Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар


Download 5.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/296
Sana29.10.2023
Hajmi5.97 Mb.
#1733110
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   296
Bog'liq
Ziyovuddin Rahim. Bola - odobi bilan aziz

Bola – oDoBI BIlaN aZIZ 
582
uning istaklari ermak va o‘yin, u alam va 
qayg‘u keltiradi.
7. Taomga ortiq darajada hirs qo‘yish xud-
binu pastkash kishilarning axloqlaridandir.
ochko‘zlik oqibati
(Hikmat)
uhammad ibn Yamoniy shunday dedi: 
“Olti kishidan olti narsa haqida so‘ra-
ganimda bir xil javob olganim uchun bir umr ro‘za 
tutishni ixtiyor qildim. Tabiblardan: “Kasalliklar-
ga eng shifoli narsa nima?”, deb so‘radim. Ular: 
“Ochlik va oz yeyish”, deyishdi. Donishmandlar-
dan: “Hikmat izlashda qaysi narsa ko‘proq yor-
dam beradi?”, deb so‘radim. Ular: “Ochlik va oz 
yeyish”, deyish-di. Obidlardan: “Alloh ibodatida 
ko‘proq qaysi narsa foydaliroq”, deb so‘radim. 
Ular: “Ochlik va oz yeyish”, deyishdi. Zohidlar-
dan: “Zuhdga qaysi narsa ko‘proq undaydi”, deb 
so‘radim. Ular: “Ochlik va oz yeyish”, deyishdi. 
Ulamolardan: “Ilm olishda qaysi narsa eng af-
zali”, deb so‘radim. Ular: “Ochlik va oz yeyish”, 
deyishdi. Podshohlardan taom va ishtaha ochu-
vchining eng yoqimlisi haqida so‘raganimda, ular 
ham: “Ochlik va oz yeyish”, deyishdi”.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand tarbiyalashda maslahatlar
583
* * * 
Imom Shofe’iy: “O‘n yildan beri to‘yib 
ovqat yemadim. Chunki to‘yib yeyish badan-
ni og‘irlashtiradi, zakovatni (aql-idrokni) ket-
kazadi, uyquni keltiradi va egasini ibodatdan 
qoldiradi”, degan ekan.
Hakimlardan biri shunday degan: “Dunyon-
ing ichiga kir, sayr qil, ko‘r, ammo ehtiyot bo‘l, 
dunyo sening ichingga kirib ketmasin!”
otning tuyoqlari nechta?
(Ibratli hikoya)
ir kuni imom Abu Hanifa otda ketayot-
gan edi. Shunda u zotdan:
– Otning tuyoqlari nechta? – deb so‘rashdi.
Imom otdan tushib, otning oyoqlarini sanab 
ko‘rdilar va:
– To‘rtta, – deb javob berdi.
Bu bilan javob berish haqida shogirdlarga 
katta saboq bergan edi.
Aziz bolalar, ko‘rdingizmi, savolga javob 
berishda juda ehtiyotkor bo‘lish kerak. Biron 
narsani aniq bilsa-da, yana bir mulohaza qilib 
javob berish lozim ekan. Zero, dono xalqimiz 
bekorga “etti o‘lchab, bir kes”, deb aytmagan.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 5.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling