Фарзанд тарбиясида таълимий вазифалар
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologiya fanining
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Taqdimot (2)
5. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologiya fanining
tarixiy taraqqiyoti va istiqbollari. O’rta Osiyoda yoshlarga texnologiya ta’limini berishning yo’lga qo’yilishi sharq mutafakkirlarining pedagogik g’oyalari uzoq o’tmishga borib taqaladi. O’rta Osiyodan o’tgan qadimiy “Buyuk ipak yo’li” Xitoy, Vizantiya, Hindiston shaharlari bilan bog’lanib, madaniyat va san’atni rivojlantirish va ilmga bo’lgan qiziqishga alohida e’tibor berishni taqazo etgan. Ma’lumki ibtidoiy jamiyatda kishilar o’zlarining juda oddiy texnologiya faoliyati jarayonida ko’pgina ehtiyojlarni qondirganlar. O’g’il bolalar katta erkaklar bilan yurib ov qilish, qurol yasash ishlarini bajarganlar. Qizlar esa uyda qolib, onalariga yordamlashib, uy texnologiyasining barcha turlarini o’rgangan. Bu davrda texnologiya tarbiyasi faqat oila doirasida olinar edi. Ota-onalar bolalariga texnologiya qilish asosida axloq va odobdan saboq bera boshlaganlar. Yoshlarimizni tarbiyalash uchun ko’proq sharq mutafakkirlarining duru javharga teng ma’naviy meroslari misol bo’la oladi. Abu Nasr Farobiy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshbandiy, Imom al- Buxoriy, Firdavsiy, Amir Temur singari jahonga taniqli va shular singari boshqa aql-u donish egalarining ijtimoiy siyosiy, falsafiy, ta’limotlariga tayanish lozim. Qadimda hunar o’rganish muqaddas sanalgan. Har bir kishi kelajak avlodlariga o’zidan qoldirgan hunarlarini o’rgatib kelgusida kasbiy faoliyatlari belgilab berilgan. Texnologiya tarbiyasi shu davrning siyosiy tuzulishiga mos bo’lgan. Texnologiya ta’limi fanining fan sifatida umumiy o’rta ta’lim maktablariga kirib kelishi sobiq ittifoq yillariga to’g’ri keladi. Bu davrlarda texnologiya ta’limi ishlab chiqarish texnologiyasi bilan uyg’unlashtirilgan. Bir guruh o’qituvchilar va metodistlar maktabda o’qitiladigan fanlarni hayot bilan bog’lash uchun maktabda texnologiya ta’limi fanining mustaqil fan sifatida kiritilishi zarurligini taklif bergan. Ikkinchi guruh pedagoglar birinchi guruh fikrlarini inkor qilib, maktab o’quv rejasidan o’rin olgan boshqa fanlarni o’qitish orqali ham texnologiyaga o’rgatish mumkinligini maqullangan. 1920- yildan boshlab texnologiya ta’limi maktab o’quv rejasida fan sifatida emas, balki kompleks tizim, keyinchalik loyiha tizimi asosida o’qitilgan. 1932-yilda boshlang’ich va o’rta ta’lim maktablarining o’quv dasturlari va rejimi to’g’risidagi qarorida maktablarda fan asoslarini predmetli o’qitish ishlab chiqilgan. O’quv rejasiga boshqa o’quv fanlari bilan bir qatorda texnologiya ta’limi ham mustaqil predmet bo’lib kirgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli farmoni asosida 2017-2021- yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Uning “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” deb nomlangan 4.4-bandida : - uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, texnologiya bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish; - umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish; - kasb-hunar kollejlari o’quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo’yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish kabi vazifalar qo’yildi. Respublikamizda umumiy o’rta ta’lim tizimida boshlang’ich kasb- hunar ta’limi joriy etilgan bo’lib, 51 turdagi ishchi kasblar bo’yicha kasb-hunar kollejlari hamda umumta’lim maktablarida 1748 ta o’quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etilgan. Oxirgi yillarda ta’lim sohasiga alohida e’tibor berilmoqda. To’rt (2017-2021 yillar) yil ichida 134 ta yangi maktab qurilib, 2 ming 965 ta maktab rekonstruksiya qilindi. Hozirda respublikada 10 mingdan ziyod davlat umumta’lim, 171 ta nodavlat, 18 ta davlat-xususiy sheriklik shaklidagi maktablar faoliyat ko’rsatmoqda. Jumladan, 56 ta matematika, 28 ta kimyo-biologiya, 14 ta axborot texnologiyalari fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etildi. Fizika va chet tillariga ixtisoslashtirilgan maktablar ochishga alohida e’tibor berilmoqda. 2021 yil sentyabr oyida 14 ta fizika va 207 ta chet tillariga ixtisoslashtirilgan maktab o’z faoliyatini boshladi. Texnologiya ta’limi fanining taraqqiyoti tahlil qilinganda turli siyosiy davrlarda fanning mazmuni o’zgarib borganligini kuzatishimiz mumkin, jaxondagi rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi o’rganilganda texnologiya ta’limiga katta etibor qaratilganligi va o’quvchilar maktab yoshidan mustaqil ijodiy ishlarni bajarishga o’rgatilayotganligini ko’rish mumkin. Shu kungacha texnologiya ta’limi darslarida o’quvchilarga oddiy texnologiya usullari o’rgatib kelinganligi va oddiy qo’l asboblaridan foydalanib maxsulot tayyorlanishi sababli fanning nomi ham “Texnologiya ta’limi” deb yuritilishiga mos bo’lgan. Har qanday mahsulot tayyorlash zamonaviy asboblardan foydalanish bilan birga ma’lum bir ketma-ketlikdagi texnologik jarayonlardan o’tadi, shuning uchun texnologiya ta’limi fanining nomini o’zgartirish, qolaversa, mazmunini tubdan qayta ko’rib chiqish va o’zgartirish orqali erishiladi. Respublikamizda umumiy o’rta ta’lim muassasalarini oldiga qo’yilgan o’quvchilarni xalq xo’jaligining turli sohalarida samarali texnologiya qilishga, kasb-hunarlarni ongli ravishda tanlashga tayyorlash bo’yicha ijtimoiy buyurtmasini bajarishda texnologiya ta’limi o’qituvchisining roli katta. Davlat ahamiyatiga molik ushbu vazifani bajarish texnologiya ta’limi o’qituvchisidan o’z kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarini, kasbiy mahoratini takomillashtirishni hamda dinamik ravishda rivojlanib borayotgan pedagogik jarayon talablari darajasida pedagogika, psixologiya, metodika fanlari yutuqlari, zamonaviy texnika va ilg’or texnologiyalar, ishlab chiqarish va bozor iqtisodiyoti munosabatlari bo’yicha mukammal bilimlar, ko’nikmalarini egallashni taqazo etadi. E’TIBORLARINGIZ USHUN RAHMAT! Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling