Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 316
odob oltindan qimmat
nson tabiati boylik, pul va oltinni juda yax- shi ko‘radi. Chunki boylik ko‘p narsani hal etadi, boy-badavlat odam ko‘p narsani oson- gina qo‘lga kiritadi. Shu bois ayrim bolalar boy odamga havas bilan qaraydi, boy bo‘lishni orzu qiladi. Hayotda kamchilik ko‘rmay, or- zu-istaklariga osongina erishish haqida shirin xayollar suradi. To‘g‘ri, boy-badavlat kishi yaxshi yashab, nimani istasa, shunga osongina www.ziyouz.com kutubxonasi Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 316 erishayotganini ko‘ramiz. Ko‘pchilik nazdida shu narsa katta baxt. Ammo katta va ulkan boylikka ega bo‘la turib, baxtli bo‘la olmagan yoki o‘zini baxtsiz his etadigan boylar qancha. Ular kambag‘al va faqir kishilarga qaraganda ko‘proq iztirob chekib yashaydi. Haqiqatda baxtli bo‘lish uchun dast- lab iymon, ilm, yaxshi amal va odob suv va havodek zarur. Buni ko‘pchilik bolalar yax- shi bilmaydi, bilsa ham bu to‘g‘rida chuqur o‘ylab ko‘rmaydi. Qanday bo‘lmasin, boy bo‘lish kerak, deb katta xatoga yo‘l qo‘yadi. Baxtli bo‘lish uchun odob bo‘lishi kerak, deb aytdik. Bu bizning gapimiz emas, balki asrlar davomida tajribada sinalib, donishmand bo- bolarimiz tomonidan aytilgan. Odobning kat- ta foydasi shuki, qayerda odob bo‘lsa, o‘sha joyda tartib va intizom bo‘lishi aniq. Tartib va intizom har bir ishni o‘z vaqtida va puxta bajarishni talab etadi. Bunga amal qilgan bola doimo maqtovga loyiq. Nega biz boshqa yurt odamlaridan orqada qolganmiz, nega turli kompyuter va boshqa asbob-uskunalar ham- da o‘yinchoq turlarini ulardan sotib olamiz, deb o‘ylasak, bunga ular yoshligidan ilm va odobni yuksak darajada egallagani sababdir. Ilmli va odobli bo‘lishning foydasi juda katta. www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 317 Odamlar ham odobli bolani yoqtirib, uning ota-onasiga rahmat aytishadi va iloyo, baxt- li bo‘lgin, aslo kam bo‘lmagin, deya haqiga xayrli duolar qilishadi. Alloh intizomli bola uchun nomai a’moliga alohida savoblar yozdi- radi, rizqini ko‘paytirib, umriga umr qo‘shadi. Odob ana shunday ajoyib fazilatdir. Shuning uchun dono xalqimiz “odob oltindan qimmat”, deb bejiz aytmagan. Buni to‘g‘ri tushunib ol- gan bola aslo adashmaydi, hayotda qoqilmay- di va ota-onasiga ko‘pdan ko‘p rahmat kelti- radi. Mana bu rivoyat adab boylikdan afzal ekanini tushunishda yordam beradi: Asmaiy degan zot shunday hikoya qiladi:” Men bilan suhbatlashib turadigan arab bolalaridan biri fasohati va malohati bilan lol qoldirdi. Men sinamoqchi bo‘lib, yuz ming dirham evaziga ahmoq bo‘lishni xohlaysanmi”, dedim unga. U savolimga yo‘q, deb javob berdi. Nima uchun deb so‘radim. “Ahmoqligim tufayli bir jinoyat qilishim va bor-budimdan ayrilib, ke- yin shu ahmoqligim yana o‘zimda qolishidan qo‘rqaman”, dedi. Qarangki, yosh bola o‘z aq- liga suyanib boylik hech narsani hal qilmas- ligini anglab yetdi. www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling