Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
312
odoB niMa?
urmatli bolalar, bilasizlarmi, odob so‘zi 
qanday ma’no beradi? Yaratgan Par-
vardigorga ham, odamlarga ham ma’qul va 
maqbul odatlarga “odob-axloq” deyiladi. Odob 
yaxshi ishlar va chiroyli so‘zlardan iborat. Har 
bir inson yaxshi odamga aylanishi uchun odob-
axloqni boshqalardan o‘rganib, o‘zi ham uni 
boshqalarga yetkazadi. Ma’lumki, inson ya-
shashi uchun har kuni turli ishlarni bajarishi 
kerak. Masalan, uyqudan uyg‘onish, yuvinish, 
kiyinish, ovqatlanishning har biri uchun alo-
hida qoidalar bor. Mana shu qoidalarni odob, 
deb aytiladi. Bunga kiyinish odobi, ovqatlanish 
odobi, uxlash odobi va hokazo odoblar misol 
bo‘ladi. 
Bolajonlar, shuni bilingki, tanamiz harakati 
bevosita ruhimizga bog‘liq. Agar tabiatimiz-
ga go‘zal fe’llar va yaxshi odatlar o‘rnashsa, 
a’zolarimiz harakati ham shunga qarab yax-
shi tomonga o‘zgaradi. Bunga “yaxshi axloq”, 
deyiladi. Agar tabiatimizga yomon odatlar 
o‘rnashsa, a’zolarimiz harakati ham shunga 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
313
qarab yomonlashadi. Bunga “yomon axloq” 
deyiladi. So‘z, harakat va xulqimiz yaxshi va 
go‘zal bo‘lishi uchun ruhimizni yomon xulqlar-
dan poklab, uni yaxshi fe’l va go‘zal odatlar 
bilan ziynatlash kerak. Dunyoda odamlar bir-
birlari bilan salomlashib, muloqot qiladi, bir-
biri bilan bordi-keldi qilib, o‘zaro munosabat 
o‘rnatadilar. Bu ishlarni muomala, deyiladi. 
Hayotda muomala turlari juda ko‘p. Muomala 
turlaridan har biri uchun muayyan tartib va 
qoidalar bor. Bu qoidalar ham odobga kiradi. 
Masalan, salomlashish odobi, so‘zlash odobi, 
mehmon kutish odobi va hokazo. Demak, odob 
qoidalari ikkiga bo‘linadi:
1) Shaxsiy odoblar; 2) Muomala qoidalari.
Shaxsiy odoblar har bir inson yolg‘iz o‘zi baja-
radigan qoidalardir. Muomala qoidalari – bosh-
qalar bilan birgalikda bajariladigan odoblar.

Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling