Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 322 Foydali nasihatlar
Bolalar lug‘ati
odob – yaxshi xulq, tarbiya va xushmuomalalik. axloq – inson tabiati, muomala, xatti-harakati va odobi. Tarbiya – ta’lim, axloq-odobni o‘rgatish, insonni voyaga yetka- zish va ulg‘aytirish. Eslab qoling: “Odob har bir inson amal qi- lish kerak bo‘lgan hayot qonunidir. Inson aynan odobi bilan tilsiz va aqlsiz hayvonlardan ajralib turadi”. www.ziyouz.com kutubxonasi Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 322 Foydali nasihatlar 1. “Har kimda odob bo‘lsa, unda ilm ham bo‘lishi qanday yaxshi. Chunki odob aql bilan chambar- chas bog‘liq. Agar aql ustiga odob ham qo‘shilsa, nur ustiga nurdir. Ulug‘lik aql va odobdan yuzaga keladi. Aqlning qadri odob, boylik qadri saxovat va kuch-quv- vat qadri bahodirlik tufayli oshadi” (“Favoqi- hul-julaso”). 2. Yahyo ibn Muoz shunday dedi: “Qalb ko‘krakdagi qozonga o‘xshaydi. Shu qozon- da qaynagan narsani suzib oladigan cho‘mich tildir. Kimligini bilmoqchi bo‘lsang, uning so‘ziga e’tibor ber. Chunki til senga qalbdagi shirin, nordon, xushta’m va achchiq narsalarni ko‘rsatadi”. 3. Odob xulqni chiroyli qilish, so‘z va hara- katni tuzatishdir. 4. Go‘zal sifat va chiroyli xulq bilan bezan- magan kishini chiroyli kiyimlar hech qachon ko‘rkam qilolmaydi. www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 323 Qaysi biri yaxshiroq? (Ibratli hikoya) ozordan savat ko‘tarib qaytayotgan uch ayol dam olish uchun yo‘l chetidagi o‘rindiqqa o‘tirishdi. Bir-biri bilan o‘z o‘g‘illari haqida gaplasha boshladi. Birinchi ayol shun- day dedi: “O‘g‘lim juda ham chaqqon bola. Hatto bir necha daqiqa oyog‘ini osmonga qilib, qo‘lida tik yura oladi”. Ikkinchi ayol ham o‘g‘lini maqtab qoldi: “O‘g‘limning bulbuldek ovozi bor, eshitgan odam erib ketadi”. Uchin- chi ayol o‘g‘li to‘g‘risida lom-mim demadi, ikki ayolning gaplariga jimgina quloq solib o‘tirdi. Ikki ayol sen nega gapirmaysan, deb undan so‘rashganida tortinibgina shunday dedi: “Me- ning o‘g‘limda aytarli birorta alohida fazilat yo‘q. Alloh bergan bir bola-da”. Bir qariya nariroqda ayollar nima deb gap- lashayotganiga quloq solib turgan edi. Ayollar yo‘lga tushib, yuk ko‘tarib og‘riyotgan bel va qo‘llarini ishqalab silay boshlashdi. Shu payt uch bola oldilariga chopib kelishdi. Bular uch ayolning o‘g‘illari edi. Birinchi ayolning o‘g‘li oyoqlarini osmonga ko‘tarib qo‘li bilan yerda tik yurishni amalda ko‘rsatdi. Ikkinchi ayol- ning o‘g‘li xarsang tosh ustiga chiqib, onasi www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling