Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар
Download 5.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 310
309
KiRiSH ssalomu alaykum, aziz bolajonlar! Ota- bobolarimiz bolalarga yoshligidan olim bo‘lma, odam bo‘l, inson bo‘l, deb uqtirib kelishgan. Bu pand-nasihat zamirida ulkan ma’no mavjud. Ko‘pchilik bolalar olim bo‘lish qiyinligini yaxshi bilishadi, ammo odam bo‘lish ham og‘ir ekanmi, deb o‘ylashi mum- kin. Chunki olim bo‘lish uchun ko‘p kitob o‘qib, tunlarni bedor o‘tkazish kerak. Bunga hammaning ham toqati yetmaydi. Keling-lar, insoniy qadr-qiymat nima bilan o‘lchanadi, degan savolga javob izlab ko‘raylik. Bunga bir bola boylik bilan o‘lchanadi, desa, yana biri chiroyli, qad-qomatli bo‘lish kifoya, deb javob beradi. Yana bir bola libosni va yana biri boshqa narsani insoniy qadr-qimmatga o‘lchov deb biladi. Donishmand zotlar insoniy qadr-qimmat asosida odob-axloq, go‘zal xulq va muomala turadi, deb aytib ketganlar. Navoiy bobomiz insoniy sharafni adab va hayo belgilaydi, dey- www.ziyouz.com kutubxonasi Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 310 di. Chunki odob-axloq bo‘lmasa, insonni hay- vondan farqlab bo‘lmaydi. Olim bo‘lish uchun ko‘p kitob o‘qish kifoya, ammo odam bo‘lish uchun faqat ilmning o‘zi yetarli emas. Agar ota-ona farzandiga yoshlik paytidan to‘g‘ri ta’lim-tarbiya bermasa, u dangasa va yalqovga aylanib, ilm olishga harakat qilmaydi va kasb-hunar o‘rganmaydi. Natijada bu bola yengil-yelpi hayot kechirishni o‘ylaydi, ye- tarli ta’lim-tarbiya olmagani uchun adabsiz va ilmsiz holda voyaga yetadi. Shu bois u hayot yo‘lida ko‘p qoqiladi va jamiyatda o‘z o‘rnini topa olmaydi. Shuning uchun siz aziz bola- lar bilan olib boradigan suhbatimizni “Bola – odobi bilan aziz”, deb nomladik. Zero, har bir bola o‘z ota-onasi uchun aziz. Ammo bola ning chiroyli odob-axloqi uni ota-onasiga ham va boshqalarga ham suyukli qiladi. Shunday ekan, suyukli bola bo‘lish uchun ilm olish qatorida odobli va tarbiyali bo‘lishga intilish katta sa- mara berib, olingan ilm ham kelajakda katta foyda keltiradi. Qadrli bolalar! Mazkur kitobimizda odob- axloq haqida suhbatlashsak, bunga hamma o‘g‘il-qizlar qo‘shilsa kerak. Jumladan, uyda va maktabda o‘zini tutish odoblari, ko‘chada yurish odoblari, ota-onaga muomala qilish va www.ziyouz.com kutubxonasi Farzand tarbiyalashda maslahatlar 311 boshqa muhim odoblar mavjud. Bularning har biri haqida ushbu kitobimizda bolalar- ga kerakli ma’lumotlarni berishga harakat qilamiz. Siz bu kitobni mutolaa qilish orqali hayotning mohiyati, insoniy odob-axloq va odam bir-biri bilan qanday muomala qilishi lozimligi haqida kerakli bilimga ega bo‘lasiz, degan umiddamiz. www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling