Farzand tarbiyalashda maslahatlar
581
dir Allohning bandalar nima amallar qilishini
bilishidir, aslo birovni ishga majburlash emas).
Ko‘z tikish
– birovlarning narsasiga yomon
nazar bilan qarash. (Bu so‘z «kutish» ma’nosida
ham keladi)
Foydali nasihatlar
1. Kishi uchun eng foydali va
dilni yorituvchi narsa qanoatdir.
Eng zararli va nafratli narsa hirs
va g‘azabdir.
2. Qanoat barcha mamlakatlar unga tobe
bo‘lgan mamlakatdir. Qanoat shunday bir
mamlakatki, hech kim unga zarar yetkaza ol-
maydi. Kim unga egalik qilsa, hech bir nar-
saga muhtoj bo‘lmaydi, baxtli hayot kechiradi.
Boshqalarda ko‘rganni juda qattiq istamaslik
ham qanoatdir.
4. Ko‘zi suq uchun butun dunyo ham kifoya
qilmaydi, boriga qanoat qiluvchi kishi baxtli
hayot kechiradi.
5. Ko‘zi to‘q odam har narsaga suqlanaver-
maydi, bir odam bir narsali bo‘lsa, unga havas
qilavermaydi.
6. Tana va nafsga erk berma, bo‘yin egma,
www.ziyouz.com kutubxonasi