +2HCl =BeCl 2 +2H2O Be(OH) 2 +2KOH =K 2 BeO 2 +2H 2 O Be(OH) 2 +2KOH =K 2 [Be(OH) 4 ] Cr(OH) 3 +NaOH =NaCrO 2 +2H 2 O Cr(OH) 3 +3NaOH =Na 3 [Cr(OH) 6 ] 2Cr(OH) 3 +3H 2 SO 4 =Cr 2 (SO 4 ) 3 +3H 2 O Amfoter gidroksidlar amfoter metallarining tuzlariga ishqorlar ta‘sir ettirib olinadi. 3.3. Kislotalar Kislotalar. Tarkibida vodorod atomi va kislota qoldig‘i tutgan murakkab moddalar kislotalar deyiladi. Kislotalarning umumiy formulasi H n R . R- kislota qoldig‘i. n- kilota qoldi‘g‘i valentligi yoki kislotalarning asosligi.Ko‘p ishlatiladigan kislotalarning ro‘yxati 5 jadvalda berilgan. Kislotalar eritmada dissotsilanib vodorod kationlarini va kislota qoldig‟i anionlarini hosil qiladi.Agar kislota ko‘p asosli bo‘lsa bunday dissotsilanish jarayoni bosqichli boradi: HCl H + +Cl - Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling