Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


nega inson aziz va mukarram?


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

nega inson aziz va mukarram?
olajonlar, kuzatgan bo‘lsangiz, hayvonlar 
ham ovqat yeydi, suv ichadi, uxlaydi, 
to‘g‘rimi? Odamlar ham xuddi shunday. U hol-
da, inson bilan hayvon o‘rtasida qanday farq 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
314
bor? Bu haqida hech o‘ylab ko‘rganmisizlar? 
Agar inson bilan hayvon o‘rtasidagi farqni 
bilmoqchi bo‘lsak, shu ikkovi hayotini kuza-
tish kifoya. Inson har bir ishni aql, odob va 
tartib asosida bajaradi. Hayvonda aql yo‘qligi 
uchun na odob va na qoidaga rioya etmay ya-
shayveradi. U bunday xususiyatdan mahrum 
etilgan. Shuning uchun adabsiz bolaga tanbeh 
berilganda hayvonga o‘xshama, deb aytiladi. 
Hayvon kir-chir holda yuraveradi, uyat va 
andishani bilmaydi. Shu bois u hech qanday 
odob-axloqqa rioya qilmaydi. Shundan ham 
bilamizki, Alloh insonni hayvondan farqlab
ulug‘ maqomga ko‘tardi, unga aql ne’matini 
ato etib, har bir ishni shu orqali bajarish ke-
rakligini buyurdi. Agar inson o‘z aqlini ishlat-
sa, birinchi navbatda nima uchun yaratilga-
nini anglaydi, Allohning mavjudligiga iymon 
keltiradi va unda yaxshi amallar qilib, yomon 
amallardan tiyilish hissi paydo bo‘ladi. Ay-
niqsa, aqlli bola o‘z aqliga suyanib, bu olam 
va borliq qanday yaratilgani, oy, quyosh va 
yulduzlar osmonda o‘z-o‘zicha va behuda su-
zib yurmasligi haqida fikrlaydi. Shu tariqa u 
inson hayoti ham muayyan tartib va qoidaga 
bo‘ysunishini bilib oladi. Shundan keyin odob, 
kamtarlik va hayo kabi xulq-atvorlar insonga 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
315
juda zarurligini tushunib yetadi. Demak, odob 
aqlning mevasi va hosilasidir. Odobsizlik aql 
kamligi yoki aqlni to‘g‘ri ishlatmaslik oqibatida 
yuzaga keladi. Shuning uchun odamlar odobsiz 
bolani hayvon deb ataydi, bir nojo‘ya ishni qil-
sa, darrov dakki-dashnom berib, aqlni ishlat
deb koyishadi. Odobli bolani maqtab, aqlli bola 
ekan, odobli bola ekan, deb alqaydilar. Demak, 
ey aziz farzand, sen ota-onang va qarindosh-
laring suyib, erkalaydigan odobli bola bo‘lishni 
istasang, dastlab yaxshi xulq va go‘zal odoblar 
nimaligini yaxshilab bilib olishing kerak. Ak-
sincha, bularni bilib olmasang, ularni ranjitib 
qo‘yishing hech gap emas.

Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling