Фарзанд тарбиясида таълимий вазифалар


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana09.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1475577
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Taqdimot (2)

2.
Texnologiya
fanini
o’qitish metodikasi pedagogika
sohasining tarmoqlaridan biri sifatida.

Texnologiya fanini o’qitish metodikasi pedagogika sohasining
tarmog’i sifatida o‘z obyekti, vazifalari va tadqiqot metodlariga
ega.

Texnologik ta‘lim jarayoni, shu jarayonning hamma jihatlari:
o’quv
materialining
mazmuni,
o’qitish
metodlari.
O’quvchilarning bilish faoliyati, o’qitish natijalari va boshqalar,
Texnologiya
fanini
o’qitish metodikasi o’rganish obyekti
hisoblanadi.
Bu
jarayonning
hamma
tomonini
o’rganish
o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olingan holda
amalga oshirilishi kerak.

Pedagogika soxasining tarmog’i sifatidagi texnologiya fanini
o’qitish metodikasi fani oldiga quyidagi asosiy tadqiqot
vazifalari qo’yilgan:



Texnologik ta’lim vazifalarini asoslash, ularning tarbiyaviy
va ta’limiy ahamiyatini ochib berish.

Texnologik ta’lim jarayonida o’quv materialining mazmuni
bilan belgilanadigan o’ziga xos ta’limiy vazifalar, ya’ni
“Texnologiya va dizayn” hamda “Servis xizmati” yo’nalishlari
bo’limlari bo’yicha turli asboblardan foydalanish usullarini, ular
bilan ishlashdagi xavfsizlik qoidalarini o’rgatish vazifalari ham
dars jarayonida hal qilinadi, texnologik ta’limning ta’limiy va
tarbiyaviy ahamiyati dasturga muvofiq uning har bir mavzusiga,
o’quv materialining har bir asosiy masalasiga muvofiq ochib
beriladi.



O’quv materali mazmunini asoslash.

Pedagogika kursidan ma’lumki, o’quv predmetining mazmunini
ishlab chiqish uchun, tegishli fan yoki texnika tarmog’idagi mavjud
malumotlardan o’quv materialini tanlab olish, bu materialni
o’quvchilarning yosh xususiyatlarini, ularning boshqa fanlarga oid
bilimlarini hisobga olgan holda ma’lum tartibda tizimga solish
zarur.

Faoliyatning istalgan sohasida insoniyat tomonidan to’plangan
bilimlar hajmi benihoya katta, o’quv ustaxonalarda o’tkaziladigan
mashg’ulotlarning asosiy bo’limlari metall va yog’ochga ishlov
berish texnologiyasi, gazlamaga ishlov berish texnologiyasi va
pazandachilik
asoslari
bo’yicha
zaruriy
materiallarni
o’quvchilarning yoshlarini hisobga olgan holda tanlanishi zarur.
Har
bir
tanlangan
o’quv materiali mazmuni hayot bilan
bog’lanmog’i zarur.




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling