Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
Bola – oDoBI BIlaN aZIZ
326 tiyilib, topganingga qanoat qil. Birovning rizq- ro‘ziga ko‘z olaytirma, shunda o‘zingni qiynash- dan qutulasan! Taomdan och, hikmatdan to‘q bo‘l. Odamlarning fahmiga yarasha so‘zla. Iloji boricha sukutni ixtiyor qil, shunda odamlar- ning yomonligidan omon bo‘lasan. Ahmoqlarga qarshi sukutdan ko‘mak qidir. Odamlar senda yo‘q xislatni bor, deb seni maqtasalar, bunga kerilmaki, odamlar gap-so‘zi bilan quruq bosh kosasi durga aylanmaydi. O‘zingdan kuchli- lar bilan nizolashma, o‘zingdan zaiflarni yerga urma. Badgumonlikka qalbingdan joy bermaki, u biron-bir do‘st bilan samimiy yasha shingga yo‘l bermaydi. Ey o‘g‘lim, so‘zlamoqchi bo‘lsang, faqat hik- mat va nasihatlardan so‘zla, aytganlaringga avval o‘zing amal qil, o‘z kasbing va marta- bangga yarasha so‘zla, odamlarni g‘azab pay- tida sina, do‘stlaringni esa boshingga kulfat va musibat tushganda sina, doim maqbul ishlar- ni amalga oshirishga urin, agar gapirmoqchi bo‘lsang, dalil va hujjat bilan gapir. Yoshlikni g‘animat bil, dono kishilar bilan hamsuhbat bo‘l. Do‘stlaringni hurmat qil, odamlarga ochiq yuzlilik bilan boq. Ey o‘g‘lim, ota-onangni doimo hurmat qilib, xizmatlarida bo‘l, ustoz va muallimlaringga www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 327 jonu dilingdan ehtirom ko‘rsat, barcha ish- larda o‘rtacha yo‘l tut, kirimga qarab chiqim qil, saxiy bo‘l, mehmonni e’zozla, unga tilingni ehtiyot qil, dushmanlardan bir lahza ham g‘ofil qolma, biron so‘zni aytishdan oldin uning javo- bini berishni o‘yla, baxil va takabbur kishilar- dan uzoq yur, qanoatni haqiqiy boylik deb hi- sobla. Ey o‘g‘lim, ilm talabida bo‘l, qaysar va o‘jar bo‘lma, o‘z aytganingda turib olma, o‘zgalar so‘zini ham e’tiborga ol, murosa yo‘lini tanla, hamisha odamlar ichida bo‘l, ulardan ajrama, keksalarni hurmat qil, barchani ehtirom bi- lan tilga olgin, kimning tuzini totgan bo‘lsang, uning haqini ado qilishni unutma. Ey o‘g‘lim, ust-boshingni toza tut, kim bilan gaplashsang, uning o‘ziga yarasha gapni ga- pir, tunda kishilar bilan suhbat qursang, so‘zni yumshoq va ohista gapir, so‘zlayotgan vaqting- da bir kishiga qarab gapiraverma, hammaga nazar sol, kam yeyish va kam uxlash yaxshi ko‘rgan amaling bo‘lsin! O‘zingga nimani ravo ko‘rsang, uni o‘zgalarga ham ravo ko‘r. O‘zing yaxshi o‘qimagan va bilmagan holda birovga aql o‘rgatma va ustozlik qilma. Ey o‘g‘lim, sir saqlay olmaydigan kishilarga siringni aytma, hamma ham yaxshilik qiladi, www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling