Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet285/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
576
Sabrli bo‘lishni o‘rganing!
urmatli bolalar! Shuni yaxshi bilib oling-
ki, sabrli va vazmin bo‘lish turli xato-
lardan saqlaydi. Zero, gunoh va xatolar ko‘p 
hollarda shoshilish oqibatida sodir etiladi. Sa-
brli odam har bir so‘zini obdon o‘ylab, keyin 
gapiradi. Bu bilan u odamlar ko‘ngliga og‘ir 
botadigan gap-so‘zlardan tiyiladi va boshqa 
zararlardan omon qoladi.
Vazmin bo‘lishni unutgan odam o‘z oma-
dini qo‘ldan boy beradi. Chunki omad aynan 
shoshilmaslik va aql-idrokni to‘g‘ri ishlatish 
natijasida bir qarorga kelishdadir. Shoshilish 
oqibatida chiqarilgan har qanday hukm ko‘p 
hollarda noto‘g‘ri bo‘ladi. Shoshib amalga os-
hirilgan ish afsus-nadomatga olib boradi. Dono 
xalqimiz bejizga “avval o‘yla, keyin so‘yla” 
demagan. Bunda ham har bir gapni shoshilmas-
dan va o‘ylab gapirishga chaqirilmoqda. Har 
qanaqa holatda ham sabrli va vazmin bo‘lish 
va jiddiy munosabat bildirish faqat yutuq va 
g‘alaba keltiradi. Ayniqsa, shoshqaloq bolalar 
darslarini chala-chulpa bajarib, ko‘p xatolar-
ga yo‘l qo‘yadilar. Uy vazifasini sabr-toqat ila 
bajargan bolaning ishidan uning o‘qituvchilari 
ham xursand bo‘lishadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
577
Sabr barcha mehnat va og‘irlikni yengish 
va chidamli bo‘lishdan iborat. Nochor ahvolda 
bo‘lsa ham o‘zini badavlat kishidek tutish, duch 
kelgan odamga hol-ahvolidan shikoyat qilaver-
maslik, qiyin holatlarda ham o‘zini ochiq yuzli 
qilib ko‘rsatish aynan sabrdir. Qahr-g‘azabi kel-
ganda o‘zini bosa oladigan va o‘z nafsini to‘g‘ri 
yo‘lga boshlaydigan kishi eng kuchlidir.
Ey farzand, sen maktabda va boshqa joyda 
ham birovning savoliga javob berishga shoshil-
ma, zero sen biladigan narsang haqida savol 
berilsa-yu, ammo shoshqaloqlik qilib, tezroq 
javob berishni o‘ylasang, xato qilib qo‘yishing 
mumkin. Shu sabab savollarga shoshilmasdan, 
o‘ylab, fikrlab, xayolingni bir joyga jamlab ja-
vob ber. Shunda marra seniki bo‘ladi. Demak, 
shuni yodda tuting: sabrli va vazmin bo‘lish 
aqlning boshidir. Zero, shoshilish aqlning nuq-
sonsiz ishlashiga to‘sqinlik qiladi.

Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling