Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
320
haqidagi nasihatlarga quloq solmaydi. Odobsiz 
bolani hech kim yoqtirmaydi. Chunki u aqlini 
kam ishlatadi-da. Shu bois odamlar uni xulqi 
yomon bola ekan yoki ota-onasi yaxshi tar-
biya bermabdi, deb aytishadi. Tarbiyasiz bola 
qanday salomlashishni ham bilmaydi. Odobsiz 
bo‘lgani uchun uning atrofida do‘stlari kam. 
Tarbiya va odobi yo‘qligi uchun bolalar un-
dan uzoqroq yurishga harakat qiladi, chunki 
u dilozorlik qilib, ko‘pchilik ko‘nglini qoldiradi. 
Shu bois bironta bola u bilan do‘stlashishni is-
tamaydi. Demak, odobsiz bola bir o‘zi yakka-
lanib, do‘stlaridan ajrab qoladi.
Xo‘sh, odobsiz bola qanday qilib yaxshi 
bo‘ladi, deb savol berarsan. Buning uchun 
har qanday odobsiz bolaga ham yaxshi tarbi-
ya be rilsa, u o‘z aybini tushunib, undan voz 
kechish haqida o‘ylaydi. Yaxshi bolalar odob-
siz bolaga chiroyli nasihat qilib, uni to‘g‘ri 
yo‘lga boshlaydi. Ayniqsa, ko‘chaga chiqqanda 
kompyuter xonada har xil bo‘lmag‘ur kompyu-
ter o‘yinlariga berilib vaqtini zoe ketkizayotgani 
va yomon bolaga aylanib borayotganini bildi-
radi. Odobsiz bolaning odobli bolaga aylani shi 
oson emas. Agar u aqlini to‘g‘ri ishlata olsa, 
asta-sekin yaxshi bolalar safiga qo‘shilib oladi. 
Buning foydasini yoshi ulg‘aygandan keyin bi-
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
321
ladi. Faqat u yaxshi va odobli bola bo‘lishga ha-
rakat qilishi kerak. Bir donishmand: «O‘g‘ling 
yetti yoshgacha rayhoningdir, yana yetti yosh 
qo‘shilguncha dastyoring va yana yetti yosh 
qo‘shilganda vaziring va keyin esa u do‘sting 
yoki dushmaningdir», debdi. Shundan bilamiz-
ki, itoatli va odobli farzand har doim ota-ona 
yonida bo‘lib, ularning ko‘zini quvontiradi va 
ishlarida ko‘mak beradi. Itoatsiz va odobsiz 
bola esa ota-ona gapini olmasligi va aytganiga 
yurmasligi bilan xuddi ota-onasi undan judo 
bo‘lgandek taassurot qoldirar ekan. 

Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling