Farzand
tarbiyalashda maslahatlar
587
maydi yoki tan olishni istamaydi. Boshqalarn-
ing fazilatlarini ko‘rsalar yoki eshitsalar, bun-
dan g‘azablanadilar. Agar boshqalarda biron
kamchilik ko‘rib qolsalar,
darrov shov-shuv
ko‘tarib, buni hammaga oshkor qiladilar.
Ey farzand, sen bunday kamchiliklardan
uzoq yur. Doim kamtarin bo‘l, faqat o‘z ay-
bingni ko‘r, o‘zgalarni
tekshirib, ortidan ayb
qidirib yurma. Agar birovning aybini ko‘rib
qolsang, bir o‘ziga aytib, uni to‘g‘rilashga ha-
rakat qil. Zinhor manmalik ko‘chasiga kirma,
qilgan ishing va aytgan gaping zo‘r bo‘lganda
ham kekkayma.
Manmanlik insonni xorlikka
yetaklaydi. Kamtarlik seni ulug‘ martabalarga
erishtiradi. Zero, kamtarga kamol, manmanga
zavol, deydi xalqimiz.
Foydali nasihatlar
1. Kimda-kim manmanlik qilib
o‘zini yuqori tutsa, uni na xalq va
na Tangri sevadi.
2. Kibr va g‘ururdan uzoq bo‘l. Kibr
kishini el orasida xor, beqadr va bee’tibor qiladi.
3. Birov seni o‘zingda yo‘q sifatlar bilan
maqtasa, unday odamga ishonma, chunki u
www.ziyouz.com kutubxonasi